To’qimachilik materiallarining sifatini yaxshilashda nano texnologiyani qo’llanilishi


Download 90.66 Kb.
bet3/3
Sana22.06.2023
Hajmi90.66 Kb.
#1646528
1   2   3
Bog'liq
7-маруза

Xushbo’y gazlamalar. Moda “aqlli to’qima”ning qo’llanilish sohasining kengayishiga juda faol ta’sir etadi. Xushbo’y gazlamalar ishlab chiqarish g’oyasi moda dunyosida anchadan beri mavjud edi. Bu yo’nalishda ko’p harakatlar qilinganligi ma’lum. Biroq hidlar juda o’tkir va kuchli yoki bo’lmasa tezda tarqalib ketar edi. Yumshoq yengil va hidi uzoq saqlanib qoladigan xushbo’y to’qimachilik materiallarini uzoq vaqt ichida yaratish qiyinlashdi. Faqatgina o’tgan asrning oxiridagina bu ish muvaffaqiyat bilan yakunlandi.
Kimyogarlarga o’zining tuzilishiga qo’ra ajoyib va muhim xususiyat - turli moddalar bilan “xo’jayin-mehmon” ko’rinishidagi komplekslar hosil qiluvchi va inklyuziv komplekslar, aralashma-birikmalar, klatratlar deb ataluvchi birikmalar mavjudligi ma’lum. Bunday kompleksda “xo’jayin” molekulasi bo’shlig’iga “mehmon” molekulasi mustahkam kimyoviy bog’lanishlarsiz kiritilgan bo’ladi. Bunday kompleks “mehmon”ning fizikaviy va kimyoviy xususiyatlariga ta’sir qilmaydi, lekin “xo’jayin” uni o’z oldida ma’lum vaqt ichida ushlab tura oladi. “Mehmon” va “xo’jayin”ning tegishli o’lchamlarini va “xo’jayin”ning ushlab tura olish kuchini tanlagan holda, “mehmon”da bo’lishni va uning vaqtini dasturlash va hisoblash mumkin.
“Xushbo’y” to’qimachilik materiallarini yaratishda xushbo’y kimyoviy birikmalar “mehmon” bo’ldi. Ushbu qo’shiladigan komplekslar uzoq vaqt saqlanib qolish xususiyatiga ega. Xushbo’y gazlamalar ayniqsa Osiyo davlatlarida ko’p tarqalgan bo’lib, ularga talab o’sib bormoqda.
Woolmark kompaniyasi xushbo’y gazlamalar yaratishga katta e’tibor berib, ICI ingliz firmasi bilan hamkorlikda Sensory Persention Technology TN texnologiyasini ishlab chiqdi. Ushbu texnologiya turli xushbo’y gazlamalar va to’qimachilik mahsulotlarnining ekologik turlarini ishlab chiqarish uchun juda keng imkoniyatlar ochib berdi. Xushbo’y moddalar nanokapsula sifatida tolali materialga joylashtiriladi.
Kapsulalar namlik, yuvish va kimyoviy tozalash ta’siriga chidamli, undagi aromatik moddalar bug’lanib ketmaydi va oksidlar ta’sirida buzilmaydi. Kapsulalar harakat vaqtida yoki unga tegilganda, masalan, kiyimni kiyish yoki yechish vaqtida, gilamlar yoki mebellar yuzasini tozalash vaqtida atrofga xushbo’y is taratadi.
“Intellektual” to’qimachilik materialiga yana bir misol qilib, selekttiv ajralib chiqadigan materiallarni keltirish mumkin.. Ular biologik jihatdan bir-biriga mos keladigan yemiriluvchi polimerlar bilan birgalikda implantatsion meditsina gazlamalari yaratishda qo’llaniladi.

Biologik yemiriluvchi tolalar xirurgik imlantantlar, sun’iy teri va kuygan jarohatlarni boylash uchun ishlatiladigan noto’qima material sifatida ishlatiladi. Odatda, bunday bog’lash materiallari tarkibida uzoq vaqt ichida ta’sir qiluvchi dori preparatlari bo’ladi.


Hozirgi vaqtda Yevropa, Osiyo va Amerikaning rivojlangan davlatlari to’qimachilik sanoatlarida ustuvor yo’nalishlarning almashishi davri kechmoqda, ya’ni an’anaviy tekstil rivojlanayotgan davlatlarga o’tmoqda, uning o’rnini esa ilmiy texnologiyalar asosida ishlab chiqariladigan “aqlli” meditsina, maishiy, texnik, axborot maqsadida ishlatiladigan to’qimachilik materiallari egallayapti.
Yevropa va Amerika ish kuchi juda arzon bo’lgan Xitoy, Xindiston, Vьetnam, Janubiy Amerika bilan an’naviy tekstil ishlab chiqarish bo’yicha raqobatlashish befoyda ekanini tushunib yetishdi. Rivojlangan davlatlarning boyligi - intellekt, va aynan uni yuqori pog’onaga qo’yish kerak. To’qimachilik sohasining nanotexnologiyalarni o’zlashtirishi yangi jihozlar va pardozlash materiallarining yangi shakllari, nanoemultsiyalar ishlab chiqarish muammolari va yangi pardozlash turlari bilan chiqqan to’qimachilik materiallari sifatini nazorat etishni taqozo etadi. Tabiiyki, bu katta moddiy xarajatlarni talab etadi, lekin sanoati rivojlangan davlatlar to’qimachilik sanoatidagi ustuvor yo’nalish bu yangi avlod materiallarini ishlab chiqarishga imkon yaratadigan ilmiy texnologiyalar ekanligini tushunadilar, shuning uchun “aqlli to’qimachilik materiali”ga katta investitsiyalar kiritilmoqda.
Tadqiqotlar faol ravishda AQSH, Yevrosoyuz mamlakatlari va Yaponiyada olib borilmoqda. Bu davlatlar ulushiga nanotexnologiyalarga kiritilayotgan jahon investitsiyalarining 34, 25 va 20 foizi to’g’ri keladi. 2000 yilda bu sohadagi ishlarni moliyalashtrishning jami miqdori 800 mln.dollarga yaqin bo’ldi, 2001 yilda esa bu ikki martaga oshdi. Ekspertlar nanotexnologiyalarning keng qo’llanilishi uchun har yilgi xarajat kamida 1 trln. dollarni tashkil etadi, deb hisoblaydilar. Biroq shuncha xarajat behuda ketmaydi va nanotexnologiyalarning turli-tuman mahsulotlari dunyoni zabt eta boshlaydi.


Nazorat savollari:
1. Nanoemultsiya va nanodispersiya ko’rinishidagi nanozarrachalarning ishlatilishi haqida izoh bering.
2. Nanotexnologiyalarning qo’llanilishi to’g’risida ma’lumotlar bering.
3. Xushbo’y gazlamalarning turlariga misol keltiring.
Download 90.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling