Toʻplam muallifi haqida ma’lumot


Download 1.57 Mb.
bet13/40
Sana20.06.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1627466
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Bog'liq
NUTQ O\'STIRISH GULOROMGA

MAVZU 23. O‘yinchoq va predmedlarga qarab hikoya qilishga o`rgatish.
Reja:
1.O‘yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishni o‘rgatish.
2.O‘yinchoqlarni tanlash, turli yosh guruhlarda bolalarni o‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish mashg‘ulotlarining uslubiyoti.
3.Savollar berish, namuna va baholash usulining o‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatishdagi roli.
Bolalarning eng sevimli va qiziqarli mashg‘uloilaridan biri bu o‘yinchoqlarni ko‘rib chiqish va tasvirlashdir. O‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishning ma'nosi juda keng. U bolalarda axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi, birgalikda hikoya qilish malakalarini rivojlantiradi, xotira, diqqat va irodani mashq qildiradi. Hayotda hosii qilgan tajribalarini, idroklarini mustahkamlaydi; kam gapiradigan bolalarning nutqiy muloqotga kirishib ketishiga ta'sir etadi, ularning hayotlarini sermazmun va quvnoq qiladi; lug‘atini faollashtiradi, bog‘langan nutqning rivojlanishiga yordam beradi. O‘yinchoqlar bo‘yicha mashg‘ulotni tashkii etishda o‘yinchoqlarni tanlashga jiddiy e'tibor berish kerak. Kichik guruh bolalariga tasvirlash uchun taklif ctiladigan o‘yinchoqlar o‘zining ba'zi bir xususiyatlariga ega: o‘yinchoqlar nomi bo‘yicha bir xil bo‘lishi mumkin, biroq tashqi ko‘rinishi jihatidan bir-biridan farq qilishi kerak (katta va kichkina ayiqchalar; sochi mayda o‘rilgan, do‘ppi kiygan va sochiga lenta taqilgan qo‘g‘irchoq; qizil va yashil piramidalar, kubiklar va hokazolar). O‘yinchoqlarni bu tartibda tanlash bolalarning lug‘atini faollashtirishga va taqqoslash usulidan foydalanish asosida bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi. Katta guruhlarda taxminan quyidagi o‘yinchoqlarni tanlash mumkin (tarbiyachi oldindan o‘yinchoqlar to‘plami ro‘yxatini tuzib qo‘yadi):
Sentabr. Qog‘ozdan yasalgan to‘q sariq, zarg‘aldoqrang bayroqcha; matodan yasalgan yashil rangdagi bayroqcha; yog‘ochdan yasalgan qo‘ziqorin; plastmassadan va metalldan qilingan chelakchalar; har xil kattalikdagi qo‘g‘irchoqlar to‘plami; qayiqchalar (o‘yinchoqlar nimadan yasalganligini, nomini, rangini bildiruvchi so‘zlarni mustahkamlash uchun). Noyabr. Soatlar, pochta qutisi, telefon, paroxod, avto-mobillar, samolyotlar (shakl va fazoni
bildiruvchi, oldinda, yuqorida, orqada kabi so‘zlarni mustahkamlash va tushuntiruvchi hikoyalar tuzish uchun).
Yanvar. Juft o‘yinchoqlar to‘plami: past va baland ikkita piramida; ikki xil avtomobil; mushuk va kuchuk; har xil rangdagi ikkita otcha; ikkita har xil qo‘g‘irchoq {o‘ngda, chapda, yonda, ketma-ket so‘zlarini mustahkamlash hamda taqqoslovchi hikoya tuzish uchun).

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling