Tojikiston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari


Download 191 Kb.
bet2/13
Sana18.06.2023
Hajmi191 Kb.
#1567278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tojikiston

Kurs ishining vazifalari. Kurs ishi oldiga qo’ygan maqsadga erishish uchun ushbu ishda quyidagi vazifalarni belgilab olindi:
 Tojikistonning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslarini keng yoritib berish;
 Tojikistonning tabiiy resurslariga iqtisodiy zaruratini yoritib berish;
 Tojikistonning iqtisodiy rayonlari faoliyatini tahlil qilish;
 Tojikistonning iqtisodiy rivojlantirish yo’llarini yoritib berish;
 Tojikistonning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishda xorij tajriblarini o’rganish.
Kurs ishi predmeti. Tojikistonning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslariga iqtisodiy geografik baho berish, milliy bozori, iqtisodiyotning samarali yo’llarini o’rganish hisoblanadi.
I bob. Tojikiston Respublikasining geografik o`rni, chegaralari
1.1 Tabiiy sharoiti, hududi, chegaralari, iqtisodiy geografik o`rni
Tojikiston hududi 143 ming kv.km. Aholisi 7 million kishi. Poytaxti Dushanbe shahri. U hududining kattaligi jihatidan Markaziy Osiyo davlatlari ichida oxirgi o`rinda turadi Uning hududi g`arbdan sharqqa 715 va shimoldan janubga 509 km masofaga cho`zilgan. Biroq Tojikistonning shimoliy qismi uning janubidan uzilib qolgan. Oradagi osmono`par tog`lar tabiiy to`siq tarzida qad ko`targan. Shuning uchun “Shimoliy Tojikiston” va “Janubiy Tojikiston” degan ob`yektiv asosga tayangan geografik tushunchalar mavjud. “Shimoliy Tojikiston” Farg`ona vodiysining bir qismini, “Janubiy Tojikiston” esa Hisor, Vaxsh, Yovon va boshqa o`nlab vodiyo`larni o`z ichiga oladi.
Tojikiston g`arbdan O`zbekiston, shimoldan Qirg`iziston, janub va sharqiy tomonlardan Afg`oniston va Xitoy davlatlari bilan chegaralanadi. Respublikaning hududi baland, past, yassi tog`lar, qir-adirlar, daryo vodiyo`lari, soy bo`yo`lari, tekislik va past tekisliklardan iborat. “Dunyo osmoni” deb nomlangan, serqirra baland cho`qqilarga boy bo`lgan Pomir tog`i va uning O`rta Osiyoning boshqa davlatlari bilan tutashib ketgan Hisor, Zarafshon, Oloy tog` tizmalari ham shu zamindadir.1
Mamlakatning iqtisodiy geografik o`rni xalq xo`jaligini rivojlantirishga ta`sir ko`rsatib turadi. Birinchidan uning birmuncha rivojlangan O`zbekiston va Tojikiston davlatlari bilan katta masofada chegaralanganligi tashqi iqtisodiy aloqasida muhim o`rin tutadi. Bu narsa ayniqsa Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorlikda olib borayotgan hozirgi igtisodiy siyosatiga mos tushadi. Ikkinchidan, Tojikistonnnng nisbatan janubda joylashganligi, iqlimiy resurslarning agrosanoat majmuini rivojlantirishga ijobiy ta`sir ko`rsatib turishi, kon-qazib olish sanoatini rivojlantirih uchun tabiy-resurs omili sifatida ko`pgina rangli metall ruda konlariga ega ekanligi.
1-misol. Shimoliy va Janubiy Tojikistonning baland tog`lar bilan bir-biridan uzilib qolganligi mamlakatning temir yo`l va avtomobil yo`lidagi ichki aloqalarini o`zga davlatlar orqali amalga oshirishni taqozo qilgan. Masalan, mamlakatning poytaxti Dushanbedan Shimoliy eng yirik shahar Xo`jandgacha bo`lgan masofa 320 km ga teng bo`lgani holda, bu masofadan uch marta ko`p bosib o`zga davlat (O`zbekiston orqali Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng ko`pligi va boshqa ichki omillar uning iqtisodiyotiga ijobiy ta`sir ko`rsatib turadi. O`z navbatida Tojikiston IGO`ning salbiy tomonlari ham mavjud. Hududining materikning ancha ichkarisida-baland tog`lik zonada joylashganligi uchun u sayyoramizdagi rivojlangan mamlakatlardan uzilib qolgan. Shuningdek, mamlakat hududining ko`p qismini tog`lar egallaganligi uchun u sharqiy, janubi-sharqiy qismida joylashgan davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik qilishda tabiiy ravishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Hattoki Respublika hududining o`zi ham baland tog`lar bilan o`nlarcha marta bo`linib qolganligi davlatnint umumiy taraqqiyotida tabiiy to`siqdir.
2-misol. Tojikiston Pomir tog`i va uning baland tizmalari orqali Xitoy va Afg`oniston davlatlari bilan chegaralanadi.Hattoki Pokiston va Hindiston davlatlari ham Tojikistonga yaqin qo`shnidir. Biroq baland tog`lar esa ushbu davlatlar bilan bevosita iqtisodiy aloqa qilishga afsuski tabiiy to`siqdir.
Tojikiston davlati qishloq xo`jaligini rivojlantirish uchun qulay geografik xususiyat va imkoniyatlarga ega. Uning geografik o`rni, MODning nisbatan janubiy qismida joylashganligi, serquyoshligi, yogin-sochinning esa birmuncha ko`p tushishi, unumdor tuprog`i, mamlakat qishloq xo`jaligini kompleks rivojlantirishiga xizmat qiladi.
Mamlakat yer usti tuzilishining murakkab ko`rinishi ayrim tur dehqonchilik tarmoqlarini tabaqalab joylashtirish va cheklab rivojlantirishni taqozo qilgan. Jumladan uning tekislik qismlari va daryo vodiyo`larida bir dalada dehqonchilikning ayrim turlaridan yiliga 2 marta hosil olishni ta`minlesa, uning tog`li zonalarida esa vegetatsiya muddati qisqa bo`lgan ekinlarnigina bir marta ekib olish mumkin.
Mamlakatning qulay iqlimiy sharoiti dehqonchilikni rivojlantirishda kuchli tabiiy-resurs omildir. Bu yerda bulutsiz kunlarning ko`pligi, havo harorati ijobiy ko`rsatkichiniig yuqoriligi 5 darajadan yuqori havo haroratning umumiy yig`indisi Shaartuzda 5885, Dushanbeda 5238, Ko`lobda 5812 darajadan yuqori havo harorati yig`indisi mazkur shaharlarda 5489:4835 :5418 darajega teng, vegetatsiya muddatining uzoqligi (mazkur shaharlarda 249 : 236 : 248 kunga teng Tojikistonda issiqsevar dehqonchilik tarmoqlarini keng rivojlaitirishni ta`minlangan. Paxta (va shu jumladan qimmatbaho ingichka tolali paxta, sholi, bug`doy, subtropik va sitrus mevalari yetishtirish iqlimiy sharoitning qulayligidir.2
Respublikaning keng tarqalgan bo`z va allyuvial tuprolari serunum va donador bo`lib ancha madaniylashgandir. Tuproq tarkibi, undagi chirindi miqdori balandlik mintaqasi bo`ylab o`zgaradi va bu narsa ham dehqonchilikning tarmoq tuzilishi hamda hosildorligiga ta`sir ko`rsatib turadi. Masalan, dengiz sathidan 1000 metr va undan baland zonalarda to`q tusli bo`z tuproq keng tarqalgan. Ularning unumdorligi mamlakatning vodiylari hamda tekislik qismida uchraydigan tipik bo`z tuproqdan 1,5-2 marta past.
1.2 Tabiiy resurslari va ulardan xo`jalikda foydalanish masalalari
Tojikistonda qishloq xo`jaligining taraqqiyotida kuchli ta`sir ko`rsatuvchi yana bir tabiiy resurs omil—suvdir. Janubda joylashgan Tojikiston mamlakati qishloq xo`jaligidan faqat sug`orish ishlarini yaxshi yo`lga qoygani uchun mo`l-ko`l hosil olib kelmoqda.
Tog`li mamlakat bo`lgan Tojikistonda sug`orib amalga oshiriladigan dehqonchilk uning bir-biridan tabiiy to`siq-tog` bilan ajralib qolgan 5 ta Farg`ona, Zarafshon, Hisor, Vaxsh, Qizilsuv-Yaxsuv vodiysida olib boriladi. Har bir vodiyda ham daryo suvlaridan foydalanishning o`ziga xos zamonaviy usullari qo`llaniladi. Masalan, Farg`ona vodiysida Sirdaryodagi MOD giganti—Qayroqqum suv omboridan o`nlarcha gidrotexnika inshootlari: magistral kanallar, nasos stansiyalari, suv taqsimlovchi tugunlar, xo`jaliklararo va tarmoqlararo kanallar qazilgan. Sug`orishning bir-butun gidrotexnika kompleksi mamlakatning boshqa vodiylarida ham vujudga keltirilgan. 1990-1999 yillardagi mamlakat ichkarisidagi yuz bergan galtis vaziyat taxt uchun kurash qishloq xo`jalik ishlab chiqarishiga katta zarar yetkazdi. Ayniqsa, 1990-1995 yillarda asosiy qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirish keskin kamaydi. M., paxta yetishtirish 842 ming tonnadan 529 ming tonnaga, bug`doy yetishtirish 303 ming tonnadan 212 ming tonnaga tushib qoldi.
Respublika chorvachiligi ham yayo`lovzorlar xarakteri va hosildorligi, chorva mollarini boqish imkoniyatlariga ko`ra o`z tarmoq tuzilishiga ega. Uning yetakchi sohalari: qoramolchilik, va echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, ipak qurti boqish. Hisori qo`ychilik va echkichilikniig rivojlanishi uchun tog yaylovzorlari muhim tabiiy omildir. Yaylovzorlarni sug`orish, hosildorligini oshirlsh, undan tabaqalab foydalanishni yo`lga qo`yish mamlakat chorvachiligida maxsuldorlikni oshirishga xizmat qiladi. 1990-1999 yillardagi mamlakat ichkarisida yuz bergan nosog`lom siyosiy vaziyat asosiy tur chorva mollari tuyoq sonining kamayishiga va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajminning pasayib ketishiga olib keldi. Chorvachilikda asosiy tur mahsulot ishlab chiqarishning kamayishi ayniqsa 1990-1995 yillarda yuz berdi. M., qayd qilingan yillari go`sht ishlab chiqarish 185 ming t.dan 112 mtshg t.ga, sut ishlab chiqarish 575 ming t-dan 467 ming tonnaga, tuxum yetishtirish 592 mln donadon 79 mln donaga tushib qoldi. Natijada aholining chorvachilik mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini qondirish masalasi mamlakat oziq-ovqat dasturida keskin muammoga aylanib qoldi.

Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling