Toʻplam muallifi haqida ma’lumot


Download 1.57 Mb.
bet6/40
Sana20.06.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1627466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
NUTQ O\'STIRISH GULOROMGA

Yakuniy suhbat. Bu suhbat turi bolalarning ko‘rgan-eshitgan narsalari haqidagi bilimlarini aniqlash va uni mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi.
Tarbiyachi bolalarni pomidor ko‘chati ekilgan yerga boshlab borib, ko‘chatni parvarish qilish kerakligi va bu ish nimadan iborat ekanligi haqida suhbat o‘tkazib, parvarish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bajarilgach, oradan bir hafta o‘tgach, „Biz pomidor ko‘chatini qanday ckdik va parvarish qildik" mavzusida yakuniy suhbat o‘tkazadi. Ushbu suhbat jarayonida bolalarga quyidagi savollarni berish mum kin:
Biz o‘tgan haftada qayerga borgan edik?
Dialog vositasida nutqni rivojiantirishda bolalaming aniqmavzu
asosida qurilgan suhbatda qo‘llangan so‘zlaming ma’nolarini, masalan,
transport turlarining farqini anglab olishlari va ana shu so‘zlar qatorini
tuzishlari ham muhim.
- Tramvay, trolleybus, avtobus - transport turlari.
Ular nima bilan yuradi?
- Tramvay, trolleybus elektr to‘ida yuradi.
- Avtobus va boshqa avtomobillar benzin yordamida yuradi.
- Samolyot ham benzin yordamida uchadi.
- Metro elektr to‘i yordamida yuradi.
Tarbiyachi: Buni qanday bilib olding?
Salim: Mening dadam avtobus haydaydilar.
Razzoq: Biz dadam, oyim bilan Mustaqillik bayramida metroga tushib, buvimni ko‘rgani bordik. o ‘shanda uning to‘da yurishini bilib oldim.Tarbiyachi: Juda yaxshi. Biz ham bugun Mustaqillik maydonini tomosha qilamiz. U erga tramvayda boramiz. Qaytishda esa metro yo‘l avtobusga chiqamiz. Ma’qulmi, bolalar? Bunday suhbatlar bolalaming kundalik faoliyatida, sayru sayohatlarda samarali natija berishi shubhasizdir. Buning uchun tarbiyachi ana shu suhbatlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishi, savollar, tushuntirishlar, xulosalami rejalashtirishi talab etiladi. Chunki savollar bolalaming javob
berishini taqozo qiladi, o‘ylashga o‘rgatadi - dialog esa bolalar nutqini to‘g‘ri shakllantiradi. Bunga o‘rgatish uchun o‘yinlar yoki«vaziyatlar» yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Natijada bolalaming o‘zlari ham savollar berishga, izlanishga o‘rganadilar. «Telefon», «Tez yordam» tipidagi o‘yinlar bolalarda katta qiziqish
uyg‘otishini ko‘rsatdi. Tarbiyachi о‘yinchoq-telefonni olib Salimaga murojaat qiladi:
- Salima, buvinglar seni so‘rayaptilar, buvijoning bilan so‘rashgin, hol-ahvolini bilgin.
Salima telefonni olib, «buvisi» bilan so‘zlashadi:
- Assalomu alaykum, buvijon! Yaxshimisiz, sog‘ligingiz qanday?
- Ha, ha, bizlar salomatmiz, oyimlar, dadamlar ham.
- Ha, ha. Ular sizga salom aytishyapti, Dilshod akam ham, Sohiba
opam ham.
- Xo‘p bo‘ladi, ularni xafa qilmaymiz. Dam olish kuni sizni ko‘rgani
boramiz.
- Rahmat, buvijon. Siz ham sog‘ bo‘ling, kasal bo‘lmang. Tarbiyachi: Salima telefonda juda yaxshi so‘zlashdi. Odobi, shirin
so‘zlari, mehribonligi bilan buvisini hursand qildi.
Qani, kim telefonda buvi bo‘ladi, u Salima bilan gaplashadi va
suhbatni toidiradi?
Rahima: Men «buvi» bo‘laman.
Olti yoshli bolalar zukko bo‘ladi. Rahima suhbatni qanday bo‘lsa,
shundayligicha eslab qoladi.
- Sog‘lig‘im yaxshi, qizim, o‘zinglar sog‘-salomatmisizlar? Oying
bilan dadanglar yaxshi yurishibdimi? Ulaming sog‘lig‘i qanday?
- Dilshod akang, Sohiba opangning ham sog‘lig‘i yaxshimi?
- Yaxshi, rahmat. Oying bilan dadanglami xafa qilmanglar, men
sizlarni sog‘indim qachon kelasizlar?
- Rahmat, men sizlarni kutaman. Shirin kulchalar yopib qo‘yaman, oppog‘im.
Bunday o‘yin-mashg‘ulotlar, rolli o‘yin-suhbatlar bolalarda, bir
tomondan, nutqmadaniyatini tarbiyalaydi, ikkinchi tomondan, so‘zzahirasini boyitadi.
Bolalar bilan yoz, kuz, qish, bahor oylarida tarbiyachi sayru sayohatlarda bolalaming javob berishinigina talab qilmasdan, ulami savol berishga ham o‘rgatishi zarur. Chunki savollar izchillikni saqlash, mantiqqa rioya qilish nutqni rivojlantirishga xizmat qiladi. Sayrlarda bolalar bilan birga didaktik o‘yinlar o‘ynash, ulami fikrlashga, tasawurlarini kengaytirishga yoilaydi. Masalan, «Qaysi fasl qanday o‘tadi?» savoliga bolalar:
- Qish sovuq, qor yog‘adi.
- Yoz issiq, quyosh charaqlaydi, jazirama bo‘ladi.
- Kuz salqin, yomg‘ir yog‘adi, Qushlar issiqoikalarga uchib ketadilar.
- Bahor iliq, yomg‘ir yog‘adi, shamol esadi, issiqoikalarga ketgan qaldirg‘och, bulbul, ko‘k qarg‘a kabi qushlar qaytib keladilar. Ariqva suv bo‘ylarida qurbaqalar qurillaydi.
- Kuzda daraxtlaming barglari sarg‘ayadi.
- Bahorda hamma yoqyam-yashil boiadi.
- Yozda ariqlarda cho‘milamiz.
Yokishunday savollar ham berish mumkin:
«Qanday mevalar sariqrangda boiadi?»
- Olma.
- Limon.
- o ‘rik.
- Sariqgilos.
«Yowoyi hayvonlaming nomini ayting».
- Ayiq.
- Sher.
- Bo‘ri.
- Tulki.
- Yoibars.
Tarbiyachi ikkita o‘xshash so‘z aytadi. Bolalar uchinchi o‘xshash so‘zni topadilar. Uchinchisi nima?
- archa, tol, . . . terak;
- lola, binafsha,. . . chuchmoma;
- chumchuq, qarg‘a, . . . kaptar.
Bu o‘yinlar bolalarni hayvonlami bir-biridan ajrata olishga, o‘simliklami farqlashga, tez va aniqso‘zlashga o‘rgatadi. Sayr-sayohatlardagi suhbatlardan maqsad, bir tomondan, bolalarni
tevarak-atrof, o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan tanishtirish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularda mavsumiy o‘zgarishlaming yuz berishi bilan bog‘liqnutqini shakllantirish hamdir.
Sayohatga tayyorgarlik jarayonida bolalarga mavsumiy kiyinish va ayni paytdagi faslga xos xususiyatlar haqida ma’lumot beriladi. Sayohat davomida tarbiyachi bolalarga dov-daraxtlardagi o‘zgarishni kuzatish vazifasini topshiradi. Buning uchun quyidagicha savollar bilan
murojaat qilish mumkin:
- Bahorda va yozda (kuz va qishda) daraxtlaming bargi qanday
rangda edi?
- Hozir daraxtlaming bargi qanday tus olibdi?
- o‘t-o‘lanlaming rangichi?
- Daraxtlardagi mevalar qaysi faslda pishadi?
- Kapalaklar bahordagidan, yozdagidan ko‘pmi, ozmi?
- Kuz fasli nimasi bilan go‘zal?
- Qish fasli-chi?
Bolalar bu savollarga javob berar ekan, olma, xurmo barglarini solishtiradilar. Olma bargi sariq, to‘qsariq, qirmizi rangda rangin tovlanishi, xurmo barglaridan hali yashillik ketmaganligi, o‘t-o‘lanlar ham birin-ketin sarg‘aya boshlaganligini kuzatadilar va olma g‘ozanak qilib, keltirilgan savatlariga, elim xaltalarga solib oladilar. Xurmolar hali terilib olinmagani, ammo to‘qsariqrangda yal-yal
tovlanishi, uni birdaniga daraxtdan uzib, eb bo‘lmasligi, 3-4 kun uyda saqlab, yumshay boshlagandan keyingina eyish mumkinligi, o‘shanda meva totli bo‘lishi tushuntiriladi. Bu sayrda bolalar eb ko‘rganu, ammo daraxtini, unda mevalarning pishishini ko‘rmagan xurmo haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar. Bahor kelsa, bog‘chalari hovlisiga ham xurmo‘o‘chati o‘tqazishga kelishadilar. Sayr oxirida bolalar qizil, sariq, qirmizi barglardan terib, gulchambar yasaydilar. Bunday sayrlar bolalaming dunyoqarashini shakllantirishga, lug‘at boyligini oshirishga, nutqini boyitishga yordam beradi.
— Kuz faslida qushlarning uchib ketishi haqida ham maroqli suhbat oyushtirish mumkin. Suhbatdan maqsad - bolalaming kuzda qushlarning (qaldirg‘och, chug‘urchuqva boshqalar) uchib ketishi, qarg‘alaming uchib kelishi haqidagi tasawurlarini aniqlash va qushlar dunyosini kuzatishga
qiziqtirish bo‘ladi. Suhbatga tayyorlanish jarayonida tarbiyachi quyidagi savollami belgilab olishi mumkin: - Yozda qanday qushlami ko‘rgansiz? Qaysi qushlarning ovozini
eshitgansiz?
- Qushlami tanib, bilib olishda sizga kim yordam bergan?
- Qushlar kuz oxirida nima uchun issiqo‘lkalarga uchib ketadi?
- Qishda nima uchun pashsha, chivin, kapalak va qo‘ng‘izlar
ko‘rinmay qoladi?
- Hovlingizda musicha va maynalar bormi? Ular nega uchib
ketmaydi?
Mazkur savollarga javoblar, albatta, tarbiyachi tomonidan to‘ldirilib, tuzatib boriladi. Bolalar uchun talay yangiliklar ham ma’lum boiib, bu yangiliklami zukkolik bilan o‘zlashtirib olganliklari ulaming nutqlarida ham namoyon bo‘ladi. «Mustaqillik maydoni- tinchlik ramzi» nomli surat asosida hikoya
tuzish. Maqsad: Bolalami surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tasvirdan oldingi voqealami mustaqil o‘ylab tuzishga o‘rgatish, suhbat paytida faol ishtirok etishga undash, suratda aks ettirilgan voqealami izchil bayon qilish, mavzu bo‘yicha berilgan savollarga tushunib, qisqa va to‘liq javob berish, o‘rtoqlarining berayotgan javoblariga e’tibor berish malakasini takomillashtirish. Suhbat davomida bolalar qalbida Milliy Armiyaga nisbatan muhabbat, milliy g‘urur hissini tarbiyalash.
Vazifalar:
• «Mustaqillik bayrami», «Mustaqillik maydoni» mavzularida lug‘atni faollashtirish.
• Voqea-hodisalaming muhim belgilarini ajratishga, solishtirishga va umumlashtirishga, ulami ifodalash uchun aniq so‘zlami tanlashga o‘rgatish.
• Bogianishli nutq—hikoya tuzish ko‘nikmalarmi shakllantirish.
• Nutqning ifodaliligini tarbiyalash.
Kutilayotgan natijalar:
• Surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tasvirdan
oldingi voqealami mustaqil o‘ylab to‘qishga o‘rganadilar.
• Grammatik jihatdan to‘g‘ri so‘zlashga intiladi
• Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok
etishga moijallangan interfaol usullar:
• Aqliyhujum
• Qisqa hikoya
• Savol-javob
Tetiklashtiruvchi mashqlar
Kerakli jihozlar:
«Mustaqillik maydoni- tinchlik ramzi» surati Mashg‘ulotning borishi. Surat ilib qo‘yiladi va mazmuni bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi.
-Bolalar, Vatanimizda har yili 1-sentyabr kuni mustaqillik bayrami boiadi. Bayram kuni o ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalqimizni bayram bilan tabriklaydilar. So‘ng maydonda tomosha boiadi.
Bolalar, bayramingiz muborak boisin! Hozir biz «Mustaqillik maydonitinchlik ramzi» nomli suratni ko‘rib, surat bo‘yicha hikoya tuzishni o‘rganamiz. Suratga diqqat bilan qarang.
• Suratda kimlar tasvirlangan?
• Bolalar qiyofasida qanday holat ifodalangan?
• Bayram tantanasida siz ham ishtirok etdingizmi?
• Bayramda nimalami ko‘rdingiz?
• Mustaqillik maydonida qanday inshoatlami ko‘ryapsiz?
(“Baxtiyor ona” haykali, faworalar, ark, laylaklar)
• Laylaklar qanday ma’noni ifodalaydi?
(Tinchlik ramzini) Jismoniy daqiqa
4 ta joyga doira chiziladi, bitta doiraga bitta faslning belgisi chiziladi, o‘rtada bolalar turadi. Tarbiyachi «Kuz» desa, bolalar kuz belgisi bor doiraga, «Yoz» desa yoz belgisi bor doira ichiga kirib turadilar. О‘yin shu tarzda davom etadi.
Tarbiyachi jismoniy daqiqadan so‘ng: kelinglar, endi surat asosida hikoya tuzamiz.(5-6ta bola hikoyalari tinglanadi) Mashg‘ulot yakunida tarbiyachi bolalar javoblarini umumlashtiradi:
bolalar, biz Vatanimizda har yili 1-sentyabr kuni mustaqillik bayrami bo‘lishi, bayram kuni o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov xalqimizni bayram bilan tabriklashlari, so‘ng maydonda tomoshalar bo‘lishi haqida suhbatlashib oldik. Surat orqali “Mustaqillik maydoni”
haqida tushunchaga ega bo‘ldik. Hammangiz bayramni qanday o‘tkazganingizni gapirib berdingiz. Bayram hammangizga quvonch olib kelganidan men xursandman. Doimo shunday xursand bo‘lib yuring.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
• Mustaqillik bayrami qachon bo‘ladi?
• Mustaqillik maydonida qanday inshoatlar bor ekan?
• Laylaklar qanday ma’noni ifodalaydi?
• Kimning hikoyasi sizga yoqdi?
Yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini tekshirish bo‘yicha tezkor-so‘rov
savollari.
Qanday suhbat turlarini bilasiz?
Har bir suhbat necha qismdabn iborat va har bir qismning pedagogik qimmati nimadan
borat? Suhbat mazmuni va mavzulari haqida ma’lumot bering.
Tarbiyachi suh atga qanday tayyorlanadi va uni o‘tkazishda nimalarga e’tibor beradi?
Suhbatda o‘rgatish va tarbiyalash usullari nimalardan iborat?

MAVZU-19. Bolalarni monologik nutqqa o‘rgatish bo‘yicha ish mazmuni va vazifalari
Reja:
1. Bolalarga monologik nutq haqida tushuncha berish.
2. Bolalarni monologik nutqga o‘rgatish bo‘yicha ish mazmuni va vazifalari
3.Guruhlarda hikoya qilishga o‘rgatish vazifalari va ularning mazmuni.
O‘rta guruhlarda hikoya qilishga o‘rgatish vazifalari va ularning mazmuni ancha murakkablashadi. Ushbu guruh bolalari birinchi yarim yillikda tanish hikoya va ertaklarni mustaqil holda qayta hikoya qilishga, asar qahrainonlarining suhbatini ifodali so‘zlab berishga o‘rgatiladi.Mashg‘ulotlarda birinchi marta o‘qib berilgan kichik ertak va hikoyalarning mazmunini qaytahikoya qilishga, o‘rtoqlari hikoya qilayotganda e'tibor bilan tinglashga, o‘yinchoqlar, turli buyumlar va yil fasllarini tavsiflovchi (avval tarbiyachining savollari, so‘ngra namuna va reja asosida) hikoya tuzishga o‘rgatiladi.Ikkinchi yarim yillikda bolalarga tanish ertak va hikoyalarni tinglashni, ularda ishtirakctuvchi pcrsonajlarning gaplarini, o‘ziga xos xususiyatlarini tushumshni, asar mazmunini hikoyaqilayot-gan o‘rtoqlarining nutqini diqqat bilan eshitishni, asar matnini buzib hikoya qilganjoylarini payqashni o‘rgatish davom ettiriladi.
Katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun „Nutq o‘stirish" bo‘limida bolalarni hikoya
qilib berishga o‘rgatish yuzasidan olib boriladigan ishlar, ularning mazmuni quyidagicha
belgilangan:
Birinchi yarim yillik. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilish malakasini o‘stirish. Adabiy
asarlarni mazmunli, mantiqiy izchillikda, aniq va tasviriy, ifodali hikoya qilishga o‘rgatish. Tarbiyachi qayta hikoya qilishni o‘rgatayotganda bolalar diqqatini, ayniqsa, ertakningboshlanmasi, takrorlanib kelayotgan parchalarga, xulosa qismiga: hikoyalardagiqahramonlarning o‘zaro nutqi kabilarga qaratishi lozim.Bolalar asar voqealarini so‘zlayotganda ovoz ohangining xilma-xil turini (so‘roq, hishayajon, hayratlanish, iltimos) qo‘play bilishlariga erishish. Bolalarga o‘yinchoqlar va buyumlar haqida hikoya tuzishni o‘rgatayotganda o‘yinchoqlarni ta'riflab berishga, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatuvchi bclgilarni (rangi, shakli,qanday o‘ynalishi va boshqalar) aniq so‘zlar orqali ifodalashga o‘rgatish.Ijodiy hikoya qilish. Bolalarni tarbiyachi tomonidan belgi-langan hikoya yokiertakninihoyasiga yetkazishga, qisqa, lo‘nda jumlalar tuzishga, tasviriy vositalardan foydalanishga o‘rgatish.Bolalarning shaxsiy tajribalari va tarbiyachi taklif etgan hayotiy mavzular asosida mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya yokiertak tuzish qobiliyatlarini rivojlantirish: „Quvonchli kun",
„Xafa bo‘l-gan kunim", „Mehmonda", „Bizning oila", „Eng yaqin o‘rto-g‘im", „Dam olish kuni", „Dadamga qarashdim", „Qo‘g‘irchoq teatriga bordim" va boshqalar.Bolalarni tuzayotgan hikoya yokiertaklarida ishtirok etuvchi qahramonlarning ruhiykechinmalarini bilishga o‘rgatish; „Birin-chi qor", „Yaxmalakda", „Yangi yil bayrami" „Qorbobo"; „Men sevgan fasl", „Tashqarida qor, uyimizda bahor", „Xola-xola o‘ynadik", „Kim oladi-yo, shuginani-yo" o‘yini, „Men onamga yordarnchi", „Ukamga mehribonman" va boshqalar. Bolalarga suratlar bo‘yicha hikoya tuzishni o‘rgatayotganda, awalo, ularning nuistaqil fikrlashlariga, suratda tasvirlangan voqealarga o‘z munosabatlarini bildirishlariga imkon yaratish kerak. Shu bilan birga, rasmda aks ettirilgan mavzuli voqeaga qarab ilgari nirna bo‘lgani va keyin nima bo‘Hshi kerakligi haqida fikr yuritishga undash. Tabiat manzaralari aks ettirilgan suratga qarab, undagi go‘zallikni, nafislikni ifodalay oladigan tasviriy so‘zlar, o‘xshatish va sifatlashlar
ishtirokida gap tuzishga o‘rgatib borish. Bolalarning birgalikdagi hayot tajribalaridan olingan voqealar; ekskursiya, sayr, mehnat jarayoni, jonli va ravon hikoya qilib berish malakasini tarbiyalash. Hikoya qilayotganda tevarak atrof-dagi buyum, voqca-hodisalarning nomini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini, xattiharakatlarini to‘g‘ri ifodalashga, voqea-larning vaqti va joyini ko‘rsatishga o‘rgatish.Topishmoqlar o‘ylab topishga undash.Ikkinchi yarim yillik. Bolalarni badiiy asarlarni qayta hikoya qilishga o‘rgatishni davom ettirish.Bolalarni manzarali suratlar bo‘yicha maxsus hikoyalar to‘qishga o‘rgatish, ularni surat mazmunini tushunishga, surat-dagi manzarani tevarak-atrofdagi manzaralar bilan taqqoslashga, o‘z hikoyalarida tasviriy so‘z va iboralardan foydalanishgao‘rgatishni davom ettirish. Bolalar mustaqil hikoya tuzayotganlarida og‘zaki nutq shakllaridanfoydalanishlariga crishish.Ijodiy hikoya qilish: tarbiyachi tomonidan taklif etilgan mavzu bo‘yicha voqeani izchil davom ettirib, tugal mazmunli hikoya tuzish ko‘nikmalarini mustahkamlash, voqca sodir bo‘lgan joy, vaqt, tabiat manzarasini qisqacha tasvirlash, qahramonlarning ruhiy kechinmalarini ko‘rsatishlariga ahamiyat berish: „Gul bayrami", „Navro‘z", „Onamlarning bayrami", „Bahor keldi", „Men qushlarga don berdim", „Men onamga yordarnchi", „Tomorqada", „Meningn mushugim", „Metroda", „Avtobusda", „Trolleybusda", „Ko‘chada", „Bozorda", „Do‘konda", „Arqon o‘ynadik", „Quvlashmachoq", „Bekinmachoq", „Mehmon-mehrnon" mavzularida hikoya o‘ylab topishga undash.Mustaqil tuzgan hikoyalaridagi personajlarga qisqacha ta'rif berishlariga, ularning xattiharakatlarini baholashlariga ham diqqatni qaratish va o‘rgatib borish. Mustaqil tanlangan mavzu bo‘yicha hikoya tuzishda voqealarning izchilligiga, tugal mantiqqa ega bo‘lishiga, tasviriy ifoda vositalaridan o‘rinli foydalanishlariga ahamiyat berish. Monolog nutqini o‘stirishning yuqoridagi dastur vazifalari va mazmuniga ko‘ra bog‘chaning o‘rta guruhidagi bolalar hikoya qilib berishning quyidagi turlarini egaliashlari lozim:
1. Tanish ertak va hikoyalarni qayta hikoya qilib berish.
2. Mashg‘ulotlarda birinchi marta o‘qib berilgan hikoya va aytib berilgan qisqa ertaklarni qayta hikoya qilib berish.
3. Ko‘rib turgan narsa-buyumlar: o‘yinchoqlar, o‘simliklar,kiyimlar, idish-tovoqlar, mebellar va hokazolar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish.
4. Voqeaviy-sujetli rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish.
5.Bolalar o‘z tajribalari asosida xotiradan hikoya qilib berishlari.
Katta guruh dasturida hikoya qilishning quyidagi turlari bayon etilgan:
1.Badiiy asarlarni qayta hikoya qiiib berish.
2.Narsa-buyumlar: o‘yinchoqlar, o‘simliklar, kiyimkechaklar, idish-tovoqlar, mebellar va
hokazolar haqida hikoyalar,ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatuvchi belgilarni tuzish.
3. Rasmlar bo‘yicha tasviriy va voqeaviy hikoya tuzish.
4. Xotiradan o‘z shaxsiy tajribasida kuzatgan voqca va hodisalarni,narsalarni, bog‘chada va uyda nimalar qilganini, guruhda va uyda bolib o‘tgan eng qiziqarli voqealar haqida hikoya qilib berish.
5. Ta'limiy o‘yinlar asosida tasviriy hikoya tuzish: ,,Qo‘g‘irchoq, o‘yinchoqni top", „Qo‘g‘irchoq, menda qanaqa gul bor", „Qo‘g‘irchoq, top-clii, yonimda kim o‘tiribdi?", ,,Qo‘irchoq, qo‘limdagi suratlar qaysi ertakdan olinganini topchi?" va boshqalar.
6. Ijodiy hikoya qilishga, tarbiyachi tomonidan boshlangan ertak va hikoyani oxiriga yetkazish, tarbiyachi taklif etgan mavzu va reja asosida ertak yokihikoya to‘qish, berilgan 3 — 4 so‘z yordamida ertak yokihikoya to‘qishga o‘rgatish.
Maktabgacha tayyorlov dasturida ham hikoya qilib berishning xuddi katta guruhdagi kabi
turlari ko‘rsatilgan.
Yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini tekshirish bo‘yicha tezkor-so‘rov savollari.
1.Monologik nutq qanday mazmunga ega?
2.Bolalarni monologik nutqqa o‘rgatish bo‘yicha ish mazmuni nimalardan iborat?
3.Bolalarni monologik nutqqa o‘rgatish vazifalari qaysilar, sanab bering?


MAVZU 20. Hikoya qilib berish turlari va metodlari.
Reja:
1. Hikoya qilishga o‘rgatish mashg‘ulot turlari.
2. Bolalarni hikoya qilib berishga o‘rgatishda foydalaniladigan usullar haqida tushuncha
berish
3. Bolalarni hikoya qilishga o‘rgatishda maxsus usullari.
Bolalarni hikoya qilishga o‘rgatishda maxsus usullardan foydalaniladi. Ulardan
asosiylarini aytib o‘tamiz:
1. Hikoya namunasini berish usuli. Bunda qandaydir buyumni predmetni) yokivoqeani
jonli va qisqa tasvirlanadi. Bu usui birmuncha yengil usul bo‘lib, tarbiyachi bolalarga narsabuyum, rasm, voqea haqida tayyor hikoya aytib beradi, bolalar hikoyani tinglab, o‘z hikoyalari uchun mazmun tanlaydilar. Uning hajmini, izchiiligini belgilab oladilar. Shuning uchun bu usul bolalarni hikoya qilib berishga o‘rgatishga yordam beruvchi ta'limiy usul bo‘lib hisoblanadi. Namuna bolalarning taqlid qilishiga mos bo‘lishi, ya'ni hajmi kichik, fikrlar izchil bayon qilinishi, jumlalar qisqa va grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilishi lozim. Masalan, tarbiyachi o‘yinchoqni tasvirlashga o‘rgatishda o‘zi bitta o‘yinchoqni olib, u haqda shunday tasviriy hikoya tuzadi;
— Mana bu ayiqcha. U jigarrang, yumshoq baxmaldari yasalgan. Uning bosh qismida ikkita kichkina quloqlari, ikkita qop-qora, dum-dumaloq ko‘zlari, tumshug‘i bor. Tumshug‘ida esa burni bor. Tanasida 4 ta oyog‘i bor. Ayiqcha o‘yinchog‘i bizga o‘ynash uchun kerak. Bolalar namuna hikoyadan yaxshi foydalanishlari uchun uning matni qisqa gapiardan iborat bo‘lishi va izchil bayon qilinishi kerak. Hikoya namunasi boshqa usullarga nisbatan hikoya qilishga o‘rgatish jarayonini yengillashtiradi, bolalar erishishi kerak boigan natija ko‘rsatib beriladi. Bundan tashqari, namuna bolalarning hikoya qilishlari lozim bo‘lgan mavzularning taxminiy mazmunini. ularning hajmini, ketmakelligini belgilaydi. Tarbiyachining namuna hikoyasidan bolalarni hikoya qilib berishga o‘rgatishning dastlabki bosqichlaridan, shuningdek, yangi vazifa qo‘yilganda yokihikoya qilib bera olmaydigan bolalarga yordam berishda foydalaniladi. Tarbiyachining namuna hikoyasini yomon hikoya qiladigan I — 2 bola takrorlashi mumkin. Namuna hikoya usulidan mashg‘ulotning boshida foydalanish kerak. Undan mashg‘ulot oxirida foydalanish csa hech qanday ijobiy natija bermaydi, chunki bolalar namuna hikoyagataqlid qila olmaydilar, o‘z nutqlarida undan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling