To‘lonov Shukrullo Istamovichning
-mavzu: Mahmud Koshg‘ariy
Download 276.96 Kb.
|
Ommalashtirish
3-mavzu: Mahmud Koshg‘ariy
1. Mahmud Koshg‘ariy nechanchi asrda yashagan? a) XV asr b) XI asr c) IX asr d) XIII asr 2. Markaziy Tiyonshon, Yettisuv, Chu va Talas vodiylari qaysi davlat tarkibiga kirgan? a) G‘aznaviylar b) Turk xoqonligi c) Xorazm d) Qoraxoniylar 3. Mahmud Koshg‘ariy qaysi shaharda dunyoga keladi? a) Bolasog‘un b) To‘qmoq c) Qashqar d) Marv 4. Mahmud Koshg‘ariyning otasi va bobosi qaysi shahardan bo‘lgan? a) Quz O‘rdu b) Sayram c) Raboti O‘g‘uz d) Barsg‘an 5. Mahmud Koshg‘ariyning ilk ustozi kim? a) Husayn Xalifa b) Ofoq Xoja c) Abdulla To‘qmullin d) Yunus Latif 6. Quyidagi ma’lumotlarning qaysi Mahmud Koshg‘ariy haqida emas? a) U turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan, turkcha-arabcha lug‘atning ilk namunasini yaratgan birinchi tilshunos olim. b) U “arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, o‘zib borayotgan turk tilini” ko‘klarga ko‘taradi. c) U adabiyotimizdagi ilk g‘azal muallifi. d) U “qo‘shiq” atamasini ilk bor ishlatgan. 7. “Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli so‘zlar, saj (qofiyali nasr)lar, maqollar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim… Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo‘llanib kelgan she’rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo‘llanadigan hikmatli so‘zlardan, maqollardan keltirdim”. Ushbu fikrlar qaysi asarga tegishli? a) “Qutadg‘u bilig” c) “Lison ut-tayr” b) “Devonu lug‘ot at-turk” d) “Muhokamat ul-lug‘atayn” 8. Mahmud Koshg‘ariy qachon “Devonu lug‘ot at-turk” asarini yozishni boshlagan? a) 1070 b) 1072 c) 1075 d) 1074 9. “Men turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, qirg‘izlarning shaharlari, qishloq va yaylovlarini ko‘p yillar kezib chiqdim, lug‘atlarni to‘pladim”. Ushbu jumlalar qaysi olimga tegishli? a) Yusuf Xos Hojib c) Nosiruddin Rabg‘uziy b) Mahmud Koshg‘ariy d) Alisher Navoiy 10. Hijriy 464-466-yillarda yozilgan asar qaysi? a) “Devonu lug‘ot at-turk” c) “Qutadg‘u bilig” b) “Qissasi Rabg‘uziy” d) “Hibat ul-haqoyiq” 11. “Devonu lug‘ot at-turk” asari kimga bag‘ishlangan? a) Nosiruddin To‘qbo‘g‘a c) Al – Muqtado b) Faxriddin Bahromshoh d) Tavg‘ach Bug‘roxon 12. “Arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, o‘zib borayotgan turk tilini” ko‘klarga ko‘targan ijodkor kim? a) Mahmud Koshg‘ariy b) Yusuf Xos Hojib c) Alisher Navoiy d) Fuzuliy 13. “Men turkcha so‘zlarni yovvoyi tog‘ kiyigi singari deb bildim, shunga qaramay, ularni avaylab-asrab qo‘lga o‘rgatdim”. Ushbu jumlalar qaysi ijodkor tomonidan yozib qoldirilgan? a) Mahmud Koshg‘ariy b) Yusuf Xos Hojib c) Alisher Navoiy d) Rabg‘uziy 14. Alp Er To‘nga marsiyasi, “Oltin qon” rivoyati, yabog‘ular, tangutlar bilan bo‘lgan janglar haqidagi parchalar qaysi asarda uchraydi? a) “Hibat ul-haqoyiq” c) “Devonu lug‘ot at-turk” b) “Qutadg‘u bilig” d) “Qisasi Rabg‘uziy” 15. Rajaz nima? a) to‘rtlik shaklidagi she’r b) barcha misralari o‘zaro qofiyalangan ruboiy c) omonim so‘zlar ishtirok etgan she’r d) misralari nisbatan uzunroq bo‘lgan she’r turi 16. Yir so‘zining ma’nosi nima? a) misralari nisbatan uzunroq she’r turi c) she’r, qasida, qo‘shiq b) kuy, maqom d) hikmatli so‘zlar 17. “Qo‘shug‘” so‘zining ma’nosi nima? a) she’r, qasida, qo‘shiq c) misralari nisbatan uzunroq she’r turi b) kuy, maqom d) to‘rtlik, ruboiy 18. “Devonu lug‘ot at-turk”dagi qaysi parchada marhumning boshqa kishilar bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xislatlariga urg‘u beriladi? a) “Erdi ashin taturg‘an” c) “Yigitlarig ishlatu” b) “Qo‘shni-qo‘nim ag‘ishqa” d) “Iqilachim erig bo‘ldi” 19. Qo‘shiq atamasi ilk marta kim tomonidan qayd etilgan? a) Mahmud Koshg‘ariy b) Yusuf Xos Hojib c) Alisher Navoiy d) Rabg‘uziy 20. “Bang va chog‘ir” munozarasini kim yozgan? a) Yusuf Amiriy b) Mahmud Koshg‘ariy c) Yaqiniy d) Nishotiy 21. “Boz va bulbul”, “Gul va daf ”, “Binafsha va chang” munozaralari muallifi kim? a) Yusuf Amiriy b) Mahmud Koshg‘ariy c) Yaqiniy d) Nishotiy 22. “O‘q va yoy” munozarasini kim yozgan? a) Yusuf Amiriy b) Mahmud Koshg‘ariy c) Yaqiniy d) Nishotiy 23. “Qish va bahor” munozarasiga oid ko‘plab to‘rtliklarni keltirgan ijodkor? a) Yusuf Amiriy b) Mahmud Koshg‘ariy c) Yaqiniy d) Nishotiy 24. Alp Er To‘nga marsiyasi, “Qish va bahor” munozarasi qanday she’riy shaklda yozilgan? a) musaddas b) masnaviy c) murabba’ d) muxammas 25. Alp Er To‘ngani tojiklar Afrosiyob deb atashini kim yozib qoldirgan? a) Mahmud Koshg‘ariy b) Yusuf Xos Hojib c) Alisher Navoiy d) Rabg‘uziy 26. Alp Er To‘nga haqida berilgan ma’lumotlardan qaysi biri xato? a) Uning Barman, Barsg‘an ismli o‘g‘illari va Qaz ismli qizi bo‘lgan. b) Uni tojiklar Afrosiyob deb atashgan. c) Uning ismi “bo‘ri kabi kuchli pahlavon” degan ma’noni anglatadi. d) U Qashqarda – O‘rdukent shahrida turar edi. 27. Afrosiyob Tahmaruspdan necha yil keyin Marv shahrini bino qilgan? a) 100 b) 200 c) 300 d) 400 28. “U sariqligiga ko‘ra mis shahri”. Ushbu ta’rif qaysi shahar haqida? a) Marvash b) Dizro‘yin c) Qazvin d) Qum 29. Afrosiyobning kuyovi – Siyovush qayerda o‘ldirilgan? a) Marvash b) Dizro‘yin c) Qazvin d) Qum 30. “Esiz” so‘zining ma’nosi? a) vaqt b) taqdir c) dunyo d) yomon 31. “Ajun” so‘zining ma’nosi? a) manfur b) dunyo c) yaramas d) zamon 32. “O‘dlak” so‘zining ma’nosi nima? a) manfur b) dunyo c) yaramas d) zamon 33. Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni ifodalagan lirik she’r yoki qo‘shiq nima deb ataladi? a) mustasne b) mustag‘riq c) marsiya d) munojot 34. Alp Er To‘nga marsiyasi qay tarzda qofiyalangan? a) a-a-a-a b) a-a-a-b c) a-b-a-b d) a-b-d-b 35. Marsiyalar mumtoz adabiyotimizda asosan qaysi vaznda bitilgan? a) barmoq b) erkin c) aruz d) aralash 36. Alp Er To‘nga marsiyasi qaysi vaznda bitilgan? a) barmoq b) erkin c) aruz d) aralash 37. “Qul savi qalmas, Qag‘il bag‘i yazilmas”. Ushbu maqolning ma’nosini ayting. a) Dushmanga qarshi qurol hozirlagan kishi qulun (toy)ga ega bo‘ladi, Qurol hozirlamagan kishi asir bo‘ladi. b) Keksalar so‘zi, nasihati bekor ketmaydi, Tolning ho‘l novdasining bog‘i yozilmaydi. c) Tog‘ arqon bilan egilmaydi, Dengiz qayiq bilan bekilmaydi. d) Zamon o‘tar, kishi to‘ymas, Inson bolasi mangu qolmas. 38. “Uma kelsa, qut kelur”. “Uma” so‘zining ma’nosi nima? a) mehnat b) omad c) baxt d) mehmon 39. “Kim kur bo‘lsa, kuvaz bo‘lur”. “Kur” so‘zining ma’nosi nima? a) dovyurak b) mehribon c) aqlli d) tadbirkor 40. “Yazmas atim – yag‘mir, Yangilmas bila yangqu”. “Yangqu” so‘zining ma’nosi nima? a) chaqmoq b) yomg‘ir c) shamol d) aks-sado Download 276.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling