Тоҳир Маликов


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/134
Sana06.11.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1751753
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   134
Bog'liq
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010

M
с
 = (

F : M
р
) x 100% 
Bu yerda: M
с
– moliyaviy samaradorlik; 

F – foydaning o‘sgan qismi; 
M
р
– moliyaviy resurslar. 
Asosiy kapitalning rivojlanishi va moliyaviy ta’minotini boshqa-
rishda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning samarador-
ligini baholash alohida ahamiyat kasb etadi. Uning juda ko‘p aspektlari 
mavjud. 
Bu yerda, eng avvalo, davlat, mulkdorlar, boshqaruvchilar va xo-
dimlar manfaatlarini birgalikda qarash aspekti juda muhim. Davlat 
manfaatlari, bir tomondan, XYuSlarning soliq to‘lovlarini maksimal-
lashtirish maqsadida balans foydaning maksimallashtirilishini ko‘zda 
tutadi. Ikkinchi tomondan esa, foydadan soliq to‘lovlari foydaning ken-


88 
gaytirilgan ilmtalab takror ishlab chiqarishga qayta investitsiya qilini-
shini hisobga olgan holda optimallashtirilmog‘i lozim. 
Juda ko‘p hollarda mulkdorlar va boshqaruvchilar manfaatlari bir-
biriga mos keladi. Mulkdorlar uchun ham, boshqaruvchilar uchun ham 
bir aksiyaga to‘g‘ri keluvchi foyda summasining o‘sishi orqali aksio-
nerlar daromadlarini maksimallashtirish maqsadini amalga oshirish alo-
hida ahamiyat kasb etadi. 
Odatda, daromadlarni maksimallashtirish ishlab chiqarishning sa-
maradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish hisobidan 
erishiladi. U rentabellik va mehnat unumdorligi, fond qaytimining oshi-
shi, xarajatlarning qisqarishi, aylanma mablag‘lar aylanishining tezla-
shuvi, mahsulot sifatining oshishi, asosiy fondlarning yangilanishi, yangi 
texnologiyalar va boshqaruv metodlaridan foydalanish bilan bog‘liq. 
Boshqaruv qarorlarida oqilona dividend siyosatini shakllantirish 
muhim ahamiyatga ega. U sof foyda dividendlar to‘lash va jamg‘arishga 
yo‘naltirishga or’tasoda oqilona taqsimlanishini nazarda tutadi. 
XYuS xodimlari manfaatlari nuqtayi nazaridan faqatgina moli-
yaviy natija emas, balki o‘zining tarkibiga mehnat haqi va uning o‘sishi, 
ijtimoiy dasturlar va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan XYuS 
xarajatlari hisobidan vujudga keladigan moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsat-
kichlarning o‘sishini qamrab oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy samara ham mu-
himdir. 
Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYuS moli-
ya-xo‘jalik faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi umumiy moliya-
viy-iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu 
yerda hal qiluvchi va aniqlovchi ko‘rsatkich sifatida ishlab chiqarishning 
umumiy rentabelligi ko‘rsatkichi maydonga chiqadi. U samaradorlikni 
baholashning me’zoni bo‘lib, quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling