Tojikiston fuqorolar urushi 1992


Download 418.02 Kb.
bet4/32
Sana07.02.2023
Hajmi418.02 Kb.
#1176134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Tojikiston fuqarolar urushi 1

Ekstremizmning oʻsishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Post-Sovet Tojikistoni davrida musulmon elitalari turli kategoriyalar ostida tashkil etildi. Birinchisi, Hizb ut-Tahrir kabi fundamentalist-ekstremistlar boʻlib, ular demokratik qadriyatlar va gʻarb madaniyatini tamomila rad etardilar. Ekstremistlar qonun sifatida shariatni, axloq sifatida islomiy normalarni birinchi oʻringa qoʻyish tarafdori edilar. Ikkinchisi, mullalar va Tojikiston Islomiy Uygʻonish Partiyasining baʼzi aʼzolari boʻlmish konservativlar boʻlib, ular qattiq tartibli ijtimoiy tartib oʻrnatish taraddudida edilar. Konservatorlar dunyoviylashuv va zamonaviylashuvning har qanday koʻrinishini rad etardilar. Uchinchisi, modernistlar hisoblanib, demokratiya va islom uygʻunlashuviga erishish uchun harakat qilishdi. Nihoyat soʻnggi kategoriya sekularistlar boʻlib, buning ichiga Tojikiston Xalq Demokratik Partiyasi aʼzolari, kommunistlarsotsialistlar va demokratlar kirardi. Ular dinni siyosatdan ajratish tarafdori edilar. Shu bilan birga sekularistlar milliyatchilik va boshqa islomiy davlatlar bilan tashqi aloqani mustahkamlash uchun islomdan foydalanishga urinishdi.
Bu qarama-qarshi guruhlar ateistik kommunistlarga zimdan qarshi boʻlgan Saudiya ArabistoniEronPokiston kabi davlatlardan Afgʻoniston orqali koʻmak olib turdi. Dastaklovchilar asosan mintaqaga joylashib olishni maqsad qilib qoʻygandilar.
Mintaqaviy elitalarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy ustunligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Azaldan Tojikistonda Oʻzbekiston va Rossiya koʻmagiga tayangan Xoʻjand elitasining taʼsiri kuchli boʻlgan. Sovet Ittifoqi parchalangandan soʻng mamlakatda xavfsizlik masalasi moʻrtlashdi. Mamlakatdagi hududiy elitalar bosh koʻtarib, yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib qolishga harakat qilishdi. Muholifat Xoʻjandning iqtisodiy muhimligini anglagan holda, bu hudud elitasining kuchsizlanishini istamadi. Lekin Xoʻjandliklar hali hokimiyat uchun tayyor emasdilar. Xoʻjand elitasi oʻzining siyosatda noqobilligini xis qilib, Tojikiston ichki ishlariga Oʻzbekiston va Rossiyani zimdan jalb qila boshladi. Xoʻjand elitasining yetakchilaridan biri prezident Nabiyevning bu siyosati, aksariyat tahlilchilarning fikricha, Tojik inqirozining asosiy sabablaridan biri boʻlgan.

Download 418.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling