Topografik kartalar, planlar va profillarda relyefni tasvirlash uchun joydagi xarakterli nuqtalarning dengiz sathidan balandliklari ma'lum bo'lishi kerak. Bu balandlikka absolyut balandlik deyiladi


R eykani nuqtaga o’rnatish va undan sanoq olish


Download 1.62 Mb.
bet11/18
Sana18.02.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1210609
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
DIKTATOR KURS ISHI 90

R eykani nuqtaga o’rnatish va undan sanoq olish. Nivelirlashda reyka qoqilgan qoziqqa yoki metalldan yasalgan boshmoq (15-rasm a), temir qoziq-kostil (15-rasm b) ga tik o’rnatiladi. Nivelirning qarash trubasi orqali reykaga qaraladi, shunda reykaning bir qismi va iplar to’ri ko’rinishi lozim. Katta aniqlik talab qilinmaydigan hollarda sanoq iplar to’rining o’rta gorizontal ipidan, aniq nivelirlashda esa iplar to’rining uchalasidan ham sanoq olinadi. Bunda sanoq dastlab iplar torining gorizontal chiziqlarigacha yuqoridan pastga tomon detsimetr va santimetrlarda, so’ngra ko’z bilan chamalab millimetrlarda olinishi lozim.
Nivelirlashda reyka nuqtaga vertikal holatda o’rnatilishi kerak. Shuning uchun aniq nivelirlashda
ishlatiladigan reykalarning yon qirrasiga doiraviy 15-rasm.Reyka qo’yilishi
adilak o’rnatilgan bo’ladi.
Texnikaviy nivelirlashda shakli ishlatiladigan reykalarning ko’pchiligida adilak bo’lmaydi. Bunday reykalar nuqtaga ko’z bilan chamalab tik o’rnatiladi. Reyka nuqtaga vertikal o’rnatilmasa, sanoq noto’g’ri olinishi mumkin. Reykaning o’rnatilishidagi xatoning ta`sirini kamaytirish uchun sanoq olishda reyka sekin-asta oldinga va orqaga tomon tebratiladi. Tebratib turilgan reykaga qarash 4trubasidan qaralganda eng kam sanoq reykaning vertikal holatiga to’g’ri keladi. Masalan, reykaning vertikal holatidagi sanoq 1078, oldinga tebratilgandagi sanoq 1190, orqaga tebratilgandagi sanoq esa 1187 dir (16-rasm). Lekin shuni aytin o’tish kerakki, reykaning holatiga reyka pastki uchining qalinligi ham ta`sir qiladi. Masalan, reykani orqaga tebratganda uning nol raqami yuqoriroq ko’tariladi vaa sanoq o’rniga a’ sanoq olinadi.
Agar sanoq a= 500 bo’lsa, xato 1 mm ga, a=300 bo’lsa 3mm ga teng bo’ladi. Demak reykadan 500 dan kam sanoq olish mumkin bo’lganhollarda uni qimirlatishning hojati yo’q. Chunki bunda reykaning qalinligi ta`sirida qo’pol xato ro’y berishi mumkin. Reykadan 500 dan katta sanoq olish mumkin bo’lganda uni tebratsa bo’ladi. Bunda reykaning vertikal o’rnatilmaganligi natijasida ro’y beradigan xatoning ta`siri ancha kamayadi.


16-rasm.Reykalarni qimirlatish holati



Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling