Toʻplam muallifi haqida ma’lumot


Download 1.57 Mb.
bet22/40
Sana20.06.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1627466
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
Bog'liq
NUTQ O\'STIRISH GULOROMGA

Nazorat savollari.
1.Kichik guruhlarda soya teatrlari orqali badiiy asarlarni sahnalashtirish uchun tarbiyachidan nimalar talab etiladi?
2.Qo‘g‘irchoq teatrlarini bolalar bog‘chasida qanday tashkil etish mumkin?
3.Badiiy asarlarni namoyish etish usullari qaysilar?


MAVZU№ 31 Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda axborot texnologiyasidan
foydalanish
Reja:
1.MTT va oiladagi bolalarga AKTdan foydalanish, teleko`rsatuvlarini ko`rsatish va
eshittirish.
2.Bola yoshiga mos o`rgatuvchi kompyuter o`yin va dasturlarini tanlash.
3.Badiiy asarlar asosida taqdimot namoyishi.
Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalari, shu jumladan maktabgacha ta’lim
tashkilotlari zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari bilan
jihozlanmoqda. Bu esa, tarbiyachi- pedagoglaming o‘z mehnati faoliyatiga yangicha
yondashuvini, mashg‘ulot o‘tish jarayonida tarbiyalanuvchilarning bilim, malaka va
ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ulami tushunarli va qiziqarli shaklda tashkil
etishda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali
foydalanishlari zaruriyati paydo bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonida yangi
kompyuter va axborot-kommunikatsion texnologiyalar vositalarining joriy etilishi,
pedagog-tarbiyachilaming axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish malaka va
ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularning mashg‘ulotni tashkil etish
jarayonidagi maqsadi, vazifalari va tutgan o‘rnini o‘zgartiradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga ta’lim berishda axborot
texnologiyalaridan foydalanish murakkab masala hisoblanib, ko‘plab bahsmunozaralarga sabab bo‘lmoqda. Lekin shunga qaramay, maktabgacha yoshdagi
bolalami tarbiyalash va ularning har tomonlama yetuk inson bo‘lib rivojlanishida
kompyuter texnologiyalari vositalaridan foydalanish o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning badiiy-musiqiy
faoliyatini, matnlarni o‘qish, rasmlarni ko‘rish va ajrata bilish tasavvurlarini kengaytirish
kompyuterli o‘yin dasturlari orqali fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilish bo‘yicha
bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda axborot texnologiyalaridan keng
foydalanilmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kompyuterli o‘yin dasturlaridan
foydalanish tarbiyalanuvchilarda bir qator ijobiy sifatlaming shakllanishi va
mustahkamlanishiga imkoniyat yaratadi:
- o‘z qobiliyati va iqtidorini namoyish qilish imkonini beradi;
- mustaqil harakat qilishga zamin yaratadi;
- muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi;
- insonlar bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi;
- o‘z-o‘zini nazorat qilishni shakllantiradi;
- tarbiyalanuvchilarda obrazli tasawur va obrazli fikrlash rivojlanadi;
- nutq, kreativ fikrlash va kognitiv qobiliyatlar rivojlanadi.
Kompyuterli o‘yin dasturlaridan tashqari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun
kompyuterli nashrlar, shu jumladan ijodiy ishlanmalar, hayoliy sayohatlar va boshqa
elektron axborot resurslari yaratilmoqdaki, ulardan foydalanish bugungi kunda o‘z
samarasini ko‘rsatmoqda.
Nazorat savollari.
1.MTTlarda radio eshittirishlarni tashkil etishda tarbiyachining roli nimalardan iborat?
2.Ovozli diafilmlar orqali badiiy asarlarni namoyish etish qanday usullarda olib boriladi?
3. Bola yoshiga mos o`rgatuvchi kompyuter o`yin va dasturlariga misollar keltiring.



Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling