To’ldiruvchi va uning turlari


Download 13.84 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi13.84 Kb.
#1608759
1   2   3   4
Bog'liq
Undalma va uyushiq bo\'laklar

2. O‘ktam, bu taklif chinmi, yo anchayin odamgarchilikmi,iljayishning ma’nisi ne ekan, deb ichida o‘yladi. (O.) 3. Anvar, qo‘y, bu gapni keyin gaplashamiz. (T.Malik) 4. Jiyan, aqling bo‘lsa, kishining bir tiyiniga xiyonat qilma. (O.) 5. Karimjon, ertaga kelasizmi? 6. Do‘s tim, biznikiga mehmon bo‘lib keling. 7. – Hoy tentakkinalarim, tog‘angni bevoshlik qilib qiynamanglar. (S.A.) 8. Hurmatli talabalar, yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

2- mashq. Ko‘chiring. Gapdagi undalmalar qaysi so‘zlar bilan ifodalanganini aniqlang.

  • 1. Ahmadjon, kitobingizdan foydalansam bo‘ladimi? 2. Hoy sen, menga qara-chi. 3. Shunday demaysizmi, azizim. 4. Hoy o‘rtoqjon, quloq soling so‘zimga. 5. To‘rtinchi, birinchiga javob bering. 6. Odamlar, eshitmadim demanglar. 7. Hoy, yigit tushmagur, nima qilib qo‘yding! 8. So‘zla, ko‘zgujon, haqiqatni et bayon!

Matnni o‘qing va shu asosda kichik bayon yozing. Yoshlikdagi orzular

Odamzodning tabiati shundayki, bugungi kun bilangina emas, ko‘pincha, kelajak bilan, ezgu umidlar va go‘zal orzu-havaslar bilan yashaydi. Yaxshi kunlari va osuda damlarini qo‘msab, unga intilib yashaydi. Ha, inson or zularining cheki yo‘q. U doimo ertangi kuniga umid bilan boqadi. Bunga erishish esa, eng avvalo, yoshlikning nechog‘liq oqilona kechishiga bog‘liq. Yoshlik g‘oyat bebaho, lekin tez o‘tib ketadigan boylik. Yoshlik hayotda eng murakkab va nozik, eng mas’uliyatli va g‘animat davr. Ya’ni tabiatda nima ekilsa, shu olinganidek, yoshlik ham inson taqdiri va kelajagini belgilashda hal qiluvchi davrdir. Shu bois yoshligingizni samarali ishlarga sarflang, uni behuda o‘tkazmang.


.

2- topshiriq. She’rni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering..

  • Orzularda qanot bor, xolos,
  • Uchmoq mumkin yulduzlar aro.
  • Parvozlari olis, qanday soz,
  • Lek na bulut va na ul Humo
  • Dilga ajib bag‘ishlar orom.
  • Orzu qushi qo‘ngan bu gulshan,
  • Ammo o‘rtar ayriliq yomon,
  • Qaytging kelmas yerga daf’atan.
  • Humoyun

Download 13.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling