Tojikiston fuqorolar urushi 1992
Etno-hududiy guruhlararo tarixiy aloqalar
Download 418.02 Kb.
|
Tojikiston fuqarolar urushi 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- "mahalgeriya"
Etno-hududiy guruhlararo tarixiy aloqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Etnik tarixni oʻrganish davomida mamlakat topografiyasini sinchiklab koʻrib chiqish talab etiladi. Asosan togʻlardan iborat Tojikistonning topografiyasi esa mamlakatning turli hududlarida istiqomat qilayotgan odamlarning oʻzaro integratsiyasiga xalal beradi. Shu sababli Tojikistonda mahalliy aholisi bir-biridan farq qiluvchi toʻrt alohida hudud shakllanib qolgan: Soʻgʻd regioni, Qorategin va Hisor vodiysi, Xatlon hamda Togʻli Badaxshon avtonom viloyati. Bu regionlarni baland togʻ tizmalari ajratib turgani uchun ularda yashayotgan aholi deyarli oʻzaro qalin munosabatlarga ega emas. Mavjud vaziyat oʻz navbatida har bir regionda oʻziga xos etnik birliklar shakllanishiga sabab boʻlgan. Qoʻshimcha tarzda regionlardagi aholi va resurslarni noteng taqsimlanganligi ham alohidalikni yanada kuchaytirib yubordi. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy mahalliychilik yoki tojiklar tili bilan aytganda "mahalgeriya" mamlakatda yahlit, kuchli tojik millati shakllanishi yoʻlidagi asosiy gʻov boʻldi. Tojikistondagi turmush modeli ham jamiyatda mahalliychilik qay darajada ildiz otganligini koʻrsatadi. Masalan, Ismoiliylar faqat diniy alohidaligi emas, balki boshqa bir tilda soʻzlashganlari uchun ham quda-andachilik aloqalarida oʻz jamiyatlaridan tashqariga chiqmaydilar. Oʻzbek qizlari, odatda, tojiklarga turmushga chiqishmaydi. Ruslar doimo oʻzlarini oliy irqqa mansub deb hisoblab kelganlar. Tojikistonda tugʻilib oʻsganlari tufayli Rossiya ruslaridan koʻra tojiklarga yaqinliklariga qaramay, Tojikiston ruslari hamda tub aholi orasidagi munosabat xech qachon iliq boʻlmagan. Garm va qorateginliklar diniy aqidalarga koʻproq berilganliklari bilan ajralib turgan bir paytda, Soʻgʻd va Badaxshonning janubiy-sharqidagi qirgʻizlar xech kimga qoʻshilmaydigan alohida etnik guruhliklaricha qolib ketishaverdi. Badaxshonliklarning oʻzida esa butun tojik jamiyatini boshqarishga ishtiyoqmand Pomiriy kayfiyat xukmron edi. Yuqorida sanab oʻtilgan omillar tufayli fuqarolar urushi boshlanishi bilan butun boshli tojik millati turli guruhlarga ajralib, bir-birining qonini toʻka boshladi. Aslida esa, tojik jamiyati allaqachon guruhlarga parchalanib ketgandi. Download 418.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling