Tormozni qisqa tekshirish va texnologik tekshiruv? Қуйидаги вазиятларда


Tormozlarga xizmat ko‘rsatishdagi texnika xavfsizligi choralari?


Download 343.21 Kb.
bet8/24
Sana17.06.2023
Hajmi343.21 Kb.
#1538826
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
tormiz

11.Tormozlarga xizmat ko‘rsatishdagi texnika xavfsizligi choralari?
Tormozlarni saqlash bo‘yicha ishlar bajarilganda, mehnat xavfsizligi qoidalari va sharoitlari ko‘zda tutilgan texnologik jarayonlarga qat’iy rioya qilinishi zarur. Bunday qoidalarga quyidagilar kiradi.
Poyezdlar tarkibidagi tormoz uskunalarini galdagi ta’mirlash va ko‘rikdan oʻtkazish ularga tormoz boshmoqlari mahkamlangandan va to‘xtash joyi signallar bilan to‘silgandan keyin bajarilishi lozim.
Tormoz kolodkalarini almashtirishdan, richagli uzatishlarni to‘g‘rilashdan avval havo taqsimlagichni o‘chirib qo‘yish va tor­mozni chiqarish klapani yordamida qo‘yib yuborish kerak. Richagli uzatish detallari birlashtirilganda, ularning teshikchalari to‘g‘ri kelgan-kelmaganligini barmoqlar bilan tekshirib ko‘rish taqiqlanadi.
Tormoz silindrini ochishdan avval havo taqsimlagich o‘chiriladi va undan siqilgan havo chiqarib yuboriladi. So‘ngra shtok chetidagi 1700 N ga yaqin kuchga ega qo‘yib yuborish prujinasi ajratilgandan keyin siqilgan holatda ushlab turuvchi saqlovchi tayanch halqaning borliligiga ishonch hosil qilinadi.
Ajratilgandan so‘ng prujina siqish kuchi 1700 - 2000 N bo‘lgan richagli uzatishning avtomatik to‘g‘rilagichini maxsus uskunani qo‘llamasdan qismlarga ajratish taqiqlanadi.
Tormoz tizimida bosim mavjudligida havoning chiqib ketishini yo‘qotish maqsadida rezbali kranlarni, klapanlarni, tiqinlarni, zaglushkalarni, birlashtirish yenglarini burash ruxsat etilmaydi. Tormoz magistralining yengchalarini ajratishdan avval so‘nggi kranlarni berkitish lozim.
Ochiq bo‘lgan so‘nggi kranlar orqali havo o‘tkazgichlar puflangan vaqtda, siqilgan havo chiquvchi yengchasi mahkam ushlab turilishi zarur.
Rezervuarlar, yig‘gichlar va havo o‘tkazgichlar maydonida odamlar bo‘lsa, puflash taqiqlanadi.
Ta’mirlash ishlarini bajarishda faqat tuzatilgan asbob va uskunalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Elektropnevmatik tormozlarning zanjirlarini sinash jarayonida, shuningdek payvandlash ishlarini bajarishda elektr xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur.

Download 343.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling