Tosh dau nukus filiali
O‘rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilik ta’limotida erkinlik va adolat
Download 0.49 Mb.
|
Жамият
O‘rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilik ta’limotida erkinlik va adolat. Ma’lumki, islom dini ijtimoiy dunyoqarash sifatida keng tarqala borishi bilan uning nazariy, falsafiy, huquqiy tomonlarini ishlab chiqishga e’tibor ham tobora ortib borgan. Shu tariqa IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan, madaniyat, islom falsafasining nazariy jihatdan yuksak darajada rivojlangan davri bo‘ldi. Ulardan Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Al-Motrudiy, Muhammad ImomFazzoliy, Mahmud az-Zamaxshariy, Burhonuddin al-Marg‘iloniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Abdulholiq Fijduvoniy, Bahovuddin Naqshband, Jaloliddin Rumiy kabi buyuk allomalar o‘zlarining ilmiy tadqiqotlari bilan jahon madaniyatiga ulkan xissa qo‘shdilar. Diniy-ilmiy tadqiqotlarda borliq, ilohiy qudrat, inson komilligi, adolat, insof, diyonat, vijdon kabi g‘oyalar inson ruhiyatini poklash orqali erkin jamiyatga chorlanadi. Bu borada J.Rumiy shunday deydi: “Inson buyuk bir mo‘’jiza va uning ichida hamma narsa yozilgan. Biroq zulmat va pardalar bor-ki, ular yozuvlarni o‘qishga imkon bermaydi. Zulmat va pardalar, turli-tuman mashg‘ulotlar insonning dunyo ishlari borasida olgan tadbirlari va ko‘ngilning so‘ngsiz orzularidir.” Darhaqiqat, J.Rumiyning qarashlarida insonning farqi uning komilligiga asoslanadi. U dunyoga irqi, dini, millati, tabaqasidan qat’iy nazar, barcha insonlarga barobar murojaat qiladi. “Menga vahdai mayini tutgil, o‘zgalarni ham ondin bahramand etgil, toki jamoat jam bo‘lib, faqat suvratda bo‘lmish tafovutlarni bartaraf etaylik. Biz hammamiz yagona og‘ochning butoqlari, yagona qo‘shinning navkarlarimiz”. Jaloliddinning bashariyat birligi haqida gapirishi o‘sha davr uchun mislsiz jasorat ediDownload 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling