Tomorqa xo‘jaliklaridan keladigan daromadlarga ta’sir etuvchi omillar va ularni iqtisodiy baholash sh. A. Muratov
-jadval O‘zgaruvchilarning statistik tasnifi
Download 81.78 Kb.
|
Мақола Муратов Самарқанд — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-jadval Tomorqa xo‘jalik faoliyatidan keladigan daromadga ta’sir etuvchi omillarni iqtisodiy baholash
- Daromad Coef. St.Err. t-value
- Xulosa va takliflar.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1-jadval
O‘zgaruvchilarning statistik tasnifi
Multikollinearlikni aniqlashda mustaqil o‘zgaruvchilar uchun VIF (Variance inflation factor) test o‘tkazildi. VIF test - ko‘p regressiv o‘zgaruvchilar to‘plamidagi multikollinerlik miqdorining o‘lchovidir. VIF test natijasiga ko‘ra uning o‘rtacha qiymati 2,595ni tashkil etib o‘zgaruvchilar o‘rtasida multikollinearlik yo‘qligini ko‘rsatmoqda. Bog‘liq o‘zgaruvchi(Y) miqdor ko‘rsatkichdan ifodalanganligi uchun unga mustaqil o‘zgaruvchi (X) qay darajada ta’sirini iqtisodiy baholashda, ya’ni tomorqa xo‘jaligidan olingan daromadga ta’sir etuvchi omillarni tahlil etish uchun Tobit modeldan foydalanildi. Mazkur metoddan foydalanilgan holda tomorqa xo‘jaligidan olingan daromad va unga ta’sir etuvchi omillarni “STATA-16” dasturida olingan tahlil natijalari asosida iqtisodiy baho berildi. Olingan tahlil natijalariga ko‘ra(2-jadval), tomorqa xo‘jaliklaridan olingan daromadning oshishida tomorqa yer egalari yoshi, tomorqa ekin maydoni hajmi, organik va mineral o‘g‘itlar sarfi, ururg‘ va ko‘chatlarga qilingan sarflar, ekin maydonini tayorlash bilan bog‘liq xarajatlar sarfi hamda “Tomorqa xizmati” MChJgacha va mineral o‘g‘it shaxobchasigacha bo‘lgan masofa 1 foiz(p<.01)likda statistik muhim ahamiyatga ega. 2-jadval Tomorqa xo‘jalik faoliyatidan keladigan daromadga ta’sir etuvchi omillarni iqtisodiy baholash
Biroq, tomorqa yer egalari jinsi va oila a’zolari soni statistik muhim ahamiyatga ega emas. Vaholanki, oilada 0-3 yoshgacha bo‘lgan a’zolarning bo‘lishi 5 foiz(p<.05)likda statistik muhim ahamiyatga ega bo‘lib, oilada 0-3 yoshgacha bo‘lgan a’zolarning mavjudligi tomorqa xo‘jaligidan keladigan daromadlarni 59,7 foizga kamaytiradi. Shuningdek, tomorqa yer egasi ma’lumoti va tomorqa yer egalarining ekinlarni sug‘orishda suv ta’minotidan qoniqishi 5 foiz(p<.05)likda statistik muhim ahamiyatga ega. Mazkur olingan natijalarga ko‘ra, tomorqa yer egalari yoshi 1 yoshga oshishi tomorqa xo‘jaliklaridan keladigan daromadlarni 6,3 foizga oshiradi. Tomorqa yer egalari tomonidan organik va mineral o‘g‘itlar sarfini mos ravishda bir birlikka oshishi tomorqa xo‘jaligidan keladigan daromadlarni 0,8:1,7 foizga oshirishi mumkin. Shuningdek, tomorqa yer egalari tomonidan urug‘lik va ko‘chatlar sarfining bir birlikka oshishi tomorqa xo‘jaligidan keladigan daromadni 0,4 foizga, ekin maydonini tayorlash xarajatlar sarfi esa 0,6 foizga oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa va takliflar. Tomorqa xo‘jaliklari faoliyatidan keladigan daromadlarni tahlil etishda dehqonchilik madaniyati nisbatan rivojlangan Samarqand viloyati 4 ta tumanida 170 ta tomorqa xo‘jaliklarida o‘tkazilgan anonim so‘rovnoma ma’lumotlaridan foydalanildi. Tomorqa yer egalari tomonidan olinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlardan keladigan daraomadga ta’sir etuvchi omillarga iqtisodiy baho berishda tobit modelidan foydalanildi. Samarqand viloyati 4 ta tumanida tomorqa xo‘jaliklari faoliyatidan keladigan daromadlarni oshirish imkoniyatlar mavjud. Kelgusida tomorqa yer egalari tomonidan ularning malaka, savodhonlik darajasini oshirishga e’tibor qaratilishi, tomorqa ekin maydonlari tuproq unumdorligini oshirish, serhosil navlardan foydalanish, mineral va organik o‘g‘itlardan foydalanishi tomorqa xo‘jaliklari faoliyatidan keladigan daromadlarni oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslandi. Shuningdek, hukumat tomonidan “Tomorqa xizmati” MChJ va mineral o‘g‘it sotish shaxobchalarini qishloq hududlarida faoliyatini kengaytirish, suv resurslaridan foydalanishda samarali chora-tadbirlar ishlab chiqishni talab etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Julio A. Berdegue, Eduardo Ramirez, Thomas Reardon, German Escobar. Rural nonfarm employment and incomes in Chile. PII: S0305-750X (00)00102-9. World Development Vol.29, No. 3, pp. 411-425, 2001 www.ec.europa.eu/eurostat - Statistics on rural development and agricultural household income. United Nations, The Wye Group Handbook.Second Edition, 2011 https://www.worldbank.org/en/news/press-release/2020 - COVID-19 to Add as Many as 150 Million Extreme Poor by 2021 www.worldbank.org - Growing the rural nonfarm economy to alleviate poverty an evaluation of the contribution of the World Bank Group. 2017 Steven Haggblade, Peter Hazeli, Thomas Reardon. The rural non-farm economy: prospects for growth and poverty reduction. Michigan State University, USA. World Development Vol. 38, No. 10, pp. 1429–1441, 2010 FAO (2014) The state of food insecurity in the world 2014. Strengthening the enabling environment for food security and nutrition. Food and Agriculture Organization of the United Nation, FAO, Rome. https://lex.uz/docs/5351489 - O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida. –Toshkent, 1.04.2021. Daoud J. I. Multicollinearity and regression analysis //Journal of Physics: Conference Series. – IOP Publishing, 2017. – T. 949. – №. 1. – S. 012009. Al‐Malkawi H. A. N. Determinants of corporate dividend policy in Jordan: an application of the Tobit model //Journal of Economic and Administrative Sciences. – 2007. Ike P. C. et al. Determinants of participation in non-farm economic activities in South East Nigeria: a tobit analysis approach //Journal of Biology, Agriculture and Healthcare. – 2015. – T. 5. – №. 2. – S. 102-108. Cai L. A. Analyzing household food expenditure patterns on trips and vacations: a Tobit model //Journal of Hospitality & Tourism Research. – 1998. – T. 22. – №. 4. – S. 338-358. Li G. et al. Regional Differences of Manufacturing Green Development Efficiency Considering Undesirable Outputs in the Yangtze River Economic Belt Based on Super-SBM and WSR System Methodology //Frontiers in Environmental Science. – 2020. – T. 8. – S. 299. Download 81.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling