To‘lonov Shukrullo Istamovichning


Kirish mavzusidan PISA testlari


Download 276.96 Kb.
bet2/15
Sana16.02.2023
Hajmi276.96 Kb.
#1203642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ommalashtirish

Kirish mavzusidan PISA testlari

Yaxshi bilasizki, Alisher Navoiy asarlarining asosiy qahramonlari bilimi, shijoati, go‘zal hulqi bilan ajralib turadi. Zero, Hay qabilasining boshlig‘i qizi uchun maktab ochib bergani, Farhodning turli fan sohalaridan boxabarligi, Shirin atrofidagi qizlarning barchasi hayoli va oqila, har bir sanatda mohir bo‘lgani tasodifiy emas. «Hayrat ul-abror»da insonni ulug‘laydigan imon, karam, adab, qanoat, vafo, roslik, ilm kabi fazilatlar haqida alohida fikrlar bayon qilinadi. Hazrat Navoiy «Lison ut-tayr» dostonida yozadi:


O‘z vujudingg‘a tafakkur aylagil,
Har ne istarsen – o‘zungdin istagil.
Bu martabaga esa faqat kitob o‘qish bilan erishish mumkin. Zotan, Alisher Navoiy inson ma’naviyatini boyitishga har qanday adabiyot emas, balki yuksak badiyat talablariga javob bera oladigan asarlargina xizmat qila olishini ham alohida ta’kidlaydi.
Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallarida ifodalangan tuyg‘ular qalbga zavq bag‘ishlaydi; «Boburnoma»da aks etgan hayot hodisalari o‘quvchini o‘yga toldiradi, unda insonning kuch va qudrati ulug‘lanadi, ishonch va e’tiqodini mustahkamlaydigan voqealar bayon qilinadi; odamning yuragida maqtovga loyiq xislatlarni paydo qilishga rag‘bat uyg‘onadi. Bobur otasi haqida yozganida, uning botirligi, shijoati kabi fazilatlari bilan birga, ayniqsa, kitob sevarligiga, xususan, «xamsa» dostonlarini zo‘r ishtiyoq va qiziqish bilan o‘qiganiga alohida urg‘u beradi.
Topshiriqlar



  1. So‘zlarning izohiga qarab, javoblarning mosini toping.

1) Shijoat

A) imon

2) Tafakkur

B) dono

3) E’tiqod

C) fikr

4) Oqil

D) dadillik

2) Vujudingg‘a tafakkur aylagil.Ushbu so‘z birikmasi qaysi kelishik qo‘shimchasi orqali bog‘langan va bog`lanish usulini toping.
(2 ta javob tanlash kerak)

A) jo‘nalish kelishigi

B) moslashuv usulida

S) tushum kelishigi

D) boshqaruv usulida

E) bitishuv usulida.

F) o‘rin-payt kelishigi




3.Berilgan fikrlarni matn asosida to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tegishli ustunda ko‘rsating va yuqoridagi tegishli doiralarni bo‘yang.







To‘g‘ri(A)

Noto‘g‘ri(B)

1.

Shirin bilimli qiz bo‘lgan







2.

“Lison ut-tayr”da insondagi turli xil fazilatlar to‘g‘risida maqolotlar keltirilgan







3.

Navoiy fikricha, har qanday badiiy adabiyot inson ma’naviyatini boyitadi







4.

Bobur g‘azallarida inson kuch-qudrati ulug‘lanadi







5.

Boburning otasi kitob o‘qishga qiziqadigan inson bo‘lgan








4.Matnda qaysi so‘zlar imlosida xatolik uchraydi.
(Avval so‘zning xatosi yozilgan variantini, so’ng shu so‘zning to‘g‘ri yozilishini ko‘rsating. Matnda 6 ta so‘z imloviy xatolikka uchragan.)





































5. O‘z vujudingg‘a tafakkur aylagil,
Har ne istarsen – o‘zungdin istagil.
Baytdan qanday ma’no tushundingiz. Fikringizni 5-6 ta gap misolida yozing.







Download 276.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling