Toponimika va geografik terminshunoslik


Art - dovon, tepalik, balandlik, do’nglik. “Devon”da ham “art” - chiqish qiyin bo'lgan balandlik, dovon (III, 9); Botar


Download 371.5 Kb.
bet23/37
Sana05.02.2023
Hajmi371.5 Kb.
#1167785
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Bog'liq
portal.guldu.uz-TOPONIMIKA VA GEOGRAFIK TERMINSHUNOSLIK

Art - dovon, tepalik, balandlik, do’nglik. “Devon”da ham “art” - chiqish qiyin bo'lgan balandlik, dovon (III, 9); Botar - kunbotar, mag'rib, g'arb. Asarda “Tugardan Botarga...” degan ibora qo'llanilgan, bu “sharqdan g'arbga” ma'nosini beradi; Buz - muz. “Devon”da ham “buzdan suv tomar” (III, 137), ya'ni “muzdan suv tomar” deyilgan, demak, XI asrda va undan avval muz, “buz” shaklida ishlatilgan; Buloq - buloq, chashma; Yoz - bahor fasli, ko'klam ma'nosida. Folklorda “Laylak keldi, yoz bo'ldi” deyiladi, bu “Laylak keldi, bahor boshlandi” ma'noni bildiradi. Yoy - yoz fasli ma'nosida; Kechig - kechuv, kechik, ko'l, daryo va soylardan kechib o'tish mumkin bo'lgan sayoz joy; Kus - kuchli shamol, dovul; Mashriq - mashriq, sharq, kun chiqish tomoni; Mulk - keng ma'noda mamlakat; Sabo - ertalab tog'dan esadigan mayin va yoqimli shabada; Tarig' - ekin, hamma turkiy qabilalar tilida aslida bug'doy, o’guzlar uni tarig' deyishadi, targ'ilig - ekinzor, ekin ekiladigan joy; Tubi - kuchli shamol, bo'ron; Tunak - tunash joyi, kechasi tunab o'tiladigan joy; Chechaklik - gulzor, maysazor, o't - o'lan, ko'p bo'lgan joy; Ol - buloq, qaynar, chashma. M.Koshg'ariy olni buloq ko'zi deb atagan (III, 158); Yar - jar, tik qoya; O’bri - chuqurlik, dara. Yuvilish natijasida hosil bo'lgan tor va chuqur soy, vodiy, dara deyiladi. “Qutadg'u bilig”dan keyingi manbalarda bundan tashqari soy, soylik, tangi ko'rinishida ham uchraydi; O’ngdun - sharqdan esadigan mayin shabada; Kuz - tog'ning quyosh nuri tushmaydigan yonbag'ri, terskay, M.Koshg'ariyda ham “Kuz tog' - qyosh nuri tushmaydigan tog', tog'ning quyosh nuri tushmaydigan joyi, shimoliy yonbag'ir (III, 136). Xullas, “Qutadg'u bilig”da ko'pgina geografik ma'lumotlar bor. Asarni ilmiy jihatdan o'rganishga V.V.Radlov, A.Vamberi, P.M.Melioranskiy, A.A.Samoylovich, R.R.Arat va boshqa ko'pgina turkshunos olimlar katta hissa qo'shganlar. “Qutadg'u bilig” jahonning ko'pgina tillariga tarjima qilingan bo'lib, uning ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. O'zbekistonda asarni to'liq holda birinchi bo'lib, tilshunos olim K.Karimov 1971-yilda nashr ettirdi. Unda asar matni transkripsiyada berilib, o'zbekcha matn ilova qilinib berilgan. Keyinchalik 1990 yilda filologiya fanlari nomzodi B.To'xliyev o’zbek tilidagi bayoni va so'z boshisi bilan nashrga tayyorladi. Ilova qismida izoh va lug'atlar berilgan.
Quyida “Qutadg'u bilig”da ishlartilgan xalq geografik terminlari ro'yxati keltirildi:



Qutadg’u bilig” dа


Download 371.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling