Tosh dau nukus filiali


Download 0.49 Mb.
bet4/9
Sana05.01.2022
Hajmi0.49 Mb.
#213096
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Жамият

IX-XII asrlarda yashagan O‘rta Osiyo mutafakkirlarining qarashlarida davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish g‘oyalari o‘zining o‘ziga xos ilmiy mazmun kashf etishi bilan bog‘liq. Bu g‘oyalar Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Navoiy va boshqa buyuk zotlar ijtimoiy-siyosiy qarashlarida chuqur bayon etilgan. Al-Xorazmiy “Algebra” faniga asos solib, dunyo ilmiga aniq fanlarni har tomonlama rivojlantirdi. MUSO AL-XORAZMIY (783-850). Buyuk matematik, astronom va geograf. U algebra fanining asoschisi. «Algebra» so‘zi uning «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala» asaridan olingan. Bizgacha yetib kelgan «Hind hisobi haqida kitob», «Qo‘shish va ayirish haqida kitob», «Kitob surat-ul-arz», «Zij», «Asturlob bilan ishlash haqida kitob» kabi o‘nga yaqin asari mashhurdir. Beruniy o‘zining “Hindiston”, “Geodeziya”, “Mineralogiya”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kabi asarlarida jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlash zarurligini, qonun ustuvorligini talqin etgan. Beruniy davlat shakli mamlakatni shohlar ­ mutloq hokimlik emas, balki ma’rifatparvar shohlar boshqarishi tarafdori edi ABU NASR FOROBIY (873-950). «Sharq Aristoteli» nomini olgan qomusiy olim. 160 dan ortiq asar yaratgan. «Mantiqqa kirish kitobi». «Isbot kitobi», «Falsafaga izohlar», «Musiqa haqida katta kitob», «Inson a’zolari haqida kitob». «Lug‘atlar haqida kitob», «Shaharni boshqarish», «Fazilatli hulqlar» kabi asarlari jahon madaniyatiga qo‘shilgan katta hissadir.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling