Toʻplam muallifi haqida ma’lumot
Download 1.57 Mb.
|
NUTQ O\'STIRISH GULOROMGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Birlamchi kuzatuv
- Oraliq kuzatuv
tarbiyachi bola to‘g‘risidagi ma’lumotni ota-onalar va MTMning boshqa xodimlar bilan suhbatlashib olishi mumkin; tarbiyachi bolaning qiziqishi, moyilligi, muloqat va bilish jarayonidagi o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratishi lozim. Tarbiyachi bolaning rivojlanish xaritasini yilida kamida 3 marotaba to‘ldiradi, erishilgan natijalarni (✔) belgisi bilan belgilaydi. Kuzatuv barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha o‘tkaziladi. Ushbu kuzatuv asosida (tarbiyachi) pedagog-psixolog, logoped, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi va boshqalar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini yoritib beradi, ta’lim sohalarini o‘zlashtirishdagi zaif tomonlarini aniqlaydi. Shunga mufoviq ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek, yakka tartibda ishlash rejalashtiriladi va tarbiyachining kundalik ish daftarida aks ettirilgan vazifalar amalga oshiriladi. Shu karta bo‘yicha o‘quv yili oxirida (odatda may oyida) shu xarita asosida yakuniy kuzatuv olib boriladi. Bolaning rivojlanish xaritasini to‘ldirish uchun kuzatuv uch davrni o‘z ichiga oladi: bi rlamchi (o‘quv yili boshida), oraliq va yakuniy. Birlamchi kuzatuv o‘quv yili boshida o‘tkaziladi ( sentabr oyida). Bu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrgacha erishgan yutuqlari belgil anadi. Tarbiyachi ta’lim sohalarini o‘zlashtirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan muammolarga ham e’tibor qarat adi, bolaning qanday sifatlari qo‘llabquvvatlashni talab etishini, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin bolaning ayni davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari xaritasi to‘ldiriladi. Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o‘tkaziladi. Bu monitoringni o‘tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko‘ra, tarbiyachi, bos hqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug‘ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar kiritishi mumkin. O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv o‘tkazadi. Mazkur ku zatuv asosida yil boshida qo‘yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko‘zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi. Kuzatuv o‘tkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim: Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling