XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki geodezik o'lchash ishlarini bugungi kunda nivelir geodezik asbobisiz tasavvur qilish qiyin. Sababi u yordamida ko'p joylarda turli xil ishlarni amalga oshirish mumkin. Masalan, lazerli tekislash ishlari respublikamiz miqyosida jadal sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda bunda nivelir geodezik asbobi yordamida qishloq xo'jaligi yerlarini tekis qilishmoqda. Buning natijasida qishloq xo'jaligi yerlarini kam suv bilan ham sug'orish mumkin bo'ladi. Undan tashqari yo'l qurilishi, bino va inshootlar qurilishi, zavod lar qurilishida ham nivelir geodezik asbobidan foydalaniladi. Mavzuning dolzarbligi sifatida shuni aytsa bo'ladiki nivelir geodezik asbobisiz bugungi qurilishlarni, zamonaviy o'zgarishlarni amalga oshirish juda qiyin bo'ladi.
Geodezik ishlar, yo‘l qurilishida ham muhim ahamiyatga ega. Yangi shahar va qishloqlarni yo’llarini bunyod etish, aholi yashaydigan hududlarini planlashtirish kabi muhim ishlarni geodezik ishlarsiz va topografik kartalarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Geodeziya juda ko‘p muhim masalalar xal qilishda qo‘llaniladi. Plan, profillar, ularning uzunliklarini hisoblash bilan bog‘liq yo’l inshootlarini loyihalash, qurish va ishlatish uchun nihoyatda zarurdir. Nivelirlash joy relefining shakllarini o‘rganish va ularni plan va kartalarda tasvirlash hamda har xil bino va inshootlarni loyihalash, qurishda zarur bo‘lgan nuqtalar balandligini va ular farqini aniqlash uchun bajariladi.
Nivelirlashda geometrik, trigonometrik, fizik, avtomatik va stereofotogrammetrik nivelirlash usullari qo‘llaniladi. Geometrik nivelirlashda Yer yuzidagi nuqtalarning balandligini aniqlash uchun nivelirlash bajariladi. Nuqtalarning balandligi joyning relefini o‘rganish, uni karta va planlarda tasvirlash uchun kerak.
Yuqoridagilarni inobatga olib o`zim uchun shunday xulosaga keldimki, bu sohada hali o`rganishim kerak bo`lgan bilimlar juda ham ko`p ekan.
FOYDALANILGAN ADABYOTLAR RO`YHATI
1. Avchiyev.Sh.K “Amaliy geodeziya”,-Toshkent :Voris 2010 -352 b
2. Avchiyev.Sh.K “Injenerlik geodeziyasi”. O’quv qo’llanma . Toshkent.2007
3.Muborakov X.M «Geodeziya», Toshkent.2007y.
4. Мубораков Х.М., Охунов З.Д., Парманов М.Х. “Инженерлик геодезияси”. Т., 1990
5. Nurmatov E. “Geodeziya” T.O`zbekiston 2003-yil
6. Нурматов Э.Х, Утанов У. “Геодезия”. Т., «Ӯзбекистон», 2002.
7. Norxujayev.K.N, “Injenerlik geodeziyasidan praktikum”,Toshkent, “O’qituvchi”, 1976 y.
8. Охунов З.Д. “Ер тузишда геодезик ишлар”, Т., «Янги аср авлоди», 2002
ma`ruzalar matni. Qarshi 1999- yil.
9. D.O`.Jo`rayev «Geodeziya» 2-qism, Toshkent «O`zbekiston» 2006
10.Қӯзибоев.T.“Geodeziya” T.O`zbekiston, 1975-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |