Topografik kartalar, planlar va profillarda relyefni tasvirlash uchun joydagi xarakterli nuqtalarning dengiz sathidan balandliklari ma'lum bo'lishi kerak. Bu balandlikka absolyut balandlik deyiladi


Download 1.62 Mb.
bet6/18
Sana18.02.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1210609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
DIKTATOR KURS ISHI 90

h = a - b. (2)
buyerda: a va b — orqadagi va oldingi reykalardan olingan sanoqlar.
Nivelirlash A nuqtadan boshlab В nuqta yo`nalishi bo`ylab olib borilishi uchun A orqadagi, В oldingi nuqta hisoblanadi. Shunday qilib, nisbiy balandlik orqadagi va oldingi reykalardan olingan sanoqlar ayirmasiga teng. Agar a > b bo`lsa, nisbiy balandlik musbat a < b bo`lsa, manfiy ishorali bo`ladi.
Nivelir asbobi shunday o`rnatiladiki, uning okulyari A nuqtasidan o`tuvchi shovun yo`nalishiga to`g`ri kelsin (10- rasm), В nuqtasida esa reyka o`rnatiladi. Nivelir ishchi holatiga keltiriladi, reyka yoki ruletka bilan asbob balandligi i o`lchanadi, truba reykaga qaratilib, undan b sanog`i olinadi. Shakldan quyidagini yozish mumkin:
i = h + b, (3)
bundan:
h = i - b, (4)
ya’ni, nisbiy balandlik asbob balandligidan reykadan olingan sanoqning ayirmasiga tengdir.

10-rasm.Oldinga nivelirlash

Nivelirlash natijasidan foydalanib, A nuqtasining balandligi Ha, bo‘yicha B nuqtasining balandligi Hb o`lchangan nisbiy balandlik yoki asbob gorizontal orqali hisoblanishi mumkin. 11- rasmga asosan A nuqtasining balandligi Ha va nisbiy balandlik h orqali B nuqtasi balandligi Hb quyidagicha topiladi:


Hb= Ha + h, (5)
ya’ni, oldingi nuqtaning balandligi orqadagi nuqta balandligiga nisbiy balandlikni algebraik qo`shilganiga teng. В nuqtasining balandligi Hb asbob gorizontal orqali quyidagicha hisoblanadi (11- rasmga asosan):
Hb= Hi - b , (6)
bu yerda: Hiasbob gorizonti bo`lib, u quyidagiga teng:
Hi = Ha + a. (7)
Nuqtalar balandligini asbob gorizontal orqali hisoblash, masalan, yerlarni vertikal tekislashda bir necha nuqtalar loyiha belgisini bir stansiyadan (nivelir o`rnatilgan joy) turib joyga ko`chirishda qulaylik tug`diradi.
Yuqorida ko`rib chiqilgan ikki nuqtani bir stansiyadan nivelirlash oddiy nivelirlash deyiladi.
Agar nivelirlanadigan ikki nuqta orasidagi masofa katta bo`lsa, nivelirlash uchun u bir nechta bo`laklarga bo`linib nivelirlab chiqilsa, unga ketma - ket nivelirlash deyiladi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling