Kо‘pchilik vaqtda ikkilamchi meristema,
masalan fellogen, doimiy
tо‘qimaning qayta takomillashishidan yuzaga keladi va о‘zidan tashqarida pо‘kak
qatlamini hosil qiladi. Ammo, kо‘pchilik g‘alladoshlar
vakillarida ikkilamchi
meris
tema bо‘lmaydi va о‘simlikning poyasi faqat birlamchi meristemadan tashkil
topadi (16-17 - rasmlar).
mm
mm
1
2
3
4
18 - rasm.
G‘о‘zaning g‘unchalash fazasida asosiy poyalarining uchki apikal
meristemasining b
о‘ylama kesikdagi anatomik tuzilishi:
1-uchki kurtak, 2-bargning boshlang‘ich murtagi, 3- ikkinchi tartibli
yon kurtak,
4- bargning
о‘tkazuvchi bog‘lamlari.
1
19-rasm. Piyoz ildizning uchki qismi apikal meristemasining
(1) b
о‘ylama kesikdagi anatomik tuzilishi.
Odatda, yosh
tо‘qimalar apikal meristemadan akropetal (yunon. a kroye -tepa,
uch; p ye t ye r ye - intilish) tarzda yuzaga keladi va yuqoriga qarab
о‘sadi. Akropetal
о‘sish ildizlarda yaqqol kо‘rinadi, lekin novdalarda bu qonuniyat tez-tez buzilib
turadi, chunki poyalarda interkalyar (lot. interkalyar - orqaga q
о‘yish, joylashtirish)
о‘sish bо‘g‘im oralig‘ida joylashgan meristemalarning bо‘linishidan yosh hujayralar
yuzaga keladi (masalan, g‘alladoshlarda
bо‘g‘im ostida).
B
о‘g‘im oralig‘idagi interkalyar meristemaning
apikal va lateral
meristemalardan farqi shundaki, birinchidan bunda bir qancha elementlar (masalan,
о‘tkazuvchi) naylar takomillashmagan, ikkinchidan hech qachon inisial hujayralar
b
о‘lmaydi. Shuning uchun ham bо‘g‘in oralig‘idagi meristema vaqgtinchalik
t
о‘qima hisoblanadi. Ular keyinchalik doimiy tо‘qimalarga aylanadi (16-rasm).
Yopiq urug‘li
о‘simliklarda barg plastinkasi bazipetal (yunon. bazis.- asos,
tub, tag; petere - intilish) qismlari
о‘rtasida interkalyar о‘sish yuzaga kelganligidan
barg asosi va bandi hammadan keyin paydo b
о‘ladi.
Ba’zan
о‘simlikning biror organi yoki tо‘qimasi jarohatlanganda meristema
t
о‘qimasi hosil bо‘ladi va shikastlangan joyning tiklanishini ta’minlaydi.
Shikastlangan joyga yaqin joylashgan hayotchan hujayralar
takomillashib hosil
qiluvchi t
о‘qima yuzaga keladi va himoya qiluvchi pо‘kakni hosil qiladi.
Adabiyotlar:
1. Tursinbayeva G.S., Duschanova D.M.,
Sadinov J.S. Botanika (о‘simliklar
morfologiyasi va anatomiyasi). –T.: Tafakkur bo’stoni, 2018. 50-66 betlar.
2. Ikromov M.I. va boshqalar “ Botanika (O’simliklar morfologiyasi va
anatomiyasi)” Toshkent 2002 (20-22bet).
3. Fahn A. Plant Anatomy. New York. University. USA 2011. 3bob, 50bet.
4. Mustafayev S.M. Botanika (anatomiya, morfologiya, sistematika). Toshkent
2002 (25-28bet)