To‘lonov Shukrullo Istamovichning


-mavzu: “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni


Download 276.96 Kb.
bet3/15
Sana16.02.2023
Hajmi276.96 Kb.
#1203642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ommalashtirish

2-mavzu: “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni

1. Doston voqealari qaysi yurtda boshlanadi?


a) Zangar b) No‘g‘ay c) Taka turkman
d) Kashal

2. Odilxon qaysi yurtning podshosi edi?


a) Yovmit b) Mari c) Zangar d) No‘g‘ay

3. Odilxon podshoning farzandlari qaysi qatorda berilgan?


a) Gajdumbek, Bibi Hilol c) To‘liboy sinchi, Jig‘alixon
b) Ravshan, Rustam d)Urayxon, Ahmadbek, Bibi Oysha

4. Bozorchi savdogarlarning yo‘lda talanishi voqeasi qaysi dostonda uchraydi?


a) “Alpomish” b) “Rustamxon”
c) “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” d) “Ravshan”

5. Mari yurtining podshosi kim?


a) Odilxon b) Qovushtixon
c) Rayhon arab d) Shohdorxon

6. Odilxon necha yoshli To‘liboy sinchini o‘ziga xizmatkor qilib oladi?


a) 7 b) 14 c) 12 d) 10

7. “O‘n to‘rt yoshga kirguncha o‘qib, xat-savodi chiqdi. Lekin o‘zi ajab bir odobli, chiroyli, yaxshi yigit bo‘ldi. Otlarning yaxshi-yomonini biladigan sinchi bo‘ldi”. Ushbu ta’rif qaysi qahramonga tegishli?


a) Ko‘sa sinchi b) To‘liboy sinchi
c) Kuntug‘mish d) Go‘ro‘g‘li
8. Bibi Oysha va To‘liboy sinchining farzandi?
a) Ravshan b) Go‘ro‘g‘li
c) Rustam d) Bibi Hilol

9. Taka turkman yurtining begi kim?


a) Ahmadbek b) Gajdumbek c) Jig‘alixon d) Shohdorxon

10. Ravshanbekning necha yoshida savodi chiqadi?


a) 5 b) 7 c) 8 d) 14

11. Jig‘alixonning farzandlari to‘g‘ri berilgan qatorni toping.


a) Ahmadbek, Urayxon c) Ravshan, Rustam
b) Gajdumbek, Bibi Hilol d) Xolbeka, Xolmo‘min

12. Qaysi qahramonlar: “Bizlarga farzand bersa, o‘g‘il bo‘lsa, qo‘lqanot bo‘lsin, qiz bo‘lsa, do‘st bo‘lsin”, - deb niyat qilishadi?


a) Odilxon va Jig‘alixon c) Qoraxon va Buvraxon
b) Boybo‘ri va Boysari d) Shoir vazir va Tohir vazir

13. Shohdorxon qaysi yurtning podshosi?


a) Shirvon b) Bujul c) Yovmit d) Zargar

14. Elchi yubormay bostirib borishning oqibati yomon bo‘lishi qaysi dostonda aytilgan?


a) “Rustamxon” b) “Alpomish”
c) “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” d) “Kuntug‘mish”

15. Shohdorxonning vaziri kim?


a) Holmon b) Nazar c) Yusuf d) Mulkoro

16. Shohdorxonning noibi kim?


a) Holmon b) Nazar c) Yusuf d) Subyon

17. Shohdorxonning qo‘shini 3 oy deganda yetib borgan tog‘ yana qaysi dostonda uchraydi?


a) “Kuntug‘mish” b) “Ravshan”
c) “Alpomish” d) “Rustamxon”

18. Taka-Yovmit elining o‘quvchilari qaysi kun tushdan keyin o‘qishdan ozod bo‘lishar edi?


a) payshanba b) chorshanba c) juma d) yakshanba

19. Yulduzdan ham ko‘p lashkar qaysi dostonda uchraydi?


a) “Rustamxon” b) “Kuntug‘mish”
c) “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” d) “Saddi Iskandariy”

20. Odilxonning lashkar boshlig‘i kim?


a) Taka begi Zamon b) Subyon c) Nazar d) Yusuf

21. “Dushmaning xas bo‘lsa ham qo‘rq” degan maqol qaysi dostonda, kim tomonidan qo‘llangan?


a) “Ravshan” da Ravshan c) “Alpomish”da Qorajon
b) “Rustamxon”da Sultonxon d) “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”da Holmon vazir

22. G‘aybdan kelgan qo‘shin qaysi dostonda uchraydi?


a) “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” b) “Rustamxon”
c) “Ravshan” d) “Farhod va Shirin”

23. G‘aybdan kelgan qo‘shinning boshlig‘i kim?


a) Subyon b) Nazar c) Go‘ro‘g‘li d) Hamza

24. Ravshanni bir sandiqqa yashirib, o‘g‘il qilib olib qolgan odam kim?


a) Shohdorxon b) Rustam
c) Holmon d) Hamza

25. Qaysi asarda sandiq detali uchramaydi?


a) “Oygul bilan Baxtiyor” c) “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”
b) “Kuntug‘mish” d) “Ravshan”

26. Shohdorxon Gajdumbekka qaysi amalni berdi?


a) yasovul boshliq b) vazir c) muhrdor d) mirzaboshi

27. Shohdorxonning tushi ta’birini kim aytib beradi?


a) Yusuf qurandoz b) Holmon vazir
c) Hamza d) Subyon

28. Shohdorxonning tushida tepasidan sochilgan tilla nimaning belgisi edi?


a) tani b) boyligi c) joni d) qoni

29. Shohdorxonning tushida og‘zidan uchgan qush nimaning belgisi edi?


a) tani b) boyligi c) joni d) qoni

30. Shohdorxonning tushida qulagan imorat nimaning belgisi edi?


a) tani b) boyligi c) joni d) qoni

31. Shohdorxonning tushida ko‘kargan chinor nimaning belgisi edi?


a) mamlakat b) haqning kalimasi c) boylik d) iymon

32. “Hur tal’atli, maloyika kelbatli, shirin so‘zli, jodu ko‘zli, zulfi tol-tol bo‘lib betiga tarmashgan, latibasi labiga tushgan, munchoqlari kindikdan oshgan…” Ushbu ta’rif qaysi qahramonga tegishli?


a) Zulxumor b) Bibi Hilol c) Xolbeka d) Oftoboy

33. “…ning bu yog‘ida to‘qson besh, bu yog‘ida to‘qson besh – o‘n kam ikki yuz kokili, bir yog‘ini tilla suvga botirgan, bir yog‘ini kumush suvga botirgan, tong shamolida qotirgan”. Ushbu ta’rif qaysi qahramonga tegishli?


a) Zulxumor b) Bibi Hilol c) Xolbeka d) Oftoboy

34. “O‘zing tug‘may, ul bo‘lmas, sotib olmay, qul bo‘lmas”. “O‘zingniki o‘zagiga tepsang ham ketmaydi ekan, kishining bolasiga kishmish bersang ham turmaydi ekan”. Ushbu jumlalar qaysi asarda, qaysi qahramon tilidan aytilgan?


a) “Ravshan”da kampir c) “Kuntug‘mish”da Xolmo‘min
b) “Go‘ro‘g‘li”da Hamza d) “Alpomish”da Boybo‘ri

35. “… qoshi qora, zulfi bo‘yniga tushgan, kokili o‘ziga juda ham yarashgan, bodom qovoq, ko‘rganlar bo‘lur aftoda”. Ushbu ta’rif kimga tegishli?


a) Go‘ro‘g‘li b) Rustamxon c) Ravshan d) Kuntug‘mish

36. Gajdumbek Ravshanni necha tillaga sotib oladi?


a) 10000 b) 2000 c) 5000 d) 1000

37. Berilganlardan qaysi biri “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni haqida emas?


a) Gajdumbek va Ravshanbek Bibi Hilolni keyin olib ketish o‘yi bilan o‘z yurtlarini ko‘rgani ketishadi.
b) Bibi Hilol Rustambekning Yovmitga birga ketish taklifini rad etadi.
c) Go‘ro‘g‘li bir kosa suv va bir non evaziga buloqni egallab yotgan ajdahoni o‘ldiradi.
d) Go‘ro‘g‘liga 3 yoshdan so‘ng rustam otalik qiladi.

38. Qaysi javobda Rustambek haqida ma’lumot berilgan?


a) U Gajdumbekning xizmatkori bo‘lib, uning cho‘ldagi yilqisini boqib yuradigan bolalarga xizmat buyurib yurardi.
b) U Shohdorxonning qurandozi bo‘lib, tushining ta’birini aytib berardi.
c) G‘oyibdan kelgan qo‘shinning boshlig‘i edi.
d) U Ravshanni o‘g‘il qilib olish uchun sandiqda yashirib olib keladi.

39. Zargar xalqi Bibi Hilolni qanday o‘ldirmoqchi bo‘ldi?


a) Quduqqa tashlamoqchi bo‘ldi.
b) Kuydirib, kulini elakdan o‘tkazmoqchi bo‘ldi.
c) Tulupga joylab, otning dumiga bog‘lamoqchi bo‘ldi.
d) To‘pga solib, otib yubormoqchi bo‘ldi.

40. But, Lot, Manot, tilla payg‘ambar, kumush chahoryor qaysi dostonda uchraydi?


a)“Alpomish” b)“Kuntug‘mish”
c)“Ravshan” d) “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”

41. “Haq saqlasa balo yo‘q, Haq qarg‘asa davo yo‘q”. Ushbu maqol qaysi asarda uchraydi?


a) “Alpomish” b) “Kuntug‘mish”
c) “Ravshan” d) “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”

42. Rustambek kimning singlisiga uylanadi?


a) Badal b) Badgir c) Badia d) Badaviy

43. Rustambekning o‘g‘lining ismi nima?


a) Qo‘ng‘irboy b) Qoraboy
c) Qo‘shquloq d) Qorajon

44. Momo Havo, Anbar ena, Fotma buvi qaysi doston qahramoniga doyalik qiladi?


a) “Alpomish” b) “Kuntug‘mish”
c) “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” d) “Rustamxon”

45. Go‘ro‘g‘lini 3 yoshdan so‘ng qaysi hayvon emizgan?


a) echki b) tuya c) baytal d) sher
46. “Es berganga dast berar, dast berganga es berar” maqoli qaysi voqeaga nisbatan qo‘llanilgan?
a) Yusuf qurandoz Shohdorxon tushining ta’birini aytib berganda
b) Rustambek baytalni emgan bolani Bibi Hilolning farzandi ekanligini bilganida
c) Shohdorxon Gajdumbekka yasovulboshi unvonini berganida
d) Gajdumbek va Ravshanbek Zargar yurtini tark etib, Vataniga qaytganida

47. Dostonda Go‘ro‘g‘lini emizgan biyaning nomi?


a) G‘irot b) Ko‘kdo‘nan c) Jiyronqush d) Boychibor

48. Mehtara so‘zining ma’nosi nima?


a) egar-jabduq c) qo‘y-echkining boqib semirtirilgani
b) suv solinadigan idish d) qora tusli, xush isli suyuq modda

49. “Daryolar oqqan, ko‘rgan odamning aqli shoshgan, ichida sol, kema, qayiqlar qurtday qimirlab, har tarafga kelib, ketib borayotibdi… darvozaning har chekkasida 17 joyda qorovulxonasi bor…” Ushbu ta’rif qaysi shahar haqida?


a) Yovmit b) Mari c) Shirvon d) Zargar

50. “O‘sh oriq, ranglari sariq, uzun bo‘yli, sher o‘mganli, qo‘lida ko‘zasi bor”. Ushbu ta’rif kimga tegishli?


a) Xumoroy b) Zaydinoy c) Xolbeka d) Xoljuvon

51. “Yarim belidan pasti uch botmon, yarim belidan yuqorisi ikki botmon. Shirin so‘zli, qizil yuzli, jodu ko‘zli, saraton yulduzli, la’l munchoqli, oydan suluv, oftobdan ortiq, oy desa, og‘zi bor, kun desa, ko‘zi bor”. Ushbu ta’rif qaysi qahramon haqida?


a)Zaydinoy b) Barchinoy c) Xolbeka d) Gulanor

52. Xoljuvon Xumoroyni kir yuvish uchun qayerga olib boradi?


a) Mingbuloq b) Tajan daryosi c) Arpali ko‘li d) Ko‘kbuloq

53. Quyida berilganlardan qaysi ma’lumot xato?


a)Xoljuvon Go‘ro‘g‘liga Xumoroyni o‘g‘irlashga yordam beradi.
b)Rayhon arab Shirvon yurtining podshosi bo‘lib, Iroq va Armaniston mamlakatlari unga qarar edi.
c) Yigitlar Zaydinoyni ko‘rish evaziga bir lagan tilla berishlari kerak edi.
d) Go‘ro‘g‘li 7 yoshida tushiga Xizr onasining qiyofasiga kirgandan so‘ng yurtiga qaytishga qaror qiladi.

54. Qulo so‘zining ma’nosi nima?


a) keng b) quloch c) qasd d) dasht

55. “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi dostonlar nechta?


a)70 ga yaqin b) 60 dan ortiq c) 70 dan ortiq d) 60 ga yaqin

56. Dostonning she’riy qismi ko‘pincha necha misrali bandlar shaklida keladi?


a) 5 b) 6 c) 4 d) 7

57. “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni qaysi baxshi tilidan yozib olingan?


a) Ergash Jumanbulbul o‘g‘li
b) Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li
c) Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li
d) Muhammad Jomurot o‘g‘li Po‘lkan shoir

58. Rustam kelbatli, pahlavon, qo‘rqmas va jasur, o‘ziga ishongan podshoh kim?


a) Rayhon arab b) Shohdorxon c) Odilxon d) Urayxon
59. Rayhon arab qaysi yurt podshosi?
a) Armaniston b) Iroq va Arabiston
c) Arab va Ajam d) Behishtsaro

60. Ostingda o‘ynaydi chin tulpor oting


Rustamga o‘xshaydi shon-u shavkating,
Qayerda, mehmonjon, sening elating,
Ajdaho nishonim, qaydin bo‘larsan?
Ushbu satrlar kim tomonidan kimga qarata aytilgan?
a) Aynoq Hasanxonga c) Oftoboy Sultonxonga
b) Qorajon Alpomishga d) Go‘ro‘g‘li Rayhon arabga

61. Quyida berilgan ma’lumotlardan qaysi biri “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoniga oid?


a) Bosh qahramon yoriga yetishish uchun bazzoz qiyofasiga kirib, shaharga boradi.
b) Bosh qahramon bir kampirga o‘g‘il tutinadi.
c) Bosh qahramon soddaligidan foydalangan bir podshoh uning chechasini olib qochadi.
d) Bosh qahramon o‘tovning keragasiga sochi bilan bog‘langan qizni ozod etadi.

62. “Go‘ro‘g‘li” so‘zining ma’nosi qaysi javobda xato aytilgan?


a) qabrda tug‘ilgan c) botir, mard otaning farzandi
b) ko‘r otaning farzandi d) aqlli otaning farzandi

63. “To‘rt oyog‘i teng tushgan, biqini yoziq keng tushgan, qarchig‘ayning havosi tekkan”. Ushbu ta’rif qaysi ot haqida?


a) G‘irot b) Boychibor c) Jiyronqush d) G‘irko‘k

Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostonidan PISA testlari


Ana endi Bibi Hilolning arvohining dod, deb yig‘lagan dovushini hazrati Xizr bilib, eshitib, go‘r ustiga keldi. Asta go‘rning tuprog‘ini pichigina teshdi. Shu teshikdan go‘rning ichiga kunning shu’lasi tushdi. Go‘ro‘g‘li kunning tushganini ko‘rib, qo‘li bilan ushlab olaman deb kunga qo‘l urdi, ushlay olmadi, ushlayman deb qo‘li go‘rning tepasiga yetdi. Tirmalab-tirmalab teshikni katta qilib, go‘rdan tashqari chiqib, hayron bo‘lib qoldi. «Bu nima degan sir bo‘lur?» – dedi. Och qoldim deb go‘rga suyanib, yotib qoldi. Buni ochlikdan yig‘lab yotmoqda qo‘yib, endi gapni Rustambekning baytalidan eshiting: bir baytalning bolasi o‘lib, bolasining o‘lganiga ichi kuyib, kishnab yurar edi. Hazrati Xizr bobo alayhissalom haligi baytalning bo‘yniga qo‘riq solib, Go‘ro‘g‘lining oldiga olib keldi. Baytalning ko‘zi Go‘ro‘g‘liga tushib, mehri ko‘kragiga joy olib, unga suykanib emiza berdi. Ana endi Go‘ro‘g‘li shu baytalni emib, qorni to‘yib-to‘ymasday bo‘lib yura berdi. Baytal har kuni Go‘ro‘g‘lini uch vaqt emizib keta berdi. Buning bilan Go‘ro‘g‘lining kuni o‘ta berdi. Go‘ro‘g‘li uch yasharida go‘rlarning ustida o‘ynab, u yoqdan chiqa, bu yoqdan chiqa, «Os!», «Bos!» deb go‘rlarni tayoq bilan sanchib, o‘ynab yura berdi.


Rustambekning yilqichilari baytalning har kuni go‘rga qarab ketganidan xabardor bo‘lib yurar edilar. Bir kuni yilqibonlar: «Shu baytal har kuni mozorga qarab ketadi. Buni poylamoq kerak. Mozorga borib nima qiladi?» – dedilar. Shuytib o‘ttiz choqli yilqichi baytalning orqasidan poylab go‘ristonga keldilar. Haligilar go‘rning oldiga borib qarasa, bir bola baytalni emib turibdi. Bir-biriga:
– Ko‘rdingmi? Arvoh ham yalang‘och yosh bolaga o‘xshar ekan, arvoh ko‘rgan kasal bo‘ladi, – deb, hammasi birdan, bizlar arvoh ko‘rdik, endi o‘lamiz, deb qo‘rqib, kasal bo‘lib qoldilar. Bularni bu turishda qo‘yib, endi Rustambekdan eshiting:
Rustambek har kuni yilqichilariga non olib kelib berar edi. Bugun ham yilqichilarga non olib keldi. Kelsa, yilqichilaridan bir nechasi yo‘q. Qolganidan:
– Yilqichilar qani? – deb so‘radi. Ular aytdi:
– Ulkan bir biya har kuni mozorga qarab ketar edi. Shu biyadan xabar olamiz deb, mozoristonga borib edi. Go‘ristonga borib, baytalni bir arvohning emganini ko‘ribdi. Shuytib, ularni arvoh uribdi. Mana, shu turgan yilqichi qo‘rqib, qochib keldi. Bu ham qo‘rqib, yuragi yorilguday bo‘lib yotibdi, – dedi. Buni eshitib, Rustambekning yuragi «jiz» etdi. Rustam borib haligi yuragi yorilib ketganday bo‘lib yotgan yilqichilarni gapga soldi:
– Nima ko‘rdinglar? – dedi. Yilqichilar:
– Bizlar yap-yalang‘och bir arvohni ko‘rdik. O‘zi yosh bachchaga o‘xshaydi, – dedi. «Es berganga dast berar, Dast berganga es berar» deganday, Rustambek mozoristonda bir go‘rning oldiga borib aytdi: «Bibi Hilol singlimning qornida bolasi bor edi. Shu tug‘ib, bola shundan bo‘lganmikin? Shu go‘r singlim Bibi Hilolning go‘ri, o‘zim mana bu toshni qo‘yib edim. Shundan Bibi Hilolning go‘rini topdim», –dedi. Oqshom bo‘ldi. Rustambek sahar vaqtida kelib, go‘rni poylab yotdi. Qarasa, Bibi Hilolning go‘ri yop-yorug‘ bo‘lib ketdi. Shunda bir bola Bibi Hilolning go‘ridan chiqdi, juda suluv, quvi o‘n to‘rt kunlik oyga o‘xshaydi. Shunda bir sher mozoristonda yotgan ekan, bolaga qarab tashlandi. Shunda hazrati Xizr kelib sherni bir tarsaki urdi. Sher nimta-nimta bo‘lib, tirqirab ketdi. Rustambek qo‘rqib arosat qilib:
– Shunday sherni bir tarsaki urib o‘ldirib, maydalab yubordi, mening nima jonim bor, – dedi. Uyiga qaytib keldi, kelib o‘ylab aytdi: «Kel-e, bu shaharda musofir bo‘lib o‘lgandan, o‘z jiyanimning qo‘lida o‘lganim yaxshi». Rustambek, kelar oqshomi uch oshiq, bir qizil egar, yana bir-ikkita qo‘g‘irchoq, bir-ikki ro‘mol, uchta bolalar o‘ynaydigan soqqa oldi. «Sinab bilayin, shu bola o‘g‘ilmikin, qizmikin», – deb egar bilan uch oshiqni bir yoqqa qo‘ydi. Ikki qo‘g‘irchoq bilan ro‘molni go‘rning bir yog‘iga qo‘ydi. Poylab yotdi.
Go‘ro‘g‘li go‘rdan chiqib, ro‘mollarga ko‘zi tushib, ro‘mollarni, qo‘g‘irchoqlarni yirtdi. Ro‘moldan har xil-har xil bayroqlar qildi. Go‘rning bu yog‘iga o‘tdi, uch oshiqqa ko‘zi tushdi, qo‘liga olib: «Shu mozordagi o‘liklarning barini keldim, gartkam», – deb oshiqni yerga tashladi. Egarni minib: «Chuv-ha, chuv-ha, ot qo‘y, qaytma, boxabar bo‘linglar», –deb egarni asta-asta qimirlatib, go‘rdan ancha yerga uzoqlab ketdi. Shunda Rustambek joyidan turib, tez chopdi. Go‘ro‘g‘li ham buni ko‘rib, go‘riga qarab chopdi. Rustambek Go‘ro‘g‘lining go‘rga kiradigan yeriga yetib borib, yota ketdi. Go‘ro‘g‘libek go‘rga kirolmay, bir chinqirdi. Rustambekning yuragi yorilib, o‘lib qolay dedi.



Download 276.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling