Tormozlarning umumiy tuzilishi


Download 1.94 Mb.
bet1/11
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1411093
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tormozlarning umumiy tuzilishi


Tormozlarning umumiy tuzilishi

Lokomotiv va poezddagi har bir vagon quyidagi tormoz uskunalaridan tashkil topgan:


a) friksion qismlardan – tormoz kolodkasi g’ildirak (nakladka disk), ular tormoz kuchini xosil qilib, harakatlanayotgan poezdning energiyasini TK (tormoz kolodkasi) orqali so`ndiradi;
b) tormoz silindrlari (TS) – richakli uzatishlari orqali tormoz kolodkasining g’ildirakka siqilgan havo bosimi evaziga porshenga siqilishini ta’minlaydi;
v) g’amlama rezervuar (G’R) – har bir vagonda tormoz silindrini to`ldirish uchun zarur bo`lgan siqilgan havoni akkumulya­tsiya qilib yig’adi;
g) havotaqsimlagichlar (HT) – g’amlama rezervuarni zaryadkalaydi va qo`yib yuborishda TS ni atmosfera bilan, shuningdek tormozlashda G’R bilan aloqalaydi;
d) tormoz magistrali (TM) – vagonlar va lokomotivlardagi tormozlarni bir butun sistemaga bog’laydi. UHT bilan ulanadi va diametri (ø 1/4" ) po`lat quvurli bo`lib, vagonlararo chetki kranlarning egiluvchan rezina matoli engchalari bilan birlashtiriladi.
Lokomotivda esa faqat quyidagilar mavjud:
a) bosh rezervuar (BR) bilan birgalikda kompressor uskunasi, ularda avtomatik ravishda havo bosimi (7,5...9,0 atm) saqlanadi;
b) mashinachi krani (MK) № 394,395 – TM ni poezd holatida kran ushlagichi orqali siqilgan havo bilan ta’minlaydi va zaryadkalaydi xamda unga ulangan G’R va HT larni 5,0...6,2 atm bilan zaryadkalaydi (poezd turiga qarab yulovchi uchun – 5,0...5,2 atm; yukli uchun – 5,3...5,5 atm, og’ir yukli uchun – 6,0...6,2 atm).
Tormozlash uchun mashinachi krani MK yordamida magistraldagi bosimni berilgan kattalikka pasaytiradi (hizmat yuzasidan tormozlashda 0,4...0,7 dan 1,5 atm oralig’ida, tez to`xtatishda TM atmo­sfera bilan aloqada qilish yo`li bilan). Bosimni kamayishi TM orqali har bir HTga uzatiladi, unda TS qanchalik katta bosim xosil qilinsa, shunchalik TM qattiqroq razryadlanadi.
Qo`yib yuborishda – mashinachi krani ushlagichini tegishli holatiga burash bilan TM dagi bosimni oshiradi. HT bilan barcha poezddagi TS ni atmosfera bilan aloqalaydi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling