To‘lonov Shukrullo Istamovichning
-mavzu: Nosiruddin Rabg‘uziy
Download 276.96 Kb.
|
Ommalashtirish
5-mavzu: Nosiruddin Rabg‘uziy
1. Nosiruddin Rabg‘uziy nechanchi asrda yashab ijod etgan? a) XIII asr 2-yarmi – XIV asr boshlari b) XII asr oxiri – XIII asr 1-yarmi c) XI asr 2-yarmi – XII asr boshlari d) XIII asr oxiri – XIV asr 2-yarmi 2. Nosiruddin Rabg‘uziy qayerda tug‘ilgan? a) Quz O‘rdu (Bolosog‘un) c) Xorazm Urganch shahri b) Xorazm Raboti O‘g‘uz d) Ozarbayjon 3. “Qisasi Rabg‘uziy” asari qachon yozilgan? a) hijriy 708, milodiy 1307-1308 c) hijriy 706, milodiy 1299-1300 b) hijriy 709, milodiy 1308-1309 d) hijriy 710, milodiy 1309-1310 4. Qaysi ijodkor o‘zi haqida: “…bu kitobni tuzgan, ma’siyat (shariatga xilof tarzda ish tutish, gunoh) yobonin kezgan, oz ozuqlug‘, ko‘p yozuqlug‘…” deya aytib o‘tadi? a) Mahmud Koshg‘ariy c) Nosiruddin Rabg‘uziy b) Yusuf Xos Hojib d) Ahmad Yugnakiy 5. “Qisasi Rabg‘uziy” asari kimning topshirig‘i bilan yozilgan? a) Alouddin Ko‘rpa Arslon c) Tavg‘ach Bug‘roxon b) Al-Muqtado d) Nosiruddin To‘qbo‘g‘a 6. “…yigitlar arig‘i (poki), ulug‘ otlig‘, qutlug‘ zotlig‘, ezgu xulqlug‘, islom yorig‘liq, mo‘g‘ul sanilig‘, musulmon dinlig‘, odamiylar inonchi, mo‘minlar quvonchi, himmati adiz(yuksak), aqli tengiz beg”. Ushbu ta’rif kim tomonidan kimga berilgan? a) Alisher Navoiy Husayn Boyqaroga b) Mahmud Koshg‘ariy al-Muqtadoga c) Yusuf Xos Hojib Tavg‘ach Bug‘roxonga d) Rabg‘uziy Nosiruddin To‘qbo‘g‘aga 7. Kim hukmdorga bag‘ishlangan she’riy madhiyada “ortug‘ yaroqlig‘ siyrati”, “arslon mengizlik savlati”, “ko‘rklug‘ sifatlig‘ surati”, “tuz so‘ylayur so‘zni uqa” singari sifatlarni keltiradi? a) Mahmud Koshg‘ariy c) Nosiruddin Rabg‘uziy b) Yusuf Xos Hojib d) Alisher Navoiy 8. “Qisasi Rabg‘uziy” asaridagi “Uzum hikoyati”da qaysi payg‘ambar ishtirok etgan? a) Nuh b) Sulaymon c) Dovud d) Yusuf 9. “Qisasi Rabg‘uziy” asaridagi “Yilon va qarlug‘och” hikoyatida qaysi narsalar bo‘lmaydi? a) Ilon, qaldirg‘och, ari c) Qurbaqa, ilon, qo‘ng‘iz b) mushuk, sichqon, qo‘ng‘iz d) Qaldirg‘och, sichqon, ilon 10. “Qisasi Rabg‘uziy” asaridagi “Yilon va qarlug‘och” hikoyatida kemadagilar necha oy suv ichida suzdilar? a) 5 oy b) 10 oy c) 6 oy d) 8 oy 11. “Qisasi Rabg‘uziy” asaridagi “Yilon va qarlug‘och” hikoyatida ari nimaning go‘shti totliroq ekanligini aytmoqchi bo‘ladi? a) odam b) baqa c) qo‘y d) qaldirg‘och 12. “Qisasi Rabg‘uziy” asaridagi “Yilon va qarlug‘och” hikoyatida odamni ilondan qutqarib qolgan jonivor? a) mushuk b) laylak c) ari d) qaldirg‘och 13. “Qisasi Rabg‘uziy” asaridagi “Yilon va qarlug‘och” hikoyatida qaldirg‘och ilonni aldab nimaning go‘shti eng totli ekanligini aytadi? a) odam b) baqa c) qo‘ng‘iz d) ari 14. “Qarinchg‘a” so‘zining ma’nosi nima? a) kapalak b) ninachi c) ari d) chumoli 15. “Qisasi Rabg‘uziy” asaridagi “Sulaymon va qarinchg‘a” hikoyatida chumolilar podshosining ismi nima? a) Mansur b) Mahmud c) Manzara d) Maston 16. “Qisasi Rabg‘uziy” asarida chumoli bilan suhbat qurgan payg‘ambar kim? a) Nuh b) Sulaymon c) Dovud d) Yusuf 17. “Qisasi Rabg‘uziy” asaridagi “Sulaymon va qarinchg‘a” hikoyatida qarinchg‘aning qanday jismoniy kamchiligi bor edi? a) Bitta ko‘zi ko‘r edi c) Qulog‘i og‘ir edi b) Qo‘li yo‘q edi d) Oyog‘i oqsoq edi 18. “Qisasi Rabg‘uziy” asarida qaysi payg‘ambarning taxtini va lashkarini shamol ko‘tarib yurgan? a) Nuh b) Sulaymon c) Dovud d) Yusuf 19. “Qisasi Rabg‘uziy” asarida hamma olamning bandi jo bo‘lgan uzuk qaysi payg‘ambarda bo‘lgan? a) Sulaymon b) Nuh c) Dovud d) Yusuf 20. “… yalavoch(payg‘ambar) bani Isroildan erdi. O‘n qarindosh erdilar. Otalari Is’hoq otlig‘. … qamug‘idin (barchasidan) kichigi erdi. Tun-u kun yig‘layur erdi ibodat ichinda”. “Qisasi Rabg‘uziy” asaridagi ushbu ta’rif qaysi payg‘ambar haqida? a) Ibrohim b) Dovud c) Nuh d) Sulaymon 21. Rabg‘uziy “Qisasi Rabg‘uziy” asarida qaysi payg‘ambarlar bilan bog‘liq hikoyatlarda adolat va zulm, hunar egalari, ota-ona va farzandlar munosabati singari mavzularga asosiy e’tiborni qaratgan? a) Nuh b) Sulaymon c) Yusuf d) Dovud 22. “Qurtqa” so‘zining ma’nosi nima? a) qumursqa b) chumoli c) kampir d) yigit 23. “Qisasi Rabg‘uziy” asarida qaysi payg‘ambar tunda kimligini bildirmasdan, xalqdan: “Podshoh sizning birla netag muomala qilur?”-deb so‘ragan? a) Ibrohim b) Dovud c) Nuh d) Sulaymon 24. O‘zbek prozasida ilk bor dialoglar kim tomonidan keng qo‘llangan? a) Mahmud Koshg‘ariy c) Nosiruddin Rabg‘uziy b) Yusuf Xos Hojib d) Alisher Navoiy 25. “Qisasi Rabg‘uziy” asarida til odobi va qalb pokligi haqidagi hikoyat qaysi? a) “Uzum” hikoyati c) “Luqmon va uning xojasi” hikoyati b) “Yilon va qarlug‘och” hikoyati d) “Sulaymon va qarinchg‘a” hikoyati 26. “Qisasi Rabg‘uziy” asarida shinni va sirkaning paydo bo‘lishi qaysi payg‘ambar bilan bog‘liq? a) Nuh b) Sulaymon c) Dovud d) Yusuf 27. “Qisasi Rabg‘uziy” asarida Sulaymon qaysi payg‘ambarning o‘g‘li? a) Nuh b) Sulaymon c) Dovud d) Yusuf 28. “Qisasi Rabg‘uziy” asarida temirchilik hunarini oliy darajaga yetkazib, uning keng tarqalishiga sababchi bo‘lgan payg‘ambar kim? a) Ibrohim b) Dovud c) Nuh d) Sulaymon 29. Rabg‘uziy qaysi payg‘ambar haqida: “Taxti bir yig‘och yer ichinda edi. Ul taxtini oltun, kumush birla qilmish erdi”, - deb yozadi? a) Ya’qub b) Sulaymon c) Nuh d) Dovud 30. “Qisasi Rabg‘uziy” asari necha qismdan iborat? a) 82 b) 78 c) 102 d) 72 31. “Qisasi Rabg‘uziy” asaridagi qaysi hikoyat to‘lig‘icha ikki tomonning so‘zlashuvi – savol-javoblarga tayanadi? a) “Uzum” hikoyati b) “Yilon va qarlug‘och” hikoyati c) “Luqmon va uning xojasi” hikoyati d) “Sulaymon va qarinchg‘a” hikoyati 32. “Kun hamalga kirdi ersa, keldi olam Navro‘zi” deb boshlanuvchi g‘azal muallifi kim? a) Ogahiy b) Furqat c) Navoiy d) Rabg‘uziy 33. “Zamharir” so‘zining ma’nosi nima? a) yaltiroq b) olmaxon c) sovuq d) bulbul 34. O‘zbek adabiyotida ilk g‘azal kim tomonidan yozilgan? a) Nosiruddin Rabg‘uziy c) Mahmud Koshg‘ariy b) Yusuf Xos Hojib d) Alisher Navoiy 35. O‘zbek adabiyotida ilk bor maqta’da taxallus qo‘llagan ijodkor kim? a) Mahmud Koshg‘ariy c) Nosiruddin Rabg‘uziy b) Yusuf Xos Hojib d) Alisher Navoiy 36. “Kun hamalga kirdi ersa, keldi olam Navro‘zi” deb boshlanuvchi g‘azal qaysi vaznda yozilgan? a) hazaji musammani solim c) hazaji musaddasi mahzuf b) ramali musaddasi mahzuf d) ramali musammani mahzuf 37. O‘zbek adabiyotida eng ko‘p ruboiy yozgan ijodkor kim? a) Bobur b) Navoiy c) Fuzuliy d) Lutfiy 38. “Tiyin” so‘zining ma’nosi nima? a) qunduz b) oq suvsar c) olmaxon d) daraxt Download 276.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling