Tosh dau nukus filiali


Download 0.49 Mb.
bet2/9
Sana05.01.2022
Hajmi0.49 Mb.
#213096
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Жамият

Ma’lumki, O‘zbekistonda milliy davlatchiligimiz to‘g‘risidagi eng qadimgi manba “Avesto”dir. U eramizdan oldingi 3 minginchi yillarda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilk davlatchilik to‘g‘risidagi ijtimoiy qarash hisoblanadi. Agar “Avesto”da ilgari surilgan g‘oyalarga e’tibor beradigan bo‘lsak, bugungi adolatparvar - demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan g‘oyalarimiz bilan hamohang ekanligini ko‘ramiz. Davlatchilik asoslarini shakllantirish borasida “Avesto” deyarli barcha siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, davlat tuzumi asoslari, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Manbada avvalo, inson erki, uning ruhiy komilligi masalalari ustuvor qo‘yiladi. Masalan; “Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman” deyiladi Yasna (14) kitobida. Axuramazda, insonlar o‘rtasida bo‘layotgan munosabatlar o‘zaro samimiylik, hurmat beg‘arazlik, yordam va oqibatli bo‘lish zarurligiga, yomon fikrlardan holi bo‘lishga chaqiradi. Kattaga hurmat va kichikka izzat, sabr-bardosh, halollik, mehr-oqibat va boshqa bir qator tamoyillar borki, bular milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillariga uyg‘un keladi. Foyalarning bunday tarzda qo‘yilishi dunyo ana shu kuchlarning yonma-yonyashashidan iborat, degan falsafaning mohiyatini anglashga undaydi. Shu tariqa“Avesto” o‘sha zamonda yashagan odamlar o‘rtasidagi munosabatlarnibarqarorlashtirish, davlatga bo‘lgan ehtiyoj va zaruriyati o‘laroq yuzaga kelgan manba bo‘lib hisoblanadi.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling