To‘lonov Shukrullo Istamovichning
Download 276.96 Kb.
|
Ommalashtirish
6-mavzu: Alisher Navoiy
1. “Makorim ul-axloq” kimning asari? a) Xondamir b) Mirxond c) Nasaviy d) Navoiy 2. “Makorim ul-axloq” asari necha bobdan iborat? a) 12 b) 10 c) 20 d) 14 3. “Makorim ul-axloq” asarini kim tarjima qilgan? a) Abduqodir Hayitmetov c) Dilmurod Qur’onov b) Abdug‘afur Rasulov d) Komiljon Rahimov 4. “Xusraviya” madrasasi qaysi shaharda barpo etilgan? a) Marv b) Hirot c) Mashhad d) Sabzavor 5. Orazin yopqoch ko‘zumdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh. Navoiyning shu bayt bilan boshlanuvchi g‘azaliga o‘zining 10-12 ming bayt ijodini almashtirmoqchi bo‘lgan shoir kim? a) Sakkokiy b) Binoiy c) Jomiy d) Lutfiy 6. “Xamsa” asari necha baytdan iborat? a) 29 ming b) 27 ming c) 30 ming d) 28 ming 7. “Saddi Iskandariy” “Xamsa”ning nechanchi dostoni? a) uchinchi b) ikkinchi c) beshinchi d) to‘rtinchi 8. “Navid” so‘zining ma’nosi nima? a) xushxabar b) qochqin c) fikr d) fe’l-atvor 9. “Saddi Iskandariy” dostonida Mallu ibn Mabok qaysi davlatning hukmdori? a) Hind b) Chin c) Rum d) Kashmir 10. “Saddi Iskandariy” dostonida Mallu yashiringan joy tilsimini topgan olim kim? a) Faylaqus b) Arastu c) Aflotun d) Suqrot 11. O‘t va yelning o‘g‘irlanish voqeasi qaysi asarda uchraydi? a) “Sabbai sayyor” c) “Hayrat ul-abror” b) “Saddi Iskandariy” d) “Mahbub ul-qulub” 12. Mehmonga jonini tortiq qilgan mezbon qaysi asarda uchraydi? a) “Sabbai sayyor” c) “Hayrat ul-abror” b) “Saddi Iskandariy” d) “Mahbub ul-qulub” 13. “Saddi Iskandariy” dostonida Malluning o‘g‘li kim? a) Fishog‘urs b) Faylaqus c) Feruz d) Farhod 14. “Tarab” so‘zining ma’nosi nima? a) nodonlik b) shodlik c) titroq d) xarob 15. “Day” so‘zining ma’nosi nima? a) qish b) xarob c) go‘zal d) xitob 16. “Saddi Iskandariy” dostoniga nasriy bayonni kim yozgan? a) N.Karimov b) N.Fozilov c) A.Hayitmetov d) D.Qur’onov 17. “Safar qilmag‘on odami xomdur, Sovuqda to‘ngar kimga oromdur”. Ushbu misralar qaysi asardan olingan? a) “Saddi Iskandariy” c) “Naqliya so‘zlar” b) “Mahbub ul-qulub” d) “Hayrat ul-abror” 18. “Xamsa” dostonlari ichida hajmiga ko‘ra eng yirik doston qaysi? a) “Saddi Iskandariy” c) “Layli va Majnun” b) “Farhod va Shirin” d) “Hayrat ul-abror” 19. “Saddi Iskandariy” dostonidagi nechanchi boblar asosiy qismni tashkil etadi? a) 10-80 b) 15-87 c) 14-90 d) 10-90 20. “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandarni yoshligida kim topib oladi? a) Arastu b) Aflotun c) Naqumohis d) Faylaqus 21. Iskandarga dastlab kim ustozlik qiladi? a) Naqumohis b) Aflotun c) Faylaqus d) Arastu 22. Qayu ishni ta’lim qilg‘on zamon, Eshitmak hamon erdi – bilmak hamon… Bilik kasbini qildi to joni bor, Hunar bildi onchaki imkoni bor. Ushbu ta’rif qaysi qahramon haqida? a) Farhod b) Suhayl c) Xusrav d) Iskandar 23. “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandar qaysi davlatning podshosi edi? a) Kashmir b) Hind c) Rum d) Chin 24. “Saddi Iskandariy” dostonida Faylaqus Doroga necha tilla tuxum boj to‘lagan? a) 1000 b) 5000 c) 2000 d) 10000 25. Jang paytida ham o‘ng yonida ilm-kamolot egalari, so‘l tomonida esa harbiy rahbarlar qurshovida tasvirlangan podshoh kim? a) Sulaymon b) Iskandar c) Xusrav d) Sultonxon 26. “Saddi Iskandariy” dostonida Doroning qizining ismi nima? a) Huroyim b) Mehr c) Zulxumor d) Ravshanak 27. “Saddi Iskandariy” dostonida quyidagilardan qaysi birini Doro o‘limi oldidan vasiyat qilmagan? a) suiqasd qilganlarni jazolash b) boyliklarini xalqqa taqsimlab berish c) qavm-qarindoshlariga zulm qilmaslik d) qizi Ravshanakka uylanish 28. “Saddi Iskandariy” dostonida Ravshanak qaysi sulola merosxo‘ri? a) afrig‘iylar b) kushonlar c) kayoniylar d) sosoniylar 29. “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandar qayerga yurish qilganida unga 500 olim yo‘ldosh bo‘ladi? a) Hind b) Kashmir c) Xuroson d) Arron 30. Navoiy qaysi asarning yakunida “Manga davlat ilgi rahnamun bo‘ldi” deb yozadi? a) “Mahbub ul-qulub” c) “Xamsa” b) “Lison ut-tayr” d) “Nasoyim ul-muhabbat” 31. Kim Navoiy haqida: “Agar faqat “Xamsa” yozishga ketgan vaqt hisoblanadigan bo‘lsa, u 6 oydan oshmas edi”,-deya lutf qiladi? a) A. Jomiy b) Lutfiy c) S. H. Ardasher d) H.Boyqaro 32. “Saddi Iskandariy” dostoni aruzning qaysi vaznida yozilgan? a) mutaqoribi musammani mahzuf b) hazaji musaddasi mahzuf c)mutaqoribi musaddasi solim d) sariyi musaddasi matviyi makshuf 33. “Xamsa” dostonlari ichida hajmi eng kichik doston qaysi? a) “Farhod va Shirin” c) “Layli va Majnun” b) “Sab’ayi sayyor” d) “Saddi Iskandariy” 34. “Saddi Iskandariy” dostoni necha baytdan iborat? a) 5782 b) 5009 c) 3988 d) 7215 35. “Saddi Iskandariy” dostoni necha bobdan iborat? a) 89 b) 38 c) 63 d) 54 Download 276.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling