Bu kabilar ishning lug‘at qismida ilova qilinadi. Ko‘rsatilgan terminlar
tu’ynu’k:tu’ңlu’k. «Devon»da tunluk shaklida (DLT. III, 394) xona shipining
35
o‘rtasidan yorug‘ tushub turishi uchun qo‘yilgan kichikroq ochiq, o‘rinni (ad.orf.
tuynuk) ifodalaydi.
Ayni ma’noda Navoiy asarlari lug‘atida, Hamza asarlarida etimologik jihatdan
fors-tojik tiliga mansub tobadon, tovadon so‘zlari ishlatilgan. Qarang: tobadon-
uyga yorug‘ tushsin uchun eshikning tepasidan qo‘yilgan tuynuk, darcha (NAL.
610; NATIL III, 236) -Qodirqul olib bir ko‘raylik... uyning bir burchagida yoki bir
toparmiz, o‘zini uyning tovodonida ko‘rar, nima?! (Hamza II, tom. 1960, 82.);
yana qiyoslang. SHu xonadon qizlari cho‘miladigan bo‘lmaga maxfiy bir tuynuk
ochilgan. Sulton Maxmud Mirzo o‘sha tuynukdan qizlarning cho‘milishini
tomosha qilardi. (Yuld. tun.143).
Demak, bu termin o‘rganilayotgan shevada qisman fonetik o‘zgarish bilan
(tuңluk-tun’lөk-to‘ynu’k) tarixiy ma’nosini saqlab qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: