Topshiriq mavzu
Hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar
Download 73.19 Kb.
|
Ozbek xalq ogzaki ijodi. 5
Hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» dostonida «Uzlar birla qatilmaqni ayur» (Hunarmandlar bilan aralashmoqni aytadi) bobini hunarmandlarga bag‘ishlagan. Unda temirchi, etikchi, o‘ymakor-duradgor, bo‘yoqchi, rassom, o'qsoz- yoysozlar maqtovi berilgan. Dunyoning go'zalliklari bulardan chiqadi, olamdagi hayratomuz ishlar bulardan chiqadi, deb shoir hunarmand- laming hayotdagi o’mini yuqori baholaydi. Haqiqatan ham, hunarmandlar jahon sivilizasiyasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan kasb sohiblaridir. 0‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qog‘ozdan tortib shohi atlasgacha, o‘ymakorlikdan tortib to‘qilgan gilamlargacha dunyoda mashhur bo‘lgan. Hunarmand ustalaming shogird tanlash sinovida mumtoz she’riyatimiz- dan baytlar so'rash odati keng tarqalgan edi. Chunki biror hunami mu- kammal egallamoqni faqat kasbiy mahorat bilan cheklash mumkin emas edi. Mohir hunarmand ma’naviy jihatdan ham komil inson bo‘lishi talab qilingan. Shuning uchun ham hunar egalari qo‘shiq aytgan, askiya sirla- rini bilgan, musiqa chalgan. Bu an’ana bugungi kunda ham saqlangan. Qo‘shiq jo'rligida tayyorlangan mahsulotga ustaning mehri qo‘shilgan.
O‘zbek mehnat qo‘shiqlarining salmoqli qismini gilarn to‘qish, kash- ta tikish, charx yigirish kabi hunar bilan shug'ullanish davomida aytiladi- gan namunalar tashkil etadi. Ulaming eng qadimgilaridan biri charx qo‘shiqlari hisoblanadi. Bugungi kun tekstil sanoati paydo bo‘lmasdan oldin paxta chigiti qo'lda ajratilgan. Maxsus yasalgan qurilma - charx aylantirilib, paxta tolasidan ip yigirishgan. Mehnat u qadar og‘ir bo‘l- magan, ammo juda zerikarli va unumsiz edi. Ish jarayoniga bir oz bo‘lsa- da yengillik bag‘ishlash maqsadida charx qo‘shiqlari aytilgan: Charx yigirib, charx yigirib, Shul qo‘lginam toladir. Agar shuni yigirmasam, Bolalar och qoladir. Odatda, ip yigiruvchi ayollar ip ishlatadigan kosiblaming buyurtma- larini bajarishgan. Ayniqsa, qish faslida yollanib bajaradigan ishlari ka- maygan paytda ip yigirish oilada ro‘zg‘or tebratish vositasiga aylangan. Majburiyat uy bekasidan butun irodani ishga solib mehnat qilishga undagan: CharXginam, ey charxginam, Yurakkinam olasan. Ayt-chi, sen bu yurtlardan Qachongina yo'qolasan. Yuqoridagi to‘rtlikda charx aylantirayotgan ayolning qalbidagi butun dard, alam yorilib chiqqandek taassurot uyg‘otadi. «Qachongina yo'qolasan» so‘z birikmasidagi fikr yo'nalishi charxga qaratilgan emas, balki butun qismatga, taqdirga nisbatan chiqarilgan hukm qinunatida bahola- nadi. Aslini olganda, ayol charxning yo'qolishini istamaydi. Chunki charx, ehtimol, ro‘zg‘oming so'nggi ilinji va umid vositasi bo'lishi mumkin. Bo‘z to'qish jarayoni ham charx yigirishdan oson bo'lmagan. Faqat bo‘z to'qishda bir nechta do'kon deb atalgan bo‘z to'qish qurilmalari bir xonaga joylashtirilgan bo‘lib, bu yerda ikki va undan ortiq kosiblar birga ishlashi mumkin edi. Bo'z to'qilganda qo'l va oyoq muayyan maqsadga binoan bir xil harakatda bo'lgan. Kosiblar bu harakatlarga shu qadar ko'nikib ketar edilarki, ba’zan do'konda ishlamayotgan bo'lsalar ham odatiy harakatni takrorlayverardilar. Qo'shiq esa soatlab tinmay ishlash jarayonida ulaming ovunchog'i vazifasini bajargan. Qo'shiq kuylashdan kosib estetik qoniqish hosil qilgan: Bo'z to'qiyman qirog'ini o'xshatib, Mokki otaman qo'lginamni qaqshatib, Bozordagi shohilardan yaxshiroq, Nafisdan o'xshagan bo'zim yaxshidir. Yuqoridagi qo'shiqda bo'zchining o'z mehnatiga bergan bahosi ham ifodalangan. Ma’lumki, bo'z paxta ipidan to'qilgan. Bunday matoni, odatda, iqtisodiy jihatdan yaxshi ta’minlanmagan odamlar sotib olganlar. Bo'zning pishiq, ayni paytda, mayin chiqishi kosibning ustaligiga bog'liq edi. Uzilgan ipni o'sha zahoti ulash, mokkini bir xil otish, tepkini maro- mida bosish mahsulot sifatini belgilagan. Binobarin, bo'zchi o'z ish fao- liyatini nazorat qilishi lozim edi. Ammo tunnush tashvishi, buyurtma- chilaming injiqligi, iqtisodiy tanqislik kosiblik ishiga salbiy ta’sir ko‘r- satgan. Shuning uchun mehnat qo‘shiqlarining hamma turlarida bo‘lga- nidek, ma’nosi bir xil, matni boshqa quyidagi qo'shiq vujudga kelgan: Do‘kon uyga kirsam, tanam qaqshaydi, Sovuqlarda o'lmay qolsam, yaxshiydi, Qarisi tillaga ketsa, yaxshiydi, Shundan mening bo‘zim arzon ketarmi? Marg‘ilon, Qo‘qon shahridagi keksa bo‘zchi otalar bilan bo'lgan suh- batimizda, ular bo‘z qo'shiqlarini doimiy ravishda xirgoyi qilmasliklarini eslashdi. Ish paytida ular «Galdir», «Omon yor», «Sumbula» qo‘shiqla- rini, askiya payrovlarini aytib g‘ubor chiqarishar ekan. Bu holat boshqa kasbdagi odamlar uchun ham taalluqlidir. Xususan, charx yigiradiganlar faqat charx, bo‘zchilar faqat bo‘z, gilam, sholcha to‘qiydiganlar faqat o‘rmak qo'shiqlarini aytishgan, deb xulosa chiqarish to‘g‘ri emas. Ular- ning har biri o‘z kasbiga mos qo‘shiqni aytgan, ammo ko'ngil va xohish amri bilan mashhur lirik qo‘shiqlar ijrosini ham yoddan chiqarishmagan. O‘rmak sholcha yoki gilam to‘qish uchun tayyorlangan maxsus quril- ma, dastgohdir. Uning yordamida, asosan, ayollar sholcha, gilam to‘qiy- dilar. Biz ko‘rishga odatlangan gilamlar millimetr ustiga millimetr jun ipining ustma-ust tushishi va keyingi qatlam ip bilan o‘zaro birikuvidan paydo bo‘ladi. Maxsus to‘qmoqqa o‘xshagan asbob bilan ming-ming martalab kaltaklanadi va iplaming o‘rtasi jipslashtiriladi. Deyarli hamma viloyatlarda ayollar to'qigan gilam va sholchalar turmushga uzatiladigan qizlarga sep, ro‘zg‘ordagi biron kamchilikni to'ldirish vositasi bo‘lgan. Qo'shiq ana shunday mashaqqatli mehnatni yengillatgan: 0‘rmagimni o‘ray-yo, Men boshimga quray-yo, 0‘rmakkinam o‘ngin deb, Endi sendan so‘ray-yo. Bir tur qo'shiqlarda ham odamlar turmush, nasiba, taqdir tashvishi va quvonchlarini izhor qilishgan. Ba’zan hazil, ba’zan chin qabilida ichki kechinmalar bayoniga duch kelamiz: O‘rmagim yotibdi o‘ralib, Men yuribman kerilib, Qaynonam qaramaydi, 0‘rmagimga o‘yrilib13. Shunday qilib, mehnat qo‘shiqlari haqida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: Mehnat qo'shiqlari qaysi mavzuda va qaysi turda yaratilishidan qat‘i nazar link asarlar hisoblanadi. Ularda qo‘shiqchining qilayotgan meh- natiga, iqtisodiy holatiga, hayotiy voqealarga nisbatan bo‘lgan muno- sabati his- tuyg‘ulari orqali aks etadi. Xalqimizning mehnat qilishi, chorvachilik, dehqonchilik, turli kasb- hunar bilan shug‘ullanishi qanchalar qadimiy bo‘lsa, qo‘shiqning yaratilishi ham shunchalar tarixiydir. Hayotning barcha sohalarida faoliyat bilan shug‘ullangan ajdod- larimiz mashaqqatli va zerikarli mehnat jarayonining samarasini oshirish maqsadida maxsus kasb-hunarlari bilan bog'liq qo'shiqlar ijod qilganlar, kuylaganlar. Mehnat qo'shiqlarida hayvonlami va ish qurollarini erkalash, ularga murojaat qilish, ulami jonlantirish, ba’zan gapirtirish xususiyati yetak- chilik qiladi. Mehnat qo'shiqlarining tili sodda, kuyi yengil, fikmi ifodalash usuli oddiy bo‘lib, asosiy maqsad ish jarayonini yengillatish, qo‘shiq aytuvchi shaxs ruhiy holatini ko'tarishga qaratilgan bo‘ladi. Download 73.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling