2. Trigonometrik nivelirlash. Nivelirlashning bu turida ikki nuqta orasidagi qiyalik burchagi va masofa o’lchanadi, hamda o’lchash natijalaridan nuqtalarning bir-biriga nisbatan balandligi trigonometrik formulalar yordamida hisoblab chiqariladi va Teodolit-taxometr bilan qiyalik burchaki o’lchanadi.(13-rasm)
13-rasm. Joydagi A va B nuqtalar nisbiy balandliklari h ni o’lchash
Trigonometrik nivelirlash topografik plan olishda, balandliklardagi farq katta bo’lgan nuqtalarni, masalan, tog’, tepalik va boshqa relef shakllarini, turli buyum va inshootlarning balandligini aniqlashda qo’llaniladi.
Trigonometrik nivelirlashda nivelirlanadigan nuqtalar orasidagi chiziq uzunligi va uning og’ish burchagi o’lchanadi. Bu nivelirlash yordamida balandlik uzoq masofaga tez va oson uzatiladi.
Nuqtalarning biriga (masalan, A da) teodolit-taxeometr, B nuqtaga esa reyka o’rnatiladi va ko’rish trubasini reyka uchiga qaratib og'ish burchagi n o’lchanadi. Agar AB chizig’ining gorizontal qo’yilishi d bo’lsa, asbob balandligi i va reyka balandligi l ni tashkil qilsa, keltirilgan shakldan quyidagini yozish mumkin:
h+ l=h'+ i yoki h = h'+ i – l . (14)
Xuddi o’sha shakldan
h' = dtgv (15)
bo’lgani uchun nisbiy balandlik qiymati quyidagiga teng:
h = dtgv+ i – l . (16)
Bu formula yer egriligi va refrakstiya ta’sirini hisobga olmasdan chiqarildi.Yer egriligi varefrakstiya ta’siri uchun kiritiladigan tuzatma f bilan ifodalansa (17), formula quyidagicha bo’ladi:
h = dtgv+ i – l + f . (17)
Bu formulaga trigonometrik nivelirlashning asosiy formulasi deyiladi.
3.Barometrik nivelirlash.3 Bu usuldayerdan baland ko’tarilgan sari havo bosimining kamaya borishi qonuniyatiga asoslangan. Barometrik nivelirlash natijasida nuqtalarning balandligi 1-2 metr aniqlikda topiladi. Shuning uchun aniqlikda nivelirlash talab qilinmaydigan ishlarda, masalan, turli ekspedistiyalarda, geologik, geografik va boshqa tekshirishlarda biror joyning relefini dastlabki o’rganishda nivelirlashning bu turidan foydalaniladi.
Barometrik nivelirlashda barometr va boshqa asboblardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |