Toʻplam muallifi haqida ma’lumot


Turli yosh guruhlarida o‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish


Download 1.57 Mb.
bet14/40
Sana20.06.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1627466
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
Bog'liq
NUTQ O\'STIRISH GULOROMGA

Turli yosh guruhlarida o‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish.
Kichik guruh. Ushbu guruhda o‘yinchoqlarni tasvirlash bo‘yicha mashg‘ulotlar emotsional shaklda, odatdagi oddiy ta'limiy o‘yin ko‘rinishida („Ajoyib xaltacha", „Bu kim?", „Sen nimani topding?") olib boriladi.
O‘yinchoqlarni tasvirlash bo‘yicha mashg‘ulotlar ularni ko‘rib chiqishdan boshlanadi. Tarbiyachi bolalar diqqatini o‘yin-choqlarning tashqi ko‘rinishidagi xarakterli xususiyatlarga qaratadi (rangi, shakli, materiali), ularning belgilarini bildiruvchi so‘z-larning to‘g‘ri aytilishini nazorat qiladi. Tasvirlash tarbiyachining savollari yordamida olib boriladi. Kichkintoylaiga tugallangan hikoya berilmay, balki alohida jumlalar aytiladi, shuning uchun savollar yordamida
uzuq so‘zlar, jumlalar, luqma tashlashlar birlashtiriladi. Tarbiyachi bolalarning javoblaridan keyin ularni umumiashtiradi, o‘yinchoqlar haqidagi namuna-hikoyani taklif etadi. Masalan, kuchukcha o‘yinchog‘ini olib (tarbiyachining stoli ustida ikki xil rangdagi kuchukcha, biri katta, oq baxmaldan qilingan, qulog‘i pastga tushgan; ikkinchisi, kichkina, qora rangda, quloqlari tik)
1. O‘yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishni o‘rgatish.
2.O‘yinchoqlarni tanlash, turli yosh guruhlarda bolalarni o‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish mashg‘ulotlarining uslubiyoti.
3.Savollar berish, namuna va baholash usulining o‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatishdagi roli.
shunday dcydi: „Men hozir bu o‘yinchoq kuchukcha haqida gapirib beraman. Sizlar esa diqqat bilan tinglab o‘tiringlar, keyin sizlar ham kuchukcha haqida xuddi mcndck gapirib berasizlar: Bu o‘yinchoq — kuchukcha. U katta, rangi oppoq, baxmaldan yasalgan. Kuchukchaning boshida ikkita uzun quloqlari bor. Uning bitta quiog‘i tik, yuqoriga qaragan, ikkinchi qulog‘i esa pastga osilib tushgan. Kuchukchaning bo‘ynida yashil rangli Ientasi bor. Uning uzun dumi, oldingi va orqa oyoqlari ham bor. U „vov-vov" deb vovullaydi. Bu o‘yinchoqni biz juda sevib o‘ynaymiz, o‘zimiz bilan sayrga olib boramiz. O‘ynab bo‘lgach, uni o‘yinchoqlar burchagiga qo‘yib qo‘yamiz", Bolalar, епш kuchukcha haqida sizlar gapirib berasizlar. Men kimni chaqirsam, shu bola o‘yinchoqni olib, uning nomini, rangini, qanday materialdan yasalganligini, uning nimalari borligini aytib beradi. Bolalar shu tariqa sekin-astalik bilan namuna-hikoya asosidi tasviriy hikoya tuza boshlaydilar. O‘rta guruhda bolalar sekin-astalik bilan mustaqil ravishda o‘yinchoqlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuza boshlaydilar. O‘rgatishning cng natijali usullaridan biri bu liar doimgi mashg‘ulotda namuna-hikoyadan foydalanishdir. Namuna hikoyani mashg‘ulotning qaysi qismida (mashg‘ulotning boshida, oxirida) berishni bolalarning hikoya qilib bera olish darajasi bclgilaydi. Ushbu guruh bolalari yilning ikkinchi yarmidan boshlab tarbiyachining rejasi asosida hikoya
tuza boshlaydilar Dastlab uncha katta bo‘hnagan reja asosidagi ikki-uchta savo o‘yinchoqlarning nomini, ularning asosiy sifatlarini va u bilan qilinadigan harakatlarni birlashtiruvchi uncha katta bo‘lmagan hikoya tuzishni nazarda tutadi. („O‘yinchoqning nomi, rangi, hajmi, u bilan qanday o‘ynash rnumkinligini gapirib beringTJ Sekin-astalik bilan rcjani murakkablashtirish, ya'nisavollarni har xil berish mumkin . (Bu o‘yinchoq qanday materialdan qilingan? U senga
yoqadimi?) O‘yinchoqlar bilan o‘tkaziladigan ta'lirniy o‘yinlardan keng foydalaniladi: „O‘yinchoqlar do‘koni" , „Pochtachi sovg‘a olib keldi". Bunday mashg‘ulotlarni cmotsional tarzda o‘tkazish bog‘Ianishli nutqqa o‘rgatish uchun qulay sharoit yaratadi. Ayniqsa, o‘yinchoqlar haqidagi topishmoqlardan foydalanib o‘tkaziladigan mashg‘ulot juda qiziqarli o‘tadi. Bolalar tasviriy hikoya tuzishga yaxshi o‘rganib olganlaridan so‘ng, o‘yinchoqlar to‘plami bo‘yicha voqeaband hikoyalar tuzishni taklif etish mumkin. Bu mashg‘ulot uchun o‘yin-choqlarni
shunday tanlash kerakki, oddiy voqea chizig‘ini belgilash qiyin bo‘lmasin (qizcha, qo‘ziqorin, savatcha, arena, tipratikan). Tarbiyachining savoliari bolalarga hikoya voqealarini izchil yoritishga yordarn beradi. Chunonchi: „O‘rmonda qizcha bilan qanday voqca sodir bo‘lishi mumkin? Qizcha o‘rmonda nimani uchratib qolishi mumkin? Nimani topib olishi mumkin? U o‘rmondan savatchasida nima olib keldi?" Hikoya tuzishda tarbiyachining hikoya-namunasidan ham foydalaniladi. Bolalar bu hikoya namunasining aynan o‘zini takrorlaydilar, shuning uchun
namunani har bir mashg‘ulotda berish maqsadga muvofiqdir. Namuna bolalarni voqeaviy hikoya tuzishga o‘rgatib qolmasdan, balki nutqiy qurilmalarni
ham berishi kerak. Shuning uchun hikoyaga ko‘chirma gapni, tasvirii (obrazli) ifodalarni, uncha katta bo‘lmagan tasvirlashlarni kiritish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, tarbiyachining namuna-hikoyasi: „Gavhar ismli qizcha yozda qishloqdagi
buvisinikiga dam olgani bordi. Kunlardan bir kuni u savatchasini olib o‘rmonga sayr qilgani chiqdi. Qarasa, yo‘lning chekkasida tipratikan yugurib ketyapti. Gavhar uni ushlab, savatchasiga solib, uyiga olib ketmoqchi bo‘ldi, biroq bu fikridan tez qaytdi. „Mayli, tipratikan o‘rmonda yashay qolsin, bu yerda unga juda ham yaxshi" deb o‘yladi-da, gullar, qo‘ziqorinlar tera boshladi".
O‘yinchoqlar to‘plami bo‘yicha voqeaband hikoya tuzish mashg‘uloti ikki qismdan iborat bo‘ladi: 1) o‘yinchoqlarni ko‘rib chiqish; 2) o‘yinchoqlar bo‘yicha hikoya tuzish. Birinchi qismning maqsadi — bolalarni o‘yinchoqlar bilan tanishtirish, har biriga qisqacha ta'rif berish. Bu qism vazifa berish, hikoyaning qisqacha rejasi yokinamuna-hikoya tuzish bilan tugallanadi. (Bu o‘yinchoqlar haqida hikoya tuzishga o‘rganamiz.) Katta guruhda o‘yinchoqlar bo‘yicha bog‘langan hikoya tuzishning xilina-xil mashg‘ulot turlaridan foydalaniladi, chunonchi: 1) o‘yinchoqlarni tasvirlash; 2) o‘yinchoqlar to‘plami bo‘yicha voqeaband hikoya tuzish; 3) bitta o‘yinchoq bo‘yicha voqeaband hikoya tuzish. Mashg‘ulot ikkinchi yarim yillikdan boshlab tashkil etiladi. Mashg‘ulot muvaffaqiyatli o‘tishi uchun uni jihozlashni va tashkil etishni oldindan o‘ylab qo‘yish kerak. Guruhda bolalar diqqatini chalg‘itmaslik uchun o‘yinchoqlarni yashirin holda (qutichada, sandiqchada va hokazo) olib kirgan ma'qul. Dastlab mashg‘uiotga 6 — 8 yirik o‘yinchoq olib
kiriladi. Mashg‘ulotni boshlashda tarbiyachi bolalarga o‘yinchoqlarni ko‘rib chiqqanliklarini, ular har xil rangda va bar xii materialdan yasalgan bo‘lisliini bilishlarini eslatib o‘tadi. Yana ularga o‘yinchoq olib kelganligini ma'lum qiladi. Tarbiyachi bolalarga bugungi mashg‘uiotda o‘yinchoqlarni ko‘zdan kcchiribgina qolmasdan, balki ular baqida hikoya tuzishlarini ma'lum qiladi. Bolalarga shunday deydi: „Awal o‘yinchoqni diqqat bilan ko‘zdan kechirish kerak, so‘ngra
u nima deb aytilishini, qanday rangda ekanligini, nimadan yasalganini gapirib berish kerak". Tarbiyachi dastlabki mashg‘uiotda hikoyaning namunasi yokirejasini (Bu qanday buyum? Uning qanday qismlari bor? Ular nima uchun kerak? Bu buyumdan qanday foydalanishni tushuntir va ko‘rsat) beradi. Ushbu guruhda mustaqillikka va ijodiylikka undovchi masbg‘ulotlardan keng foydalaniladii „O‘yinchoqlar bo‘yicha topishmoqlar aytish o‘ynaymiz". (Stol ustiga echki, it,
xo‘roz, ot, toshbaqa, mushuk, qo‘y o‘yin-choqlari qo‘yiladi. Ularga oid topishmoqlar oldindan tanlab qo‘yiladi: „Boshida tayog‘i bor, sakkizta tuyog‘i bor", „Emaklagan toshni ko‘rdik, toshdan chiqqan boshni ko‘rdik", „To‘rtdir uning oyog‘i, Temir mixli tuyog‘i, manzilga yetishtirar, tosbdan qattiq tuyog‘i", „Kctavcradi, ketaveradi, savatday yerni egal-laydi", „Erta turadi, jar chaqiradi", „Kichkina qumg‘on, o‘tirib ko‘zini yumgan", Tarbiyachi bitta o‘yinchoq bo‘yicha
topisbmoqni aytadi, bolalar topadilar. So‘ngra bolalarning o‘ziga topishmoqlar aytish taklif etiladi) „Cevimli o‘yinchoqlarimiz baqida gapiramiz". O‘yinchoqlarni ta'riflashda bolalar nutqiga katta talablar qo‘yiladi. Bolalarga berilgan „Qanday o‘yinchoq?" degan savolga o‘yinchoqning har bir qismini diqqat bilan ko‘rib chiqib uni tasvirlashni (shaklini, uzunligini, rangini, nimadan qilinganligini va hokazolarni) talab etadi. Bolalar uni darrov to‘liq tasvirlab bera olmaydilar.
Tarbiyachi bolalarga bikoyani to‘idirishni taklif etadi yokio‘zi hikoya namunasini beradi. Bolalar o‘yinchoqlar to1 plami icbidan o‘zlari istagas o‘yinchoqni tanlab, ular bo‘yicha qiziqarh hikoyalar o‘ylab topishadi, biroq ba'zan mazmundan chetga chiqib ketish hollari bam bo‘ladi. Bunday hollarda tarbiyachi o‘zining savollari, esga tushirishi, aniqlik kiritisbi, to‘Idirishi bilan mantiqli, tasvirli hikoya tuzishga yordarn beradi. Katta va maktabga tayyorlov guruhida o‘yinchoqlar yordamida inssenirovka ko‘rinisbidan iborat bo‘lgan hikoya tuzishga ham o‘rgatib boriladi. Tarbiyachi bunday hikoyaning namunasini beradi. Masalan, qizcha va kuchukcha to‘g‘risida hikoya: „Bir qizcha yashar edi va uning oppoqqina, yaxshigina kuchukchasi bor edi. Qizcha uni boqar, sayrga olib chiqar edi. U kuchukchasining bo‘yniga qizil tasma bog‘lab qo‘ygan edi. Kunlardan bir kun qizcha maktabga
o‘qishga ketdi. Uyga kimdir keldi-yu, eshikni ochiq qoldirdi, kuchukcha esa ko‘ebaga yugurib cbiqdi. Qizcha maktabdan kelsa, kuchukcha yo‘q. Qidirib topa olmadi. U ko‘ebaga yugurib chiqdi. Qarasa, qo‘shni uyning darvozasi oldida o‘tiribdi. U juda kir bo‘lib, titrab yig‘lar edi. Qizcha uni ko‘rdi-da, uyga olib keldi". Hikoya o‘yinchoqlarni harakatlantirish bilan aytiiadi. Bog‘lanishli nutqni jonli va ravshan bo‘lishi uchun o‘yinchoqlar bilan tashkil etiiadigan spektakllar katta ahamiyatga ega. Bu spektakliarni katta guruh bolalari kichkintoylarga qo‘yib
berishadi. Spektakl boshlanishidan awal tarbiyachi guruh bolalari bilan kichkinagina suhbat o‘tkazadi, bolalarga o‘yinchoqlar uchun „voqealar" o‘ylab topishni va uni o‘rtoqlariga gapirib berishni taklif etadi. Mavzular hayotiy yokixayoliy bo‘lishi mumkin. Masalan, „Hayvonot bog‘ida ayiq hayotida qanday voqea sodir bo‘ladi?", „Tulkining tug‘ilgan kuni", „O‘yinchoqlar do‘koni", „Yangi yil kechasi" va boshqalar. Tabiiy huyumlarni tasvirlash. Bu mashg‘ulot katta ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega, bunday mashg‘ulotlarda bolalarning kundalik hayotlarida ishlatiladigan, atrofini o‘rab turgan, ro‘zg‘orda ishlatiladigan buyumlar tasvirlanadi. Shuningdek, tabiat obyektlari (mevalar, uy o‘simliklari, barglar), xo‘jalik buyumlari, tanish mehnat qurollari va hokazolar bo‘lishi mumkin. Bolalar
hikoya tuzar ekan, ularning buyumlar (shakli, nimadan qilinganligi, uning vazifasi) to‘g‘risidagi bilimlari yanada mustahkamlanadi. Buyumlarni tasvirlash bilan bir vaqtda ularning kuzatuvchanligi, tahlil qila olisb malakasi, taqqoslash qobiliyati rivojlanadi. Bu mashg‘ulot turida buyumlar yig‘indisidan (25 — 30 dona, vazifasi, turkumi va hokazolari bir xil bo‘lgan) foydalangan ma'qul. Masalan, katta guruhda quyidagi buyumlardan foydalanish mumkin: turli xildagi sovundonlar, tish cho‘tkalari, g‘iloflar, taroqlar, oynalar va hokazo; idishtovoqlar va oshxona buyumlari (o‘qlov, kapgir, chovli, tuzdon va hokazo); likuv buyumlari (ip g‘altaklari, tugrnachalar, qaychilar, igna qadagichlar va boshqalar); maktab (o‘quv) anjomlari (qalamlar, o‘chirg‘ichlar. chizg‘ichlar, ruchkalar). Bolalarning hikoyasini buyumlarning turkumlanishi asosida, vazifasiga qarab (Yana kirnda g‘iloflar bor?), materiali bo‘yicha (Yashil rangdagi buyumlarni eslay-sizmi?) navbatlashtirish mumkin. Mashg‘ulotda topishmoqlardan ham foydalanish mumkin: Hatnmaga to‘n tikadi, o‘zi yalang‘och (Igna); Tap-tap etadi, tagidan karvon o‘tadi. (Elak); Borishda qorni och, qo‘shiq aytar, kelishda qorni to‘q yig‘Iab qaytar (CheUik). Bolalarning taqqoslovchi hikoyalaridan ham
foydalanish mumkin. Masalan, ikkita ignadonni tasvirlash: „Mening ignadonim plastmassadan yasalgan, uniki csa — yog‘ochdan. Mening ignadonimning yuqorisida angishvonasi bor, unikida esa yo‘q. Mening ignadonimning uchi o‘tkir, xuddi raketaga o‘xshaydi, uning ignadoni esa xuddi hushtakka o‘xshaydi". Bunday rriashg‘ulotlar natijasida bolalar o‘zlari mustaqil ravishda buyumlar to‘g‘risida, uning eng muhim belgilarini ajratgan hoida topishmoqlar o‘ylab topishga
o‘rganadilar.


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling