Тоҳир Маликов
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010
N
а = (1/m) x 100% Bu yerda: N а – amortizatsiyalashtirilayotgan mol-mulk obyekti- ning boshlang‘ich qiymatiga nisbatan amortizatsiya normasi (foizda); m – amortizatsiyanayotgan mol-mulk shu obyektining foydali foydalanish muddati (oyda). Chiziqsiz metod asosida amortizatsiya normasini hisoblash quyida- gicha amalga oshiriladi: N а = (2/m) x 100% Bu yerda: 2 – tezlashtirish koeffitsiyenti. Asosiy kapitalning doiraviy aylanishida vujudga keladigan o‘z mo- liyaviy resurslar tarkibiga amortizatsiya fondidan tashqari quyidagi da- romad va turli tushumlar ham kiradi: foyda, shuningdek, moliyaviy operatsiyalar va boshqa tashkilot- larda hissali ishtirok etishdan olinadigan daromadlarni ham qo‘shib hisoblaganda tadbirkorlik faoliyatidan kelib tushuvchi pul mablag‘lari; mulkni samarali boshqarish hisobidan olinadigan pul mablag‘- lari; XYuSga tegishli bo‘lgan ijara haqi, lizing to‘lovlari, dividend- lar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foiz- lar, realizatsiyadan tashqari boshqa daromadlar, asosiy fondlarni reali- zatsiya qilishdan olingan daromadlar; ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hisobidan erishilgan foyda. Ish navbatini o‘zgartirish va dastgohlarni yuklash koeffitsiyenti- ning oshirilishi, intensiv foydalanishning o‘sishi va asosiy vositalar tarkibiy tuzilmasidagi progressiv o‘zgarishlar, kiritilgan quvvatlarning tez o‘zlashtirilishi fond qaytimi va boshqa ishlab chiqarish-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshiradi. Asosiy fondlarni shakllantirish uchun jalb qilinadigan pul mablag‘- larining manbalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin: 87 maqsadli moliyalashtirish va tushumlar; banklarning o‘rta va uzoq muddatli kreditlari hamda XYuS to- monidan texnika qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish, yangi asosiy ishlab chiqarish fondlarini yaratish uchun milliy va xorijiy valutada olingan qarzlar. Birinchi guruhning tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat organlaridan subsidiyalar shaklida olingan pul mablag‘lari; taraqqiyotning strategik yo‘nalishini amalga oshiruvchi maqsad- li dasturlar asosida investitsiyalar ko‘rinishidagi budjet ajratmalari; kichik tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi budjetdan tashqari fondlarning mablag‘lari; hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi boshqa XYuS va tashkilotlardan moliyaviy tushumlar; va boshqalar. Ikkinchi guruhga kiruvchi jalb qilingan moliyaviy resurslarning tarkibida kreditorlik qarzlari ham muhim o‘rinni egallaydi. Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok etadigan moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligi olingan samara va uni qo‘lga kiritish uchun sarf qilingan moliyaviy resurslar o‘rtasidagi nisbat orqali ifodalanadi. Moliyaviy resurslardan foydalanishning sifat natijasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling