Tojikiston fuqorolar urushi 1992
Download 418.02 Kb.
|
Tojikiston fuqarolar urushi 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etnik saylovlar va tanlovlar
Etnik oʻzlikni anglash[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tojikiston mustaqilligi boshqa Sobiq SSSR davlatlari kabi kurashilmagan, favqulodda imkoniyat kelib qolgan mustaqillik edi. Tojikistonda mustaqillik uchun intilish, kurashish u darajada kuchli boʻlmay, bunday mustaqillik milliy davlat qurish uchun asos boʻla olmas edi. Davlatlar mustaqilligidan soʻng sobiq ittifoqchilar orasida milliy til va madaniyatni birinchi oʻringa qoʻyish uchun toʻsatdan kurash boshlandi. Siyosatshunos K.Varikuga koʻra: "Markaziy Osiyo boʻylab tashkil qilingan yangi siyosiy partiya va harakatlar nafaqat mahalliy aholining fuqaroviy, diniy va siyosiy talablarini ilgari surishmoqda, balki anti-rus kampaniyasini ham targʻib qilishmoqda." Tojikistonda bu kabi kampaniya Rastoxez Milliy Harakati tomonidan olib borildi. Ayniqsa Arman Voqeasi paytida Tojikiston koʻchalari millatchilikni tar`gib qiladigan milliy shiorlar va plakatlarga toʻlib-toshgan edi. Bunday millatchi harakatlar tojiklarni muhim narsalardan chalgʻitdi, milliy davlat barpo etish, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish lozim boʻlgan bir vaqtda, tojiklar, shovinistik mafkura bilan oʻralashib qoldilar. Etnik saylovlar va tanlovlar[tahrir | manbasini tahrirlash] Rahmon Nabiyev 1991-yil noyabridagi saylovlarda rasman prezident etib saylangandan soʻng butun mamlakat boshqaruvi Xoʻjand va Koʻlobning sobiq kommunistlari qoʻliga oʻtib qoldi. 1992-yil 2-dekabridagi Xoʻjandda boʻlib oʻtgan Oliy Sovetning navbatdagi sessiyasida yangi kabinet tanishtirilganda hukumat aʼzolarining deyarli barchasi Tojikiston Kommunistik Partiyasidan, partiya aʼzolari esa Xoʻjand va Koʻlobdanligini koʻrish mumkin edi. Koʻlob klani liderlaridan biri Sangak Safarovning oʻlimidan koʻp oʻtmay butun hokimiyat koʻlobliklar qoʻliga oʻtdi. Muhim hukumat organlari va boshqaruv institutlari Koʻlob klani nazorati ostida edi. Koʻloblik vazir va boshqa amaldorlarni aksariyati esa boshqaruvga nomunosib yoki jinoiy ishlarga aralashib qolgandi. Asosiy aʼzolari koʻloblik boʻlgan Xalq Fronti milliy qoʻshindagi tartibni oʻzgartirdi. Natijada muntazam armiyadagi oliy mansablarni faqat Koʻlob elitasi egallaydigan boʻldi. Download 418.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling