Toshdo‘tau


Download 136.96 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi136.96 Kb.
#196194
Bog'liq
Qutadg'u bilig

TOSHDo‘TAU

O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti

302-guruh talabasi

Abduqodirova Madinaning

“O‘ZBEK TILI TARIXI”

fanidan yozma ishi

Topshiriq: “Qutadg‘u bilig” va “Hibatul-haqoyiq” asarlari yuzasidan ma'lumot bering.

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari


“Qutadg‘u bilig” asari hijriy 462- milodiy, 1069-1070-yillarda yozib tugatilgan. Kitob18 oyda yaratilgan bo‘lib, bu paytda asar muallifi 50 yoshlar atrofida bo‘lgan.

Yusuf


Xos Hojib ushbu asarni Tavg‘och ulug‘ Bug‘ra Qaraxon sha’niga bitadi va asar uning sha’ni uchun yoziladi.

Bu asar qaysi iqlimga yetib borgan bo‘lsa, o‘sha iqlim olimlari unga xar xil nom bergan edilar: “Odob ul-mulk”, “Oyinul-mamlakat”, “Ziynatul-umaro”, Shohnomayi turkiy”, “Pandnomayi muluk”

Qoraxoniylar sulolasi ikkiga bo‘linib ketgan paytda asar bitilgan edi. “Qutadg‘u bilig” da foydalanilgan ramziy obrazlar ayni shu kurashlarga barham berish va mamlakatda tinchlik o‘rnatishga ishora qiladi

“Qutadg‘u bilig” asarining nusxalari:


1-nusxasi

- uyg‘ur-turk yozuvida

- 1439-yilda asar nusxasi (Sayil Shams tomidan ko‘chirilgan) Turkiyaning Tugot shahriga olib kelinadi.

- 1823-yilda Jaubert Amadee tomonidan “Journal Asiatque” da nash ettirilgan.

2-nusxasi

- arab yozuvida;

- 1896-yilda Qohirada ko‘chirilgan nusxa Radlov tomonidan topiladi.

- Radlov sinchklab o‘rganganidan so‘ng uning mukammal tarnskripsiyasini va nemischa tarjimasini chop ettirgan.

3-nusxasi

- arab yozuvida ko‘chirilgan;

- 1914-yilda Zaki Validay bu nusxa haqida ma’lumot beradi.

- 1924-yilda ushbu nusxa Fitrat Lolaresh Eshondan olishga muvaffaq bo‘ladi.

- 1928-yilda asar izohlar bilan bosilgan

Asarning tuzilishi, janr xususiyatlari


Tarkibi:

- unvon (basmala)dan so‘ng, qisqa nasriy muqaddima keladi.

- basmaldan so‘ng nasriy muqaddima

Nasriy muqaddimadan so‘ng, 77 baytli she’riy muqaddima keladi

- 73 fasl mundarijasi

- uning 11tasi debocha bo‘lib, an’naviy hamd, na’t sanolardan iborat.

- 12 fasldan keyin voqealar rivoji boshlanadi.

Xususiyatlari:

- har bir faslda masala qo‘yilgan

-har bir fasl yakunidan so‘ng, bir bayt keltiriladi.

- “qo‘shiq” termini kantilen ma’nosida qo‘llangan,

- har bir fasl masalasi yakunlanganida bir faslga nisbatan qo;shiq termini ishlatilgan.


Asar qahramonlari:


Asar qahramonlari

Xazinachi-ko‘zi to‘q, halol

Kotib – bekning sirini bilguvchi

Ylovoch elchi- bilimli va zakovatli

Darvozabonlar boshi- ideal shaxs obrazi

Ulug‘ hojib-bajaruvchi

Lashkarboshi – bekning chap qo‘li

Vazir –bekka madakor

Bek (hukmdor)

Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq asari”


Yozilish tarixi

Asar “Qutadg‘u bilig”dan bir-ikki asar keyin yozilgan.

Asar yozilishida Dodo Sipohsolorbekning yashagan davri asos qilib olingan. U haqida Sayfi Isfarangiy devonida ma’lumot bor. U 581/1185-666/1268 –yillarda yashagan

o‘rganilishi:

- Birinchi marta Najib Osim tomonidan organilgan;

- 1906-yilda Abdurazzoq Baxshi tomonidan ko‘chirilgan;

- Rashid Rahmatiy Arat Turkiyadagi nusxalarini nashr ettilgan;

-o‘zbekistonda Fitrat bu asar haqida e’lon qilgan;

Qo‘lyozma nusxalari:

- besh nusxasi mavjud;

-nusxalarda juz’iy farqlar mavjud;

- eng eskisi Zaynul Obid xattot tomonidan 1444-yilda uyg‘ur yozuvida ko‘chirilgam;

- 1480-yilda Turkistondan Turkiyaga o‘chgan Abdurazzoq baxshi ushbu yozuvning arabcha nusxasini eski turk-uyg‘ur yozuvida ko‘chirgan;

Uch nusxa Istanblda saqlanadi;


Asar tuzilishi va boblari:

  • Asar 254 baytdan iborat;
  • Asar ko‘chirilish jarayonida sarlavhalar tushirib qoldirilgan;
  • Sharq an’analari davom ettirilgan;
  • Birinchi bob hamd bilan boshlanadi;
  • Ikkinchi bob na’tdan iborat (Payg‘ambarimiz va to‘rt halifa);
  • Uchinchi bob Dod Sipohsolorbek madhi;
  • To‘rtinchi bob kitob yozilishida Dod Sipohsolorbekning o‘rni;
  • Beshinchi bob asarning yozilish maqsadi haqida;
  • Oltinchi bob Ilm o‘rganish haqida;
  • Yettinchi bob Ahmadning xulosalari;
  • Sakkizinchi bob hayotiy masalalar haqida;
  • To‘qqizinchi bob aqldan ozish, til jarohati haqida;
  • Asar to‘rtliklardan iborat;
  • Aruzning mutaqoribi musammani maqsurda yozilgan;

Download 136.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling