Toʻplam muallifi haqida ma’lumot


- tarkibida tutashtiruvchi unsuri bo‘lgan harflar


Download 1.57 Mb.
bet28/40
Sana20.06.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1627466
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
Bog'liq
NUTQ O\'STIRISH GULOROMGA

- tarkibida tutashtiruvchi unsuri bo‘lgan harflar;
- tutashtiruvchi unsuri bo‘lmagan harflar (Bunday harflarga tutashtiruvchi unsur
yozuv jarayonida qo‘shiladi).
Harfni ko‘rish - o‘qishda avval uning yuqori qismiga ko‘z tushadi. Ana shu holni e’tiborga
olib, harflami tutashtirishda imkoniyat bo‘lgan o‘rinlarda ularning yuqori qismidan emas, ostki
qismidan tutashtirishga, harfning yuqori qismida chiziqchalarning imkoniyat bor darajada oz
bo‘lishiga ham e’tibor berish zarur.
O‘qituvchining namunaviy yozuvi – bolalarda to‘g‘ri yozuvni shakllantirishning asosiy
omili hisoblanadi. Yozishga o‘rgatish ko‘pincha taqlid qilish orqali amalgam oshadi.
O‘qituvchining birinchi o‘quv yilida sinf taxtasi yokio‘quvchi daftariga yozganlari asl nusxa
sifatida ko‘riladi, chunki o‘quvchilar undan o‘z daftariga ko‘chirib oladilar. Shuning uchun
o‘qituvchining husnixati to‘g‘ri va chiroyli bo‘lishi lozim. Sinf taxtasiga yozilgan yozuvi esa
o‘quvchining daftaridagi harflarning joylashishiga mos holda bo‘lishi kerak. Amaliyotning
ko‘satishicha, agar o‘qituvchi qatorning oxirigacha yozmasa (to‘ldirmasa), bolalar ham undan
namuna olib qatorning oxirigacha yozishmaydi, qog‘ozni bekorga sarf etishadi va so‘zlarni
keying qatorga to‘g‘ri ko‘chirish yo‘llani o‘rgana olmaydilar, shubhali hollarda qator
oxirigacha ko‘chirmaydigan bo‘lishadi. O‘qituvchi o‘z yozuvini yanada chiroyli va mukammal
bo‘lishi uchun uzluksiz shug‘ullanib borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi shart. Shunday
fikrlar bor, agar muntazam yozib borilsa, yozuv yaxshilanib boradi.Lekin buning aksi ham
bo‘lishi mumkin:inson qanchalik ko‘p yozsa, uning yozuvi shunchalik tushunarsiz bo‘lib borar
ekan.
O‘qituvchi to‘g‘ri husnixatda yozishni o‘rganib olishi lozim.O‘qituvchi faqat nazariy
jihatdangina emas,balki har bir harf uchun yo‘lga qo‘yilgan amaliy proporsional bog‘liqlikni
ham bilishi darkor.
Qiya chiziqlari siyrak bolgan ikki chiziqli daftarga yozdirib borish va mashq qildirish
orqali bolalarni mayda harflar bilan tez yozishga o‘rgatib boriladi. Bunday darftarda mashq
qilish o‘quvchilarga harflarning eni va ular orasidagi masofani ko‘z bilan chamalash, qiyaligiga
rioya qilish imkoniyatini beradi.
Chiroyli husnixat bilan yozishga erishishda yozuv qurolining ahamiyati katta. Hozirda
yozuv quroli sifatida sharikli ruchkadan foydalanish tavsiya etiladi. Sharikli ruchka yozish uchun qulay, ingichka, engil, barmoqlar orasida tutishga mos. Ruchka barmoq orasida tutilganda, ruchka uchi bilan barmoq oralig‘i 1,5-2 smga teng bo‘lishi shat. Aks holda barmoqni ruchka uchidan uzoq ushlash yokijuda yaqin tutish yozuv sifatini buzadi, harflarni xunuk yozishga olib keladi. Sharikli ruchkada maxsus siyoh bilan to‘ldirilgan sterjenning bolishi undagi ancha vaqt foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ruchka sterjeni siyohi faqat binafsha rangda bo‘lishi talab qilinadi.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling