Toponimika va geografik terminshunoslik
Relyefga oid xalq terminlari
Download 371.5 Kb.
|
portal.guldu.uz-TOPONIMIKA VA GEOGRAFIK TERMINSHUNOSLIK
1. Relyefga oid xalq terminlari. Asarda tog' termini bilan bir qatorda ko'h atamasi ham barobar ishlatilgan. Bundan ko’hpoya (tog' etagi, adir), ko'hiy (tog'lik) terminlari yasalgan.
Bobur tog' etagini “tog' domanasi” yoki “ko’h domanasi” deb atagan. Qulla cho'qqi, “tog' qullasi” - tog' cho'qqisi demakdir. Pushta - atrofga nisbatan ko'tarilib turgan yer, tepa, balandlik, qir; Tuz yer - tepa yer, tup - tuz yer - tep - tekis yer, M.Koshg'ariyning “Devonu lug'atit turk”ida ham shunday (I. 314.) Dovon - tog'larning oshib o'tish oson bo'lgan joyi, ko’tal, dovon, band deb ham ishlatilgan. Dovonlarning qor bosib qolishini yo'llar bog'lanur deb atagan. - Gurbon tumanida... ko’tallarni band derlar. Gur sari bu ko'tal bila borilur, golibo ul jihatdin Gurband deb turlar...”. Bu Boburning mohir toponimist ekanligiga yana bir misoldir. Yana tangi - dara, tog' oralig'idagi yo'l, chuqur daryo vodiysi; tangi o'rnida dara ham ishlatilgan. Jar - yumshoq jinslarning uyilib ketishi natijasida hosil bo'lgan chuqurlik. Kamar - tog' yoki tepalik yon bag'rida yoysimon o'yilgan chuqurlik, bu quruq o'zan bo'lishi ham mumkin. Ma'lumki, Bobur ov qilishni yaxshi ko'rgan va mohir ovchi ham bo'lgan. Ayniqsa tog'larda ov qilinadigan joylar ko'p bo'lgan, bunday joylarni ovloq deb yuritishgan. Daryo qayirlarida ham ovloq ko'p bo'lgan. Pargana - atroflari tog' bilan o'ralgan va bir tomoni ochiq bo'lgan vodiy. Uchma - chuqur jar yoqasi, tik yonbag'ir, undan o'tgan yo'l - uchma yo'l. Bobur kichik va past tog'larni ushoq tog'lar, Dehli atrofidagi tog'larni esa toqqina deb atagan. Tog' etagidagi jarlik, kirish qiyin bo'lgan joy, boshi berk dara, chuqur yer, tog' beli - arg’adol deyilgan. Tog'lardagi g'or va kovaklar havol deb ataladi. 2. Iqlim bilan bog'liq xalq terminlari. Bobur Afg'onistonning issiq mintaqasini garmser, iqlimi sovuq bo'lgan qismlarni sadser deb atagan. Xalq tilida issiq shamol garmsel, sovuq shamol sarsar deyiladi. Sel - kuchli yog'inlar yog'ishi natijasida tog' vodiylari, soylar va jarlardan qisqa vaqt ichida juda katta tezlik bilan oqib keluvchi tosh aralash loyqa suv oqimi. Bobur Hindistonning “...yog'inlarida bir zamonda sellar keladur, hech suv yo'q yerlarda daryolar oqadur...” deydi. Samum (arabcha “samum” - issiq shamol) - asosan cho'llarda esadigan issiq va quruq shamol. Bobur samum ta'sirida hind ahli o'rtasida qurbonlar bo'lganligi haqida ma'lumotlar keltirgan. Sabo - ertalab esadigan mayin shamol. Kuchli yomg'irlarni Bobur qalin yomg'ir deb ham yozgan. Tobariston - Hindistonda yoz fasli, pashkol - yomg'uriy fasl, zimiston esa qish faslidir. Tobariston quyidagi oylardan iborat: chitar oyi (hut, 19 fevraldan 21 martgacha 31 kun davom etadi), baysik oyi (hamal, 22 mart - 21 aprel, 30 kun), jit oyi (savr, 21 aprel - 21 may, 31 kun), asor oyi (javzo, 22 may - 21 iyun, 31 kun). Download 371.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling