Toʻplam muallifi haqida ma’lumot
Download 1.57 Mb.
|
NUTQ O\'STIRISH GULOROMGA
Mavzu № 36 Harf elementlarish
Reja: 2. Qiya chiziqli daftargaharf elementlarini kichik-katta ko`rinishda yozishni mashq qilish 3. .O‘qituvchining namunaviy yozuvi. Tayanch tushunchalar: yozuv, tilning tovush elementlari, o‘zbek alifbosi, bosma harflar, bosh harf, o‘qituvchining namunaviy yozuvi, harf elementlari. Inson o‘z fikrini boshqa kishilarga og‘zaki va yozma shaklda yetkazishi mumkin. Nutqning bu shaklining o‘xshash va farqlash tomonlari mavjud bo‘lib ular o‘z o‘rnida afzalliklarga ega. Og‘zaki nutq tovush chiqarib aytiladi va eshitilish uchun mo‘ljallanadi. U kishilarning nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog‘och, teri, metall, qog‘oz kabilarga ko‘rish asosida idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo‘yiladi. Yozuv kishilarning o‘zaro fikr almashishi va bilimlarni egallashning qudratli vositasi hisoblanadi. Yozma nutq avlodlarni bir-biriga bog‘laydi, uzoq saqlanadi. Yozuv tufayli kishi fikri, insoniyat qo‘lga kiritgan bilimlar avloddan-avlodga yetib boradi, abadiy yashaydi. Yozuv – biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig‘indisi. Yozuv tushunchasi tilning tovush elementlari (so‘z, bo‘g‘in, tovush)ni ifodalovchi belgilarnigina emas, balki piktgrafiya, ideografiya shakllarini ham o‘z ichiga oladi. Bular aloqa qilish belgilari yig‘indisi sifatida yozuvdan ilgarigi belgilar (xotira yozuvi, hisoblash yozuvi va boshqalar)ga qarama-qarshi qo‘yilgan. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi mavjud. Bu harflar turli xil katta va kichik yozma va bosma shakllarga ega. Yozma harflar quyidagi xususiyatlarga ega. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling