To‘lonov Shukrullo Istamovichning


Download 276.96 Kb.
bet7/15
Sana16.02.2023
Hajmi276.96 Kb.
#1203642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Ommalashtirish

4-mavzu: Yusuf Xos Hojib
1. Yusuf Xos Hojib nechanchi asrda yashab o‘tgan?
a) XII b) IX c) XI d) IIX

2. Yozma adabiyotimiz tarixidagi ilk yirik turkiy asar qaysi?


a) “Qisasi Rabg‘uziy” c) “Devonu lug‘ot at-turk”
b) “Qutadg‘u bilig” d) “Hibat ul-haqoyiq”

3. Yusuf Xos Hojib qaysi shaharda tug‘ilgan?


a) Quz O‘rdu b) Qashqar c) Samarqand d) Marv

4. Quz O‘rduning yana boshqa nomi nima?


a) Qashqar b) Bolosog‘un c) Marvash d) Dizro‘yin

5. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asarini qayerda tugallagan?


a) Quz O‘rdu b) Marvash c) To‘qmoq d) Qashqar

6. Qaysi adib asarini nihoyasiga yetkazgach “Tegurdi manga algi ellik yoshim”, “(Qora) quzg‘un tusiteg boshim (sochlarim) qug‘u (oqqush) bo‘ldi” deb ta’kidlaydi?


a) Koshg‘ariy b) Yusuf Xos Hojib c) Navoiy d) Rabg‘uziy

7. Qaysi ijodkor asar yozilgan muddat (“Tugal o‘n sakkiz ayda aydim bu so‘z”), yozib tugatilgan sana (“Yil altmish eki erdi to‘rt yuz bila”)ni asar so‘ngida ilova qiladi?


a) Mahmud Koshg‘ariy c) Ahmad Yugnakiy
b) Nosiruddin Rabg‘uziy d) Yusuf Xos Hojib

8. “Qutadg‘u bilig” asarining umumiy hajmi necha bayt?


a) 6800 b) 6600 c) 6400 d) 6200

9. “Qutadg‘u bilig” asari kimga tortiq qilingan?


a) Nosiruddin To‘qbo‘g‘aga c) Alovuddin Ko‘rpa Arslon
b) Tavg‘ach Bug‘roxonga d) Axsatan I
10. “Qutadg‘u bilig” asarida elig (hukmdor) - adolat timsoli kim?
a) O‘zg‘urmish b) O‘gdulmish c) Oyto‘ldi d) Kuntug‘di

11. “Qutadg‘u bilig” asarida vazir, - davlat timsoli kim?


a) O‘zg‘urmish b) O‘gdulmish c) Oyto‘ldi d) Kuntug‘di

12. “Qutadg‘u bilig” asarida zohid – qanoat (ofiyat) timsoli kim?


a) O‘zg‘urmish b) O‘gdulmish c) Oyto‘ldi d) Kuntug‘di

13. “Qutadg‘u bilig” asarida aql timsoli kim?


a) O‘zg‘urmish b) O‘gdulmish c) Oyto‘ldi d) Kuntug‘di

14. Oyto‘ldi o‘tirgan koptok nimaning ramzi?


a) aql b) qanoat c) adolat d) davlat

15. Hukmdor 3 oyoqli kumush kursida o‘tirishi, so‘l tomonda urog‘un(dori), o‘ngida esa shakar (sharbat) turishi qaysi asarda uchraydi?


a) “Saddi Iskandariy” Iskandar
b) “Qissasi Rabg‘uziy” Sulaymon
c) “Qutadg‘u bilig” Kuntug‘di
d) “Devonu lug‘ot at turk” Afrosiyob

16. Qaysi qahramon agar podshoh unga quyidagi to‘rt narsani hadya etsa, unga qul bo‘lishini aytadi? 1) qariliksiz yigitlik; 2) dard-u kasalsiz esonlik; 3) kambag‘alligi yo‘q boylik; 4) nuqsonsiz tiriklik.


a) O‘zg‘urmish b) O‘gdulmish c) Oyto‘ldi d) Kuntug‘di

17. “O‘likni ko‘ruvchi ham tirik qolmaydi, O‘limga hozirlan, fe’lingni dag‘al tutma”. Ushbu nasihat qaysi qahramon tomonidan aytilgan?


a) Kuntug‘di b) Oyto‘ldi c) O‘gdulmish d) O‘zg‘urmish
18. “Chin odamning belgisi odamiylik bo‘ladi:
Odamiylik qil, ey mard kishi, ulug‘ bo‘l,
Odam odamiylik yo‘lini shunday asosga qurgan…”
“Qutadg‘u bilig” asarida ushbu so‘zlarni kim kimga qarata aytgan?
a) O‘zg‘urmish O‘gdulmishga c) O‘gdulmish Kuntug‘diga
b) O‘zg‘urmish Kuntug‘diga d) Kuntug‘di Oyto‘ldiga

19. “Qutadg‘u bilig” asarida qaysi qahramon vafot etadi?


a) Kuntug‘di b) Oyto‘ldi c) O‘gdulmish d) O‘zg‘urmish

20. Qoraxoniylar davlatining falsafiy-axloqiy yo‘riqnomasi sifatida yozilgan asar qaysi?


a) “Devonu lug‘ot at-turk” c) “Qutadg‘u bilig”
b) “Hibat ul-haqoyiq” d) “Qisasi Rabg‘uziy”

21. “Budun” so‘zining ma’nosi nima?


a) davlat b) adolat c) xalq d) yurt

22. “Qilmishlari to‘g‘ri, fel-u raftori rost, tili chin, yetuk, ko‘zi va ko‘ngli boy, bilimli, zakovatli, hushyor, yomonlarga misli bir olov edi”. Ushbu ta’rif qaysi qahramon haqida?


a) Kuntug‘di b) Oyto‘ldi c) O‘gdulmish d) O‘zg‘urmish

23. Ezgu kishi hech qachon o‘z tabiatini o‘zgartirmasligini, chunki yaxshi qiliq oq sut bilan kirsa, o‘lim tutmaguncha o‘z tarzini buzmasligini uqtirgan qahramon?


a) Kuntug‘di b) Oyto‘ldi c) O‘gdulmish d) O‘zg‘urmish

24. “Qutadg‘u bilig” asaridagi eng faol qahramon qaysi?


a) Kuntug‘di b) Oyto‘ldi c) O‘gdulmish d) O‘zg‘urmish

25. “O‘g” so‘zining ma’nosi nima?


a) jasorat b) odob-axloq c) kuch d) aql-idrok

26. Xudo berdi qulga ikki ko‘z, quloq


Ular bilan dunyo, oxiratga boq.
Ushlash uchun berdi yana ikki qo‘l
Biri dunyo, biri oxiratga yo‘l.
Ushbu so‘zlar kim tomonidan kimga qarata aytilgan?
a) O‘gdulmish O‘zg‘urmishga c) Oyto‘ldi Kuntug‘diga
b) O‘zg‘urmish Kuntug‘diga d) O‘gdulmish Kuntug‘diga

27. “U dunyoviy ishlarning barchasi hayotiy zarurat ekanligini aytadi. O‘z maqsadi yo‘lida og‘ishmay harakat qiladigan sabotli va matonatli inson. U o‘z ishini chala qoldirib, yarim yo‘ldan qaytadiganlar toifasidan emas”. Ushbu ta’rif kimga tegishli?


a) Kuntug‘di b) Oyto‘ldi c) O‘gdulmish d) O‘zg‘urmish

28. “O‘zg‘urmish” so‘zining ma’nosi nima?


a) yaxshilikka boshlovchi c) adolatni sevuvchi
b) ezgulik ulashuvchi d) hushyor qiluvchi

29. “U behuda ishlar bilan band bo‘lish, har xil mayda-chuyda orzu-havaslarga ovunib, umrini behuda o‘tkazib yuborishdan ogohlantiradi… , umrni behuda o‘tkazmaslik uchun hushyorlikka chaqiradi”. Ushbu ta’rif qaysi qahramon haqida?


a) Kuntug‘di b) Oyto‘ldi c) O‘gdulmish d) O‘zg‘urmish

30. Mushohadali, qat’iy fikrli inson. U hukmdorning taklifini rad etadi. Huzuriga chaqirganda: “Juda aziz, axir tiriklik kuni, Bekor ishga sarflab bo‘lmagay uni”,-deya tushuntirgan qahramon?


a) Kuntug‘di b) Oyto‘ldi c) O‘gdulmish d) O‘zg‘urmish

31. “Men turkcha so‘zlarni yovvoyi tog‘ kiyigi singari deb bildim, shunga qaramay, ularni avaylab-asrab qo‘lga o‘rgatdim”. Ushbu jumlalar qaysi ijodkor tomonidan yozib qoldirilgan?


a) Mahmud Koshg‘ariy b) Yusuf Xos Hojib
c) Alisher Navoiy d) Rabg‘uziy
32. “Qutadg‘u bilig” asarida ko‘ngilni nimaga o‘xshatishgan?
a) oyga b) mash’alga c) rabotga d) shishaga

33. “Qutadg‘u bilig” asarida xalqni nimaga o‘xshatishgan?


a) dengizga b) arg‘umoqqa c) qo‘yga d) rabotga

34. “Kur arslonga o‘xshar bu beklar ozi,


Bushursa kesar bosh, e bilgi yaruq”
Ushbu jumlalar kimga tegishli?
a) Mahmud Koshg‘ariy b) Yusuf Xos Hojib
c) Rabg‘uziy d) Alisher Navoiy

35. “Til hovlida (ya’ni qafasda) yotgan arslon kabidir. Ey, qafasdagi (makkor) vahshiy boshingni yeydi”. Ushbu o‘xshatish kimga tegishli?


a) Mahmud Koshg‘ariy b) Yusuf Xos Hojib
c) Rabg‘uziy d) Alisher Navoiy

36. “Qutadg‘u bilig” asarida yilqi obrazi qaysi ma’noni anglatmaydi?


a) nodon odam b) ochko‘z inson
c) bilimsiz kishi d) lashkarboshi

37. “Qutadg‘u bilig” asarida bo‘ri obrazi qaysi ma’noni anglatmaydi?


a) mard er b) nodon odam c) o‘lim d) yov – dushman

38. “Qutadg‘u bilig” asarida or-nomussiz odamning yuzi nimaga o‘xshatiladi?


a) suyak b) osh c) arg‘uvon d) bo‘z

39. Bo‘z qanday yuzga ishora qiladi?


a) or-nomussiz kishining yuziga c) go‘zal yuzga
b) qo‘rqib ketgan kishining yuziga d) yoqimli kishining yuziga

40. Lashkarboshining hujumkorligi va dushmanga hamlasi qaysi hayvonga o‘xshatilgan?


a) to‘ng‘izga b) arslonga c) qoplonga d) tulkiga

41. Lashkarboshining mardonavorligi qaysi hayvonga o‘xshatilgan?


a) to‘ng‘izga b) arslonga c) bo‘riga d) ukkiga

42. “Qutadg‘u bilig asari qaysi janrda yozilgan?


a) doston b) roman c) qissa d) masal

43. “Ko‘ni so‘z irig ul kim aymish, temish, Angar to‘rqu idtim, tikan chog‘lamish”. (Kim aytsa, desa (ham) to‘g‘ri so‘z dag‘aldir. Unga ipak gazmol yubordim, u esa tikan tugib yuboribdi). Ushbu misralar qaysi qahramon tilidan aytilgan?


a) Kuntug‘di b) Oyto‘ldi c) O‘gdulmish d) O‘zg‘urmish

44. Quyidagi qaysi istiora tun ma’nosida qo‘llanmaydi?


a) qora yuz bog‘i c) rumiy qizi
b) qora soch bo‘dug‘i d) habash qirtishi (qiyofasi)

45. Quyidagi qaysi istiora quyosh ma’nosida qo‘llanmaydi?


a) sata qalqoni b) sevuglar qoshi
c) sara qiz yuzi d) rumiy qizi

Download 276.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling