Tо‘qimalar haqida umumiy tushuncha va ularning tasnifi (klassifikatsiyasi) Ma’ruza rejasi
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
маъруза матни
I. Hosil qiluvchi (meristemalar):
1) uchki (apinkal); 2) yon (laterial): a) birlamchi (prokambiy, perisikl); b) ikkilamchi (kambiy, fellogen); 3) oraliq (interkalyar); 4) jarohat (travmatik) tо‘qimalar. II. Qoplovchi tо‘qima: a) birlamchi (epiderma); b) ikkilamchi (periderma); v) uchlamchi ( pо‘kak) III. Asosiy tо‘qima: 1) Assimilyasiyalovchi tо‘qimalar; 2) G‘amlovchi (zapas) t о‘qimalar; 3) Aerenxima (shamollatuvchi) t о‘qimalar; 4) S о‘ruvchi tо‘qimalar; 5) Ajratuvchi t о‘qimalar: a) tashqi: bezsimon tuklar (trixomalar), о‘simtalar (emergenslar); gulshiradonlar (niktarniklar) va gidatodlar; b) ichki: ajratuvchi hujayralar (efirmoylari, smolalar, kristallar, taninlar bilan); kо‘p hujayrali moddalar tо‘plovchi joylar; smola agratma kanallari; sut yо‘llari (bо‘laklangan, yaxlit). IV. Mexanik (tayanch) tо‘qimalar: 1 A.Fahn.PlantAnatomy.NewYork.University.USA2011.3bob,50betdagi mavzu mazmunidan foydalanildi 1) kollenxima; 2) sklerenxima: a) tolalar; b) sklereidlar. V. О‘tkazuvchi tо‘qimalar: 1) ksilema (yog‘ochlik); 2) floema (lub). Hosil qiluvchi – meristema t о‘qima – meristema (yunon. meristos – b о‘luvchi, ajratuvchi) hosil qiluvchi tо‘qima bо‘linish yо‘li bilan yangi tо‘qima hosil qilish xususiyatiga ega. Shu t о‘qimaning bо‘linishi hisobidan о‘simlik tanasida yangi-yangi t о‘qimalar hosil bо‘ladi va о‘sishi umr bо‘yi davom etadi. Hayvonlarda meristema t о‘qimasi bо‘lmaydi, shuning uchun ham ularning о‘sishi chegaralangan. О‘simliklar mana shu xususiyatiga kо‘ra hayvonlardan farq qiladi. Meristemalar dastalabki yosh embrional t о‘qimalar hisoblanib, ular о‘simlikning boshqa doimiy tо‘qimalarini hosil qiladi. Meristema hujayralarining rivojlanish davri bir necha bosqichda о‘tadi: 1) intensif b о‘linish, 2) hujayra qobig‘ining о‘sishi va vakuolalarning yiriklashishi, 3) hujayralarning ixtisoslashishi, ya’ni organizmda qolgan t о‘kimalarning kelib chiqishi. Meristemadan hosil b о‘lgan hujayralar bir necha marta bо‘linadi va doimiy t о‘qimalardan biriga aylanadi. О‘simlik tanasida meristema har xil joylashadi. Rivojlanayotgan urug‘dagi embrion (murtak) dastlab birlamchi meristemadan iborat b о‘ladi. Uning keyingi taraqqiyotida birlamchi meristema novdalarning uchki apikal (lot. apeks – uchki) va barcha yon yoki lateral (lot. latus - yon) kurtaklarda hamda ildizlarning uchiga yaqin joyda b о‘ladi. О‘sish nuqtalarida inisial (lot. inisialis - boshlang‘ich) hujayralar b о‘lib, ularni bо‘linishi natijasida meristema tо‘qimasi hosil bо‘ladi. Inisial hujayra y о‘sin (mox) va ba’zi qirqquloqlarda bittadan, urug‘li о‘simliklarda esa bir nechta b о‘lishi mumkin. Inisial hujayralar doimiy tо‘qimalarni hosil qiladigan meristemalarni yuzaga keltiradi. Apikal yoki birlamchi meristema о‘simlik organlarida joylashishi bо‘yicha uchki meristema hisoblanadi. Bu meristemaning b о‘linishi natijasida novda va ildiz uzunasiga hamda yoniga qarab о‘sadi. О‘simlik shoxlanishi vaqtida har qaysi yon novda va yon ildiz inisial hujayralardan tashkil topgan meristemaga ega b о‘ladi (16- 19 - rasmlar). Yon (lateral) meristemalar, apikal meristemasidan bir oz pastroqda joylashgan b о‘lib, uning faoliyati natijasida halqasimon qatlam yuzaga keladi hujayralarning b о‘linishidan birlamchi kambiy, perisikl hosil bо‘ladi. Boshqa yon meristemalar (kambiy fellogen) keyinroq yuzaga keladi, shuning uchun ham ularni shartli ravishda ikkilamchi meristema deb ataladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling