Tojikiston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari
Download 191 Kb.
|
Tojikiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shimoliy Tojikiston.
Ichki rayonlari. Tojikiston davlatining hududi g`oyat murakkab orografik xususiyatiga ega. Uning baland tog`lar o`lkasi bo`lganligi iqtisodiy taraqqiyotiga o`z ta`sirini ko`rsatgan. Shu boisdan ham Tojikiston iqtisodiyoti bir-biridan farq qiladigan to`rtta regionda qaror topgan:
1 Shimoliy Tojikiston 2 Ko`histon Markaziy Tojikiston 3 Janubiy Tojikiston 4 Pomir. Shimoliy Tojikiston. Uning hududi kichik—13 ming kv km, aholisi 1mln. 750 ming kishidan ortiq. Tojikiston davlatining bu qismi Turkiston tog`laridan shimolda, Farg`ona, vodiysining janubiy-g`arbiy qismida joylashgan. U g`arbda Mirzacho`l bilan tutashgan. Ma`muriy jihatdan Xo`jand viloyati, xo`jaliklarini o`z ichiga oladi. Hududining katta qismi tekislikdan iborat. U faqat janubiy va shimoliy tomondan tog` yon bag`irlari va tog`larga borib taqaladi. Shimoliy Tojikistonning tabiati o`zgacha xususiyatiga ega. Rayonning yozi issiq iyul oyinikn o`rtacha havo harorati +28 darajaga teng qishi bir muncha salqin yanvarniki -2 darajaga teng. Tuprog`i bo`z, mineral moddalarga boy, serunum. Rayonda yana bir muhim tabiat manbasi uning sersuvligidir. Markaziy Osiyoning yirik daryosi—Sirdaryo va eng yirik suv ombori—Qayroqqum shu yerda. Regionning tabiatidagi bu imkoniyatlar qishloq xo`jaligini intensiv rivojlantirishga ta`sir ko`rsatgan. Shimoliy Tojikiston bugun Farg`ona vodiysiga xos seraholi. Aholi nihoyat darajada zich joylashgan. Aholining o`rtacha zichligi har kv. km ga 120 kishiga to`g`ri keladi. Bu ko`rsatkich Ko`histon yoki Pomirnikidan 100 baravar ko`p. Shimoliy Tojikiston neft, ko`mir, hamda polimetall rudalari qazib olish bo`yicha mamlakatning ichki rayonlari orasida birinchi o`rinda turadi. U mamlakatda yengil sanoat korxonalari mahsulotlari ayniqsa shoyi, atlas ishlab chiqarish bo`yicha yetakchilik qiladi. Tojikistonda yetishtiriladigan uzum va mevaning teng yarmi, ipakning 2/3 qismi mazkur rayonda lshlab chiqiladi. U Tojikistondagi ikkinchi paxtakor rayondir. Ko`histon. Hududi 30,4 ming kv. km. U geografik o`rni jihatidan Markaziy Tojikiston tog`larini ishg`ol qiladi. Ko`histon o`zi tojik tilida, tog`lar mamlakati demakdir. U shimoliy va janubiy Tojikistonning o`rtalig`idagi Oloy tog` sistemasiga mansub bo`lgan Turkiston, Zarafshon, Hisor tog`larining baland-baland tizma qator tog`larini o`z ichiga oladi. Ko`histon Markaziy Osiyodagi eng balandlikda joylashgan rayon. Uning eng past joylari dengiz yuzasidan 900 metr baland. Bu tog`li rayonda ko`pgina tog` tizmalarining balandligi 5000 metrdan ham baland.9 Rayonning relyefi alp tektonik davrining ihi. Uning hozirgi ko`rinishida muzlik, oqar suv va seysmik hodisallar natijasidir. Ko`histonning relefi tog`li, qoya toshli, dara va soylar, baland tog` tizmalari va ko`z ilg`amas chuqurliklardan iborat. Iqlimi yumshoq, 400 mm dan 1200 mm gacha yog`in-sochin tushadi. Havo harorati bir faslning o`zida turli ko`rsatkichli bo`ladi. Masalan, iyul oyida uning daryo vodiylarida havo harorati 30 darajaga borsa, baland tog`larda darajaga teng bo`ladi. Ko`histonda dehqonchilikka yaroqli yerlar nihoyat darajada chegaralalgan. Jami aholisi 100 ming kishidan ortiq, zichligi 3,2 kishi. Asosan tojiklar yashaydi. Uning yirik aholi manzilgo`lari Zarafshon vodiysida joylashgan. Ko`histonning aholisi tog`-kon sanoati, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanadi. Bu yerda surma, volfram, qo`rg`oshin konlari topilgan va ishga tushirilgan. Ko`mirning katta zahirasi topilgan. U Tojikistonning tog` kon sanoati rivojlanadigan istiqbolli rayoni hisoblanadi. Download 191 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling