Topshiriq mavzu


Download 73.19 Kb.
bet6/11
Sana18.06.2023
Hajmi73.19 Kb.
#1563368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ozbek xalq ogzaki ijodi. 5

Churivalar. Chorvachilikda churiya qo'shiqlarining ham o‘ziga xos o‘mi bor. Avvalo, sog‘iladigan sigirga, qo'yga, echkiga alohida-alohida qo'shiq yaratilishiga e‘tibor beraylik. Ho‘sh qo'shiqlari qo‘y sog'ishda aytilmaganidek, turey-tureylar va
churiyalar sigir sog'ishda aytilmaydi. Tabiiyki, hayvon uchun qanday qo'shiq aytib sog'ish baribir emasmi? - degan savol tug'iladi. Yo‘q, hayvon uchun ham baribir bo‘lmagan. Egasi buni hisobga olgan. Gap shundaki, har bir chorvador qo‘yga, echkiga o'ziga xos munosabatda bo'ladi. Ular hatto sigiming qaysi rangni yaxshi ko'rishini, qaysi qo‘shiqni eshitganida ko‘proq sut berishini bilganlar.
Churiya qo'shiqlarining mazmun-mohiyati ham echkini maqtashdan, uning odat va fazilatlarini oshirib ta’riflashdan iborat:
Og'ziginangda o'ting bor, churey-churey, Yelinginangda suting bor, churey-churey. Sersoqolim jonivor, churey-churey, Kerilib turgan buting bor, churey-churey.
Bu qo'shiqlarda «og'zing» emas, «og'ziginang», «yelining» emas, «yelinginang», «sersoqolim» kabi so'zlarga e'tibor bering.
Shoxlaring bor bir minora, churiya-churiya, Minora qushlar qo'nara, churiya-churiya. Bolang olib iskasang-a, churiya-churiya, Kuygan yuraging qonar-a, churiya-churiya.
Mazkur to'rtlikka o'xshash qo'shiqlarda o'ziga xos kichik lirik asar yara- tilgandek tasavvur hosil bo'ladi. Hatto sut sog'uvchining dardi «bolang olib iskasang-a» misrasida aks etmaganmikan, degan fikr paydo bo'ladi.
Xullas, chorvachilik bilan bog'liq qo'shiqlar xalqimizning qadimdan bu kasbni egallab kelganidan, chorvachilikning sir-sinoatlaridan xabardor ekanidan darak beradi. Xalq har bir hayvonga xuddi odamdek muoma- lada bo'lgan. Uni erkalagan, maqtagan, ta’riflagan, sifatlagan. Eng muhimi, aytilayotgan qo'shiqning oxir oqibat natijaga ijobiy ta’sir qilishini bilgan.
Shubhasiz, «Ho'sh», «Turey-turey», «Churiya» qo'shiqlarini chorva- dorlar orasida yashagan shoirtabiat odamlar to'qishgan. Bu qo'shiqlarda so'z san’atining boshqa namunalarida bo'lganidek, turli badiiy vosita- lardan foydalanilgan. Xususan, «esli molim», «qalam qoshing», «zotli molim» kabi sifatlashlar; «qozon-qozon suting bor», «aqllisan, donosan», «shoxlaring bor bir minor» kabi mubolag‘alar; «yelkamdagi kokilim», «bog‘da ochilgan gulim» kabi istioralar; «qalam qoshing suzilsin», «sutliligingni bildirgin» kabi jonlantirishlar qo‘llangan. Q6‘shiqlarda qo- fiya san’atiga ham alohida e’tibor berilgan. Bu tasvir vositalari qo'shiq- laming estetik qimmatini oshirgan, joziba bag‘ishlagan. Ayni paytda xalq qo‘shiqlari xazinasidan munosib o‘rin olish imkonini ta’minlagan.

Download 73.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling