Amir Temur va Temuriylar davri milliy davlatchilik to‘g‘risidagi qarashlarida demokratik tamoyillar. XIII-XIV asrlarda O‘rta Osiyoni mo‘g‘ullar tomonidan istilo qilinishi iqtisodiy va ma’naviy hayotga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatda jabr-zulm va zo‘ravonlik kuchayadi, mehnatkash xalq qattiq eziladi. Juda ko‘p madaniy boyliklar, ilm maskanlari, madrasa va kutubxonalar yo‘q qilinadi, san’at va ilm-fan vakillari: olimlar, shoir va yozuvchilar, munajjimlar, me’morlar va musavvirlar o‘ldiriladi, omon qolganlari Shimoliy Hidistonga, Farbiy Eron va Xuroson viloyatlariga qochib jon saqlab qoladilar. Aynan mana shunday murakkab davrda Amir Temurning (1370 yil) siyosiy sahnaga kelishi hamda mustaqil davlat barpo etishi O‘rta Osiyo xalqlarining mug‘ul istilosidan, ichki o‘zaro nizolardan qutulishiga olib keladi. Mamlakatda o‘rnatilgan barqarorlik markaziy davlatning tez orada mustahkamlanishiga, siyosiy kuchlar tarqoqligini bartaraf etishga, ayni paytda, turli islohotlarning amalga oshirilishiga, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |