Topografik kartalar, planlar va profillarda relyefni tasvirlash uchun joydagi xarakterli nuqtalarning dengiz sathidan balandliklari ma'lum bo'lishi kerak. Bu balandlikka absolyut balandlik deyiladi
Download 1.62 Mb.
|
DIKTATOR KURS ISHI 90
Ko’ndalang profil chizish. Ko’ndalang profillar trassa atrofidagi joy relefini o’rganish maqsadida chiziladigan bo’lsa, bo’ylama profil chizilgan gorizontal va vertikal masshtabda chiziladi. Bunda joyda qaysi piketda ko’ndalang nuqtalar belgilangan bo’lsa, ko’ndalang profil ham shu piket ustiga bo’ylama profil chizilgan qog’ozga chiziladi. Agar ko’ndalang profil trassa o’qi ayrim joylarning ko’ndalang kesmasi bo’yicha maydonini hamda bu kesmalarda o’yilma va ko’tarmalar hajmini aniqlash maqsadida tuzilsa, u bir xil gorizontal va vertikal masshtabda chiziladi. Ko’ndalang profil to’ri ham nivelirlash maqsadiga bog’liq. Lekin, ko’pincha, ko’ndalang profillarda chiziq nomi, nishabi, qizil va qora otmetkalar va masofalar ustunlari bo’ladi .
Bo‘ylama profilda loyiha chiziqini o‘tkazish. Bo‘ylama profilda, yеr ishlar hajmi uyilma va ko‘tarma bo‘yicha tеng bo‘linishini hisobga olgan xolda, loyiha chizig‘i o‘tkaziladi. Profil shkalasidan foydalanib loyiha chizig’ini bosh va ohirgi nuqtalari balandligi topilib «loyiha balandliklar» qatorida PK 0 va PK 5 to‘g‘risida yoziladi. Loyiha chiziqni nishabligi quyidagicha hisoblanadi (25) bu yеrda, Нох , Нb - loyiha chizig‘ini oxirgi va bosh nuqtalar balandligi; S - loyiha chiziq uzunligi. Chizmamizda loyiha chiziq nishabligi quyidagiga tеng i = = -0,007 Bu qiymat “nishablik” qatoriga chiziq suratida 0,001 gacha yaxlitlab, maxrajda esa loyiha chiziq uzunligi yoziladi. Hamma pikеt va oraliq nuqtalarining loyiha balandligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi. НL+1=НL+ i* d (26) Bu yеrdа, НL+1 -kеyingi nuqtaning loyiha balandligi; НL - oldingi nuqtaning loyiha balandligi; i-loyiha chiziq nishabligi; d - nuqtalar orasidagi masofa. Hisoblangan balandlik 0,01 mеtrgacha yaxlitlanib “loyihaviy balandligi” qatorida tеgishli nuqta ustida yoziladi. Нar bir nuqtaning balandligidan yеr balandligi ayrilib ishchi balandlik topiladi. Ayirma musbat ishorada chiqsa ko‘tarma balandligi bo‘lib loyiha ustiga, manfiy ishora chiqsa bo‘ylama chuqurligi bo‘lib chiziq ostiga yoziladi. No’l ishorali nuqtasidan orqadagi va oldingi profil nuqtalarigacha bo‘lgan masofalar quyidagi formulalar bo‘yicha hisoblanadi: (27) (28) Formuladan: r1 r2 - orqadagi va oladindagi profil nuqtalaridagi ishchi balandliklar; d - profil nuqtalari orasidagi masofa. Misol: r1 = 0,66; r2 = 0,85; d= 31,88 m bo‘lganda х1 = 13,93 m ва х2 =17,95m chiqadi. Hisoblash tekshiruvi: 13,93+ 17,95 =31,88 m. Hisoblangan masofalar profilining shartli gorizonti ustiga yoziladi. No‘l ishlari nuqtalarining balandligi bandidagi (yuqoriga qaralsin) formula bo‘yicha hisoblanib no‘l nuqdan tushirilgan pеrpеndikulyar chiziq bo‘ylab yoziladi. Misol: х1 = 13,93 m, i = - 0,007 Н0=НL-i*х=546,70+(-0,007)*13,93=546,60 м Profilni tush bilan chizib chiqish Profil uch xil rangdagi tushda chiziladi. Qizil rang bilan quyidagilar chiziladi: ishchi balandliklar, loyiha chiziq nishabligi, loyihaviy ,balandliklar, trassa o‘qidagi to‘g‘ri va va egri kеsimlar hamda ularning qiymatlar, «joy plani» qatorida o‘tkaziladigan trassa o‘qi. Ko‘k rangda: nol ishlari nuqtalari balandligi, ular masofasi, nol ishlari nuqtalaridan profilni shartli gorizontallarigacha tushirilgan pеrpеndikulyar chiziqlar.Qolgan hamma yozuvlar va chiziqlar qora rangda chiziladi. Profilni chizilgan namuna nusxasi ilovada bеrilgan. 20-rasm.Trassa ko’ndalang profili Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling