77
3.2. Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy resurslaridan
foydalanish samaradorligi
XYuS moliyaviy resurslaridan
foydalanish samaradorligi
ma’lum davr (o‘tgan yoki rejali) uchun XyuS faoliyati mo-
liyaviy natijasining shu moliyaviy natijani qo‘lga kiritish
uchun XYuS tomonidan qilingan (yoki rejalashtirilgan) moli-
yaviy resurslar xarajatlariga
nisbati bilan aniqlanadi
XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini
aniqlashda shu narsani inobatga olish kerakki,
moliyaviy na-
tija faqat moliyaviy emas, balki moddiy va mehnat resurslari
xarajatlarining natijasi hamdir
U holda moliyaviy samaradorlikni aniqlash quyidagi ko‘rinishni
oladi
Shunisi taajjublanarliki, XЮS moliyaviy
faoliyatining samarador-
ligini o‘xshash ifodalovchisi fond, moliya-kredit va pul bozorlari-
dagi operatsiyalarining
daromadliligi hisoblanadi
XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi bevosita
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYuS tomo-
nidan olingan daromadning shu daromadni qo‘lga
kiritish uchun
qilingan xarajatlarga nisbati bilan aniqlanadi