Topshiriq mavzu
Download 73.19 Kb.
|
Ozbek xalq ogzaki ijodi. 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urik go’shialar L
Kelin salomlar ham to‘y qo'shiqlarining tarkibiy qismini tashkil etadi.
Marsiya matnlarini o‘rganish ulaming she’riy texnika jihatdan u qadar mukammal emasligini ko‘rsatmoqda. Bo‘g‘inlar sonining mos emasligi, turoq tizimiga yetarli e’tibor berilmasligi, qofiya qoidasiga rioya qilmaslik odatiy holat ekanini aytish mumkin. Bizningcha, bu turdagi qo‘shiqlarda ko‘proq aytilayotgan to‘rtlikning ma’nosi, kuydagi mung yetakchi ahamiyat kasb etadi. Yana bir masalaga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Folklor ekspedi- siyasiga chiqqan paytimizda yozib olish eng qiyin kechgan qo‘shiq turi marsiyadir. Aksari hollarda marsiya aytuvchilar amaliyotchilar iltimos- larini bajarmaydilar. Esdan chiqqanini bahona qilib, suhbat mavzuini o‘zgartiradilar. Ehtimol, ular qadimgi irimlarga bo'ysunib zaruratsiz hollarda marsiya aytishdan saqlansalar kerak. Shunday qilib, mavsum-marosim qo‘shiqlari haqidagi ma’lumotlar- dan quyidagi xulosalarga kelish mumkin: Mavsum va marosim qo‘shiqlari o‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodining eng qadimiy namunalaridandir. Xalq hayotidagi bayramlar, oilaviy marosimlar, yil fasliga oid mavsumlar alohida-alohida aniq mavzuni ifodalovchi mazmunga ega. Mavsum-marosim q o‘shiqlari ba’zan ommaviy tarzda ijro etishga mo‘ljallangan bo‘lishi bilan birga maxsus tayyorgarlik ko'rgan mahoratli ijrochilar ijodini inkor qilmaydi. Xalqimizning 0‘tmish madaniy merosiga, qadriyatlariga munosabat mavsum-marosim qo‘shiqlarida alohida namoyon bo‘ladi. Mavsum-marosim qo‘shiqlari badiiy mukammallik jihatidan so‘z san’ati talablariga to‘liq javob beradigan she‘riy matnlardan iborat. Urik go’shialarL Avvalo, ta’kidlash lozimki, xalq qo'shiqlari mavzu- yida misol qilib keltirgan, nazariy ma’lumot berilgan, tahlilga jalb qilin- gan hamma to‘rtlik shaklidagi she’riy asarlaming hammasi badiiy adabi- yotning lirik jinsiga mansubdir. Shu bois «link qo'shiqlar» atamasini shartli tushunish maqsadga muvofiqdir. Aslida folklorshunoslikda lirik qo‘shiq deganda, ishq-muhabbat izhor etilgan to'rtliklami nazarda tutish qabul qilingan. Agar mehnat, marosim asarlarida yetakchi maqsad ish qu- rollari, mavsumdagi tabiat o‘zgarishlari, marosim tartiblari his- tuyg‘u vositasida aks etsa, lirik qo‘shiqlaming asosiy vazifasi muhabbat tuy- g‘ularini ifodalash bilan belgilanadi. Binobarin, Urik qo‘shiqlarda mohi- yatan ichki kechinmalar, ishq-muhabbat dardiga yo‘liqishdan mamnunlik kayfiyati ustuvordir. Har bir yigit-qiz balog'at yoshiga yetganda muhabbat tuyg‘usini boshidan kechiradi. Insonning sevishi yoki sevilishi, ishq kechinmalariga yo‘liqish tashvishlari uni shoirlikka undaydi. Lirik qo‘shiqlar matnini o‘rganish ulami faqat muhabbat tuyg‘usini yurak qon tomirlaridan his qilgan shaxslargina yaratishi mumkin, degan xulosaga oUb keladi. Endi ikki tarafdan iborat bo‘lgan ishq kechinmalarida bir tarafgina ishtirok etsa yoki o‘rtada muayyan to‘siqlar paydo bo‘lsa, muhabbat savdosi avj oladi, yechimsiz holatda insonni qiynaydi. Masalan: Qizil gulni ekasan-da, ketasan. Parvarish qilmasang, ekib netasan? Yo‘liga intizor qilgan qora ko‘z, Oxir mening bu boshimga yetasan misralarini hayotdan qoniqqan, tashvishi yo‘q odam aytishi mumkin emas. To‘rt misradan iborat bu matnda inson taqdiri, qismati aks etganiga hech kim shubha qilmasa kerak. Ayni paytda ana shu azob unga shukuh, baxt bag‘ishlayotganini ham aytish lozimdir. Chunki haqiqiy insongina bunday tuyg‘ularga egalik qilishi mumkin. Lirik qo‘shiqlar og‘zaki ijodning mustaqil janri sifatida bir qator xususiyatlarga ega: Link qo‘shiqlar deb atalmish xalq poetik she’riyatiga mansub asarlami inson ruhiy olamisiz, ishqiy kechinmalarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Agar boshqa mavzudagi qo'shiqlar ba’zan uch (kelin salomlar), olti, sakkiz misralardan iborat bo‘Isa, ishqiy qo‘shiqlar to‘rt misradan tashkil topadi. Bir nom bilan bandlar birikuvidan iborat qo‘shiqlarda ham to‘rt misralilik an’ana hisoblanadi. Biz nazarda tutayotgan lirik qo‘shiqlar matni tugal fikr anglatish xususiyatiga egadir. Olov yonsin yog1 bilan Bag‘rim kuysin dog‘ bilan O‘ynamadim - kulmadim. Ko‘nglim suygan yor bilan. Bir necha bandlardan iborat «Galdir», «Sumbula», «Omon yor» kabi lirik qo'shiqlardagi to'rtliklar nisbiy tugallikka ega bo'ladi. Agar mehnat qo‘shiqlarini bevosita o‘sha kasb bilan shug'ul- lanuvchi dehqon, sog‘uvchi, kosib, kashtachi, gilam to‘quvchi aytsa, yor- yorlar, kelin salomlar asosan to'ylarga fayz bag‘ishlasa, yig‘i-yo‘qlovlar o‘lim marosimlariga taalluqli bo‘lsa, link qo‘shiqlar kasb, payt, o‘rin tan- lamaydi: ulami istalgan paytda, istagan shaxs xohishga ko‘ra baland ovozda yoki xirgoyi qilib ijro etaveradi. Shunday qilib, link qo'shiqlar- ning onunalashuvi boshqa turdagilarga nisbatan kengroq imkoniyatga ega. Qadimdan xalqimizda «Наг kimniki o‘ziga, oy ko‘rinar ko‘ziga» degan chiroyli maqol bor. Ammo aksari yoshlar bu maqolning ma’nosini aniq tasawur qilmaydi. Aslida bu maqolda sevikli ma’shuqa haqida fikr bor- moqda. Ya’ni har kimning yori o‘ziga buyursin, o‘sha yoming husni qay darajada bo‘lmasin oshiqqa oy ko'rinadi, ya’ni bar kim o‘z qalbidan o‘rin olishga ulgurgan yorga intiladi. Qizning qoshlari «Qaldirg‘och qanoti», yuzi tandirdan uzilgan «shiimoy», lablari «Aislonbob asali» bo‘lib tuyilaveradi. Ayni shu paytda ma’shuqaning nigohi yigitning «beqasam to‘ni», «yangi chiqqan maysadek kiprigi», «marvariddek» yaraqlab turgan tishlariga tushadi va ajoyib qo'shiq namunasi vujudga keladi: Qoshingni qaro deydilar, Qora qosh ukam, yor-yor. Ko'rsat qoshingni, bir ko‘rayin Jonim ukamey, yor-yor. Yoki qizning qalbidan chiqqan muloyim misralarga diqqat qiling: Beqasam to'nlar kiyib, Muncha meni kuydirasiz. Gohi-gohda bir qarab, Voy beajal o'ldirasiz. Ammo «Bu - hayot» deb qo'yibdilar. Ishq bulog‘idan sug’orilgan gul hamisha ham ochilavermasligi mumkin. Ya’ni ikki sevishgan hamisha ham oila qurishga muyassar bo'lmaganlar. Bu ko’ngilsizlik ba’zan yigitning, ba’zan qizning ishqi ikkinchi tarafdan inkor etilishi, ba’zan esa yana boshqa sabablar oqibatida ro‘y bergan bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatni ifodalovchi to‘rtliklar ham anchagina: Oq ilon, oppoq ilon, Oydinda yotganing qani, Men - yomondan ayrilib, Yaxshini topganing qani. Gap shundaki, qadimgi afsonalarda oydinda yotgan oq ilonni ko‘rgan odam baxtli bo'ladi, degan aqida bordir. Ammo bu oq ilonni kim ko'r- gan, hech kimga ma’lum emas. Ko'rmaganlar esa keng ommani tashkil etadi. O‘z- o‘zidan xalq baxtli odamdan ko‘ra baxtsizlar ko‘proqdir, degan xulosani o‘ziga xos falsafiy tarzda ifodalash yo‘lini topgan. Lirik qo'shiqlar, eng avvalo, lirikligi bilan insonni o'ziga jalb qiladi. Ularda lirik qahramon fikri tuyg‘u vositasida ifodasini topadi. Ayrim qo‘shiqlar matnidagi muayyan misrani o‘zgartirish ulaming yaratilishi maqsadiga ham ta’sir qiladi, umumiy mazmun mohiyatiga ham ta’sir qiladi: Gulijon o‘zi chaqqon, Qoqi gulini taqqan, Bir kulishi bor uchun Oyijoniga yoqqan. Endi «Oyijoniga»ni «Sevgilisiga», «Dadajoniga», «Buvijoniga», «Opajoniga» va h.k. so'zlar bilan almashtiraylik. Yoki «Gulijon» ismini o‘zgartiraylik. «Qoqi gul» o'miga «atirgul» qo'yaylik. Xullas, bir qo‘sbiq asosida bir necha namunalar vujudga kelishi mumkin. Shunda gap seviklisi haqida ketsa, ishqiy mazmun; onasi-otasi haqida ketsa qiz farzandni erkalash mazmuni yetakchi bo‘lib qoladi. Ammo har ikkala holatda ham lirik qo'shiq mohiyatan katta o'zgarishga duch kelmaydi. Download 73.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling