Toʻplam muallifi haqida ma’lumot


Download 1.57 Mb.
bet12/40
Sana20.06.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1627466
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Bog'liq
NUTQ O\'STIRISH GULOROMGA

MAVZU-№ 22 Bolalarni rasmga qarab hikoya qilishga o`rgatish.
Reja:
1.Bolalarni rasmlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish.
2. Rasmlarning turlari va serialari, rasmlar tanlashga qo‘yilgan talablar.
3. Turli yosh guruhlarda rasmga qarab hikoya tuzishga o‘rgatishning vazifalari va uslubiyoti
Rasmga qarab hikoya qilish illustratsiyali materiallar tarkibiga kiradi. Tarbiyachi rasmlar yordamida bolalarning tevarak-atrof to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytiradi, tafakkurlarini rivojlantiradi, xotirani mustahkiimlaydi va nutqni boyitadi. Shuningdek, ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan narsa va hodisalar bilan tanishtiradi, ular to‘g‘risidagi bilimlarini aniqlaydi va lo‘ldiradi, yuqori axloqiy sifatlarni (mehnatga qiziqish, ona tabiatga nuihabbat, o‘z o‘rtoqlariga sadoqat va hokazolar) shakllantirishga yordam beradi. Bolalarni hikoya qilishga o‘rgatish uchun narsabuyumlarni tasvirlovchi prcdmetli rasmlardan, SLijetli rasmlardan, repro-duksiyalardan, peyzaj va natLirmoit, etud rasmlardan foydalaniladi. M. M. Konina-bolalarni rasmlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatishning quyidagi mashg‘ulot turlarini ajratib ko‘rsatadi: I) narsa-buyumlarni tasvirlovchi rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish; 2) voqeaband rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish; 3) voqeaband rasmlar asosida mazmunli hikoya tuzish; 4) vo-qealar ketma-ket keladigan rasmlar to‘plami asosida hikoya tuzish; 5) peyzajli (manzarali), naturmort rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish. Tarbiyachi hikoya qilish uchun rasm tanlashda quyidagi talablarga amal qilishi kerak: a) voqealar oddiy bo‘lishi, bolaning yoshiga qarab voqeaning murakkablashib borish tamoyiliga amal qilishi; b) mazmuni jihatidan bolalarning yoshiga va nutqining rivojlanish darajasiga mos
bo‘lishi; d) bolaning xayolini, tafakkurini, cstetik his-tuyg‘ularini, kuzatuvchanligini, nutqini rivojlantirishga yordam berishi; c) rasmda tasvirlangan narsa-buyumning ko‘rinishi yokivoqeaning biror-bir qismida haqiqatni buzib tasvirlash hollari bo‘lmasligi. Turli yosh guruhlarida rasmga qarab hikoya tuzishga o‘rsatish uslubiyoti
Kichik guruh. Bu guruhda rasmga qarab hikoya qilishga o‘rgatishga tayyorgarlik bosqichi amalga oshiriladi. Bu guruh bolalari hali o‘z fikrlarini bir-biriga bog‘lab bayon eta olmaydilar. Ularning nutqi dialog ko‘rinishiga ega boiadi. Bu yoshdagi bolalar rasmdngi narsa-buyumiarning nomini, ularning ayrim sifatlarini va harakatlarini aytib berish bilangina kifoyalanadilar, bu bolalarda idrokning yaxshi rivojlanmaganligi, so‘z to‘plarhining kamligi, gaplarni to‘g‘ri tuza olish malakasining shakllanmaganligi bilan bog‘liqdir. Rasm bo‘yicha ishlashda tarbiyachining asosiy vazifasi quyidagilar: I) rasmni ko‘rib chiqishga, undagi eng muhim narsani seza olishga o‘rgatish; 2) rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarning nomlarini aytishdan sckin-astalik bilan
bog‘langan nutq ustida {savollarga javob berish va uncha katta bo‘lmagan hikoyalar tiizish) mashq qilishga o‘tish. Bolalami rasmlar bilan tanislitirish mashg‘nloti turli xilda olib borilishi mumkin. Mashg‘ulot asosan ikki qismdan iborat ixVladi:
1. Savollar yordamida rasmni ko‘rib chiqish.
2. Tarbiyachining namuna-hikoyasi bilan yakunlash.
Mashg‘ulot uncha katta bo‘lmagan kirish suhbati bilan
boshlanishi mumkin. Uning maqsadi rasmda tasvirlanganlar to‘g‘risida bolalarning tasavvurini aniqlashdan va emotsional kayfiyatni vujudga keltirishdan iboratdir. Tarbiyachining savoflari mashg‘ulotdagi asosiy metodik usullardan biri hisoblanadi, shuning uchun savollarni oldindan puxta o‘ylab olish muhimdir. Bolalarga beriladigan savollar tushunarli bo‘lishi va unga javob berishda qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak.
Kichik yoshdagi bolalar rasm asosida ikki-uch so‘zdan iborat bo‘lgan gaplar yordamida
hikoya qilib berishga o‘rganadilar.
Rasmni 1. Bolalarni rasmlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish.
2. Rasmlarning turlari va serialari, rasmlar tanlashga qo‘yilgan talablar.
3. Turli yosh guruhlarda rasmga qarab hikoya tuzishga o‘rgatishning vazifalari va uslubiyoti. Ko‘zdan kechirish bolalar nutqining to‘g‘ri va aniq rivojlanishiga yordam beradi. Tarbiyachi, rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarni va voqealarni to‘g‘ri aytishlarini nazorat qilib borishi kerak. Tarbiyachi o‘z nutq namunasi, savollari, ko‘rsatmalari bilan bolalarga rasmda tasvirlangan narsa-buyumlaming sifat va bclgilarini aniq belgilovchi so‘zlarni tanlay olishlarida yordam beradi. Kichik guruhlarda dastlabki rasmlar alohida narsa-buyumlar (o‘yinchoqlar yokitanish uy jihozlari), uy hayvonlari, bolalar hayotidan olingan nuirakkab bo‘lmagan voqealar tasviridan iborat bo‘ladi. Mashg‘ulotdan so‘ng rasm guruh xonasida bir necha kunga qoldiriladi. Bolalar yana bir marta rasmni ko‘zdan kechirib chiqadilar. Ilgari ko‘rmagan narsalarini ko‘radilar, birbirlariga fikrlarini aytishadi. Tarbiyachi bunday ko‘zdan kechirishlarga rahbarlik qiladi, ya'ni ularning aytayotgan fikrlarini aniqlashtiradi qo‘llab-quvvatlaydi, rag‘batlantiradi. O‘rta guruh. Bu guruh bolalarining nutqi takomillashadi, fikrlashi faollashadi, uncha kata bo‘lmagan hikoya tuza oladilar. Dastlab bolalar tarbiyachining savollari yordamida hikoya qilib beradilar. Bu bolalarning jamoa bo‘lib tuzgan yokitarbiyachi va bitta bolaning hamkorlikda tuzgan hikoyasi bo‘lishi mumkin. Mashg‘ufot oxirida tarbiyachi bolalarning barcha aytgan fikrlarini umumlashtinb, o‘zi to‘liq hikoya qilib beradi. So‘ngra bolalar tarbiyachining namuna-hikoyasini takror-laydilar. Bu guruhda tarbiyachining namuna hikoyasi bolalarning undan nusxa olishlari uchun beriladi. „Xuddi mendek hikoya qilib bering", „Yasha, mening hikoyamni eslab qolibsan", — deb tarbiyachi bolalarni rag‘batlantiradi, ya'ni ushbu guruhda bolalardan mavzudan chetga chiqib ketmaslik talab etiladi. Namuna-hikoya ma'Ium bir talablarga javob berishi kerak. O‘rta guruh bolalarini narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeali rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzishga o‘rgatish mumkin. Tarbiyachi bolalarni o‘z hikoyasida lug‘atidagi so‘zlardan, sifatdoshlardan, aniqlovchidan, holdan va boshqaiardan keng foydalanishga o‘rgatishi kerak. Bolalar rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzishga (bir yokibir qancha narsa-buyumlarning yokiobyckthirning sifatlari, xususiyatlari, xaraktcrlari to‘g‘risidagi hikoya) o‘rganib olganlaridan so‘ng voqeaband suratlar bo‘yicha voqeaband hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi. Bolalar tarbiyachi yordamida tasviriy xarakterga cga bo‘lgan bog‘langan hikoya tuzadilar. Bu sekin-astalik bilan bolalarni mustaqil ravishda voqeaband hikoyalar tuzishlariga yordam beradi.
Katta guruhda bolalarning faolligi o‘sadi, nutqi takomil-lashadi, turli rasmlar bo‘yicha
mustaqil hikoya tuza oladilar. Rasm-lardan foydaianilgan mashg‘ulotlarda ularning maznumiga qarab har xil vazifalar qo‘yiladi: 1) bolalarni rasmlarning mazmunini to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish;
2) his-tuyg‘ularni tarbiyalash (rasmlarning mazmuniga qarab aniq rejalashtiriladi: tabiatga muhabbat, kasb-hunarga hurmat va hokazolar); 3) rasmlar bo‘yicha bog‘langan hikoya tuzishga o‘rgatish; 4) lug‘at to‘plamini kcngaytirish va faollashtirish (bolalar xotirada saqlashlari lozim bo‘lgan yangi so‘zlar yokianiqlanishi va mustahkamlanishi lozim bo‘lgan so‘zlar oldindan aniq rejalashtiriladi). Katta guruhda bolalarni hikoya qilishga o‘rgatish jarayonida tarbiyachining rahbarligi o‘zgaradi. Endi u shaxsan ishtirokchilikdan kuzatuvchi roliga o‘tadi, zarur bo‘lgandagina aralashadi. Katta guruh bolalarining hikovalariga katta talablar qo‘yiladi: voqealarni uzviy bog‘langan holda, grammatik jihatdan to‘g‘ri jumlalar tuzib bayon qilish; til vositalarining (harakatlarni, sifatlarni, holatlarni va boshqalarni aniq bclgilash) mustaqilligi, obrazliligi, bir imqsadga qaratilganligi, topshiriqni bola tomonidan ongli tarzda anglash uni to‘g‘ri bajarishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Bu jihatlarga tarbiyachining rahbarlik qilishi juda katta ahamiyatga cga, и topshiriqni tushunishga va to‘g‘ri bajarishga yordam beradi. Tarbiyachining namuna-hikoyasi, ayniqsa, maktabga tayyorlov guruhida ularning hikoya qila olish mafakasini yanada yuqori darajada rivojlanishi uchun asosiy vosita bo‘lib xizmal qiladi. Tarbiyachi boladan namuna-hikoyaning aynan oLzini takrorlashni talab qilib qolmasdan, balki takomillashtirib, o‘zgartirib, umumfi lashtirgan holda, adabiy obrazlardan foydalanib hikoya qilishni talab etadi. Namuna ko‘pincha rasmning bir qismi uchun taailuqli bo‘lib, u boshqa qismlar yuzasidan mustaqil hikoya tuzish imkonini beradi. Maktabga tayyorlov guruhida tarbiyachining namuna-hikoyasi, guruhda rasmdagi mazmunni bog‘langan holda bayon etishga qiynaladigan bolalar bo‘lsagina takiif etiladi. Bunday ashg‘ulotlarda hikoya rejasini berish, hikoya mazmunini va izchilligini aytib turishdan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Katta guruhda rasmga qarab hikoya tuzishning hamma turlaridan foydalaniladi; narsabuyumlarni tasvirlovchi va voqeaband rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish; peyzajli va naturtmortl. rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish; rasmlar seriyalari — to‘plamlari bo‘yicha, masalan, „Bizning yer may-donchamiz qishda va yozda") hikoya tuzish. Rasmlar to‘plami bo‘yicha hikoya tuzish malakasini takomiilashtirishda quyidagi usullar yordam beradi: jamoa bo‘lib hikoya tuzish — avval boshlanishini tarbiyachi tuzadi, bolalar tugallashadi; bir bola boshlaydi, boshqasi davom ettiradi. Quyida misol tariqasida bog‘lanishli nutqni rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulot ishlanmasini keltiramiz. Bu mashg‘ulotda nutqning turli vazifalari hal etiladi.
Iqism. Bog‘lanishli nutq. „Tipratikanlar" rasmi bo‘yicha hikoya qilish. Dasiur maimuni. Bolalarning yovvoyi hayvonlar (tipratikanlar) to‘g‘risidagi mavjud bilimlaridan foydalanib, rasm bo‘yicha hikoya qilishga o‘rganish.
II qism. Lug‘at ishi. Topishmoqlarni topish. Dasiur mazmuni. Bolalarni topishmoqlardagi obrazli ifodalarning mazmunini tushunishga o‘rgatish.
III qism, Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. „r-l" tovushlarining to‘g‘ri talaffuzini mustahkamlash.
Dastur mazmuni. „r-1" tovushlarining to‘g‘ri talaffuzini aniqlash, mustahkamlash, fonetik
idrokni o‘stirish. „r-1" tovushlari bo‘lgan so‘zlarni aniq va cho‘zib talaffuz etishga o‘rgatish. Mashg‘ulotning borishi. Tarbiyachi bolalarga tipratikan haqidagi she'rni aytib beradi. So‘ngra tarbiyachi so‘raydi: „Tipratikanning tanasi nimalar bilan qoplangan?" (Ignalar bilan.) „Tipratikan qanday?" (Tikanli.) Tipratikan haqidagi topishmoqni tinglashni takiif etadi: Tikuvchimas, bichuvchimas, Ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan. So‘ng shu topishmoq yuzasidan ham savollar beradi: „Nima uchun: ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan" deb aytilgan? (Chunki uning tanasi ignalar bilan qoplangan, bironta yovvoyi hayvon uni yemoqchi bo‘lsa, dumaloqlanib olib ignalarini tikkaytirib oladi, natijada uning ignalari yovga (dushrnaniga) sanchiladi. Biz, ham uni tutib olmoqchi bo‘lsak, ignalarini qo‘limizga sanchib olishi mumkin. Unga tegib bo‘lmaydi, tikanli.)
Yana bitta topishmoq aytadi:
„Ignalarini o‘zi bilan olib yuradi, Tikishni esa bilmaydi".
Tarbiyachi so‘raydi: Nima uchun „Tikishni bilmaydi" deyilgan? Yana qanday ignalar bor,
ular nima uchun kerak? (Tikuv ignalari, tikish uchun.) Tipratikanning ignalari bilan tikish uchun ishlatiladigan ignalar nimasi bilan o‘xshash? (ular o‘tkir, uzun, ingichka.)
Tarbiyachi „Tipratikanlar" rasmini („Yowoyi hayvonlar" seriyali rasmlardan) ko‘rsatadi.
Bolalarga uni diqqal bilan ko‘rib chiqishni taklif etadi va savollar beradi: „Bu rasmda nima tasvirlangan? Ona tipratikan nima qilyapti? Tipratikan boialari-chi? Tipratikanlar nima ycydi? Unga ignalar nima uchun kerak? U qanday? Tipratikanni nima bilan taqqoslash mumkin?" Javoblarni tinglaydi va bolalarga tipratikanlar haqida aytilganlarni esdan chiqarmaslikni aytadi. Shu rasrn yuzasidan bir bolaning hikoyasi:
„Ona tipratikan va tipratikanchalar yashashar ekan. Kunlar-dan bir kuni ular o‘tloqqa sayr
qilgani borishibdi. Ona tipratikan shiliqqurtlarni ko‘rib ufarga tikilib qaray boshlabdi. Ikkita tipratikancha esa qo‘ng‘izga qarab o‘ylashibdi, bu kim ekan, bitta tipratikancha esa xuddi kopto‘ka o‘xshab, dum-dumaloq bo‘lib olib.di. Qo‘ng‘iz yiqilib tushgan edi, tipratikancha qo‘rqib, tumshug‘ini ichkariga yashirdi".
Ikkinchi bir bolaning hikoyasi: „Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Ona tipratikan bilan
tipratikanchalar yashar ekan. Kunlardan bir kun ular sayr qilgani bog‘ga borishibdi. Ona
tipratikan shiliqqurtni ko‘rib qoldi. Ikkita kichkina tikanli tipratikanchalar chuvalchangni ko‘rib qolib, unga qarab turishibdi va qanday taqsimlab olishga liayron".
Uchinchi bolaning hikoyasi: „Tipratikanchalar va ona tipratikan yashar ekan. Kunlardan bir kun ular o‘rmonga sayr qilgani borishibdi. Ikkita tipratikancha qo‘ng‘izni ushlab olishdi va uni taqsimlay olishmadi. Ular qarasalar, shox-shabbalarning ostida bir ko‘k rangdagi dum-dumaloq narsa. Bu ularning akalari bolib, u qo‘rqqanidan xuddi kopto‘ka o‘xshab dum-dumaloq bolib olgan edi. Ular akalariga qarayotganlarida, qo‘ng‘izlar qochij qolishdi". Tarbiyachi bolalardan kimning hikoyasi nimasi bilan ко'prod yoqqanligini, har bir tinglagan hikoyalarida qanday yangi va qiziqarli narsalarni eshitganliklarini so‘rab oladi. Katta guruh bolalari sekin-astalik bilan rasmda tasvirlangan tabiat manzaralarini (peyzajni) tasvirlash bilan o‘z hikoyalarini to‘ldirib boradilar. Masalan, „Qishki o‘yinlar" rasmi yuzasidan bola shunday hikoya qilishi mumkin: „Bu rasmda qish tasvirlangan. Kun iliq va quyoshli. Osmon ko‘m-ko‘k, beg‘ubor...". Rasm bo‘yicha hikoya qilishga bunday tasvirlashni kiritish bolalarni manzarali (peyzajli) va naturmort rasmlar bo‘yicha hikoya tuzishga tayyorlaydi. Bu hikoya turi maktabga tayyorlov guruhida tashkil etiladi. Bolalarni manzarali va naturmort rasmlar bo‘yicha hikoya qilishga o‘rgatishning qiziqarli va samarali uslubiyotini N. M.Zubareva ishlab chiqqan.


Yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini tekshirish bo‘yicha tezkor-so‘rov savollari. 1.Bolalarga she’rni yod oldirishning asosiy vazifasi nimalardan iborat?
2.Bolalarga she’r yod oldirishda tarbiyachining asosiy vazifasi qaysilar?
3.Turli guruhlarda she’r yod oldirish metodini sanab bering.


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling