Toshboyeva sh. K
Download 1.69 Mb.
|
FIZ-KIMYO
MOLYAR REFRAKTSIYA. Ko’zga ko’rinuvchan yoru/lik chastotalarida 1015 Gts ( = 450 – 750 nm) faqat elektron qutblanish ρel kuzatiladi. Bu qutblanish ham qutbsiz, ham qutbli modlekulalar uchun ni hisoblashga imkoniyat beradi. Molekulaning refratsiyasi alohida ionlar, atomlar yoki molekulaga kiruvchi bog`lar refraktsiyalarning yi/indisiga taxminan teng bo’lishi tajribada ko’rsatilgan. Refraktsiyaning bu xossasini (additivligi) elektronlarning molekuladagi siljish (refraktsiya asosan shunday siljish bilan belgilanadi), atom gruppalarining qanday molekulalar tarkibiga kirishidan deyarli bog`lanmaganligi bilan tushuntirsa bo’ladi. Bundan tashqari, elektronlarning siljishi haroratning o’zgarishiga va agregat holatiga ham deyarli bog`liq emas. Shuning uchun refraktsiyaning refraktsiyalari additivligi alohida atomlar, ionlar yoki bog`larning refraktsiyalari yordamida molekulaning refraktsiyasini taxminiy hisoblashga va ularning tuzilishli haqidagi masalani hal qilishga imkon beradi. Bir xil empirik formulaga ega bo’lgan, lekin turli tuzilishli moddada refraktsiya farq qilishini quyidagi jadval ko’rsatadi:
Demak, olingan moddaning refraktsiyasini tajribada aniqlab va uni hisoblangan refraktsiya bilan taqqoslab, bu modda qanday tuzilishga ega ekanligini topish mumkin. Qutbsiz moddalarning sindirish ko’rsatichi chastotaga kam bog`langan va shuning uchun (6) tenglama hamma chastotalarda to’g’ridir. Masalan, benzol sindirish ko’rsatkichning kvadrati ( to’lqin uzunligi 589,3 nm) bo’lgan holda, =2,27 ga teng. Shuning uchun refraktsiyani taxminiy aniqlash uchun ko’zga ko’rinuvchan nurlar spektridagi sindirish ko’rsatkichida foydalansa bo’ladi. Aniq o’lchashlarda Koshi tenglamasi bo’yicha ekstrapolyatsiya qilish lozim. Bu erda - to’lqin uzunligi bo’lgandagi sindirish ko’rsatkichi; empirik koeffintsiet. Qutbli moddalarda Suv uchun (589,3 nm to’lqin uzunligida), esa 78 ga teng. Bundan tashqari bu holda Koshi tenglamasi bo’yicha ni bevosita ekstrapolyatsiya qilib bo’lmaydi, chunki qutbli moddalarning sindirish ko’rsatkichi chastotadan ko’pincha anomal ravishda o’zgaradi. Ammo odatda bshnday ekstrapolyatsiya qilish uchun zarurat yo’qdir, chunki qutbli va qutbsiz moddalarning sindirish ko’rsatkichini bitta to’lqin uzunligidagi ko’zga ko’rinuvchi yoru/likda o’lchaganda refraktsiyaning asosiy xossasi – uning additivligi – saqlanib qoladi. Natriyning sariq chiziq standart deb qabul qilingan (D bilan belgilanadi, to’lqin uzunligi nm). Ma’lumotnomalarda hamma raqamlar xuddi shu to’lqin uzunligi uchun keltirilgan. Shunday qilib, molyar refraktsiyani (sm3/ mol) hisoblash uchun (7) tenglamadan foydalaniladi, bunda o’rniga qo’yilgan: (7) Odatda D indeksini turshirib, (7) tenglama (6) ko’rinishida yoziladi. Amalda ko’proq solishtirma refraktsiya r (sm3/g), ya’ni 1 g moddaning refraktsiyasi qo’llaniladi: (7) Molyar refraktsiya kabi, aralashmalarning solishtirma refraktsiyasi ham additivdir: aralashmaning refraktsiyasi shu aralashmani tashkil qilgan moddalarning solishtirma refraktsiyalari summasining moddaning massa qismiga ko’paytmasiga teng. Bundan ko’pincha eritmalarning kontsentratsiyalarini aniqlashda foydalaniladi. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling