Toshkent – 019 ritorika muallif


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/86
Sana15.09.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1678816
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86
Bog'liq
Ritorika

Taqdimot – bu o‘zlashtirish, ma’lumotlarni ko‘pchilik oldida ochiq taqdim 
etishdir. Taqdimot turlari: hisobot, ma’lumotnoma, press-relliz, dayjest, axborot, 
reklama shaklida bo‘lishi mumkin. Ochiq taqdimot deganda odatda, loyihalar
mahsulotlar, dasturlarning ommaviy axborot vositalari orqali taqdim etilishi va taqdim 
etilayotgan narsaning u yoki bu ko‘rinishda foydalilik mezonlarini ko‘rsatib berish 
tushuniladi. Aslida taqdimot bugungi kunda tijorat va siyosatda, ma’rifat va 
madaniyatda, ta’lim va tarbiyada keng qo‘llanilayotgan marosimlardan biridir. 
Taqdimot yo‘nalishlariga qarab tijoriy (kommersiya), boshqaruv, reklamali
ilmiy, siyosiy, pablik rileyshnz kabi turlarga bo‘linadi. Shunga kura taqdimot o‘z oldiga 
tinglovchilar muomalasi va muloqotiga ta’sir ko‘rsatishni asosiy maqsad qilib oladi. 


107 
Tijoriy taqdimot. Savdo hodimlari o‘zlarining tijoratga doir takliflari va 
ko‘rgazmalarini seminar yoki muloqot jarayonlari orqali taqdim qiladilar. Masalan, 
tibbiyot mahsulotlari bilan savdo qiluvchilar esa yangifarmuskunalar va 
farmmahsulotlarni taqdimot qiladilar. 
Boshqaruvchi taqdimoti. Bunda rahbar o‘z hodimlariga korxonaning kelajakdagi 
vazifalari va global muammolarini miting, majlisni va yig‘ilish ko‘rinishida taqdim 
etadi. O‘rta tabaqa xisoblangan menedjerlar o‘zlarining g‘oyalari, loyihalari va erishgan 
natijalarini yuqori tabaqa hisoblangan rahbariyatga taqdim qiladilar. 
Pablik rileyshnz va reklama taqdimoti. Mazkur soha mutaxassislari 
kompaniyalarning axborot almashish strategiyasi va yangi tarmoqlarning istiqbollariga 
doir masalalarni ilgari suradilar. Jamoat arboblari madaniy va ijtimoiy dasturlarni 
moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga doir olib boriladigan ishlarni taqdimot qiladilar. 
Ilmiy taqdimot. Bunda olimlaro‘zlarining ilmiy g‘oyalarini, tadqiot o‘tkazishga 
oid ilmiy zahiralar manbaini taqdimot qiladilar. 
Ijtimoiy-siyosiy taqdimot. Bunday taqdimot marosimi ko‘proq siyosatchilar 
hamda ijtimoiy soha mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday taqdimot 
davra suhbati, debat, breyn ring, yuzma-yuz muloqot hamda matbuot konferensiyasi 
ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkin. Masalan, deputatlar o‘zlarining saylovoldi 
dasturlarini saylovchilarga taqdim etadilar, davlat arboblari esa taqdimot orqali o‘z 
konsepsiyalarini bayon qiladilar. Tashabbuskorlik, tadbirkorlik va liderlikning 
elementlari mavjud bo‘lgan barcha sohalarda taqdimot eng samarali vosita vazifasini 
bajaradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda, taqdimot marosimi - shaxs va jamoat 
fikrini, g‘oyasini, qarashlari va konsepsiyalarini omma oldida ko‘rsatish, isbotlash 
va ishontirishga asoslangan axborot almashuvning vositasidir. 
Taqdimot marosimi paytida taqdim qiluvchi o‘zi ilgari surayotgan 
g‘oyalaridan tinglovchilar xulosa qilish son bo‘lishi uchun muayyan imkoniyatlarni 
tashkil qilishi lozimki, toki ilgari surayotgan g‘oyalaringizni tinglovchilar amalda 
tadbiq eta olishlari, o‘z faoliyatlariga qo‘llay bilishlari tezlashsin. Shuning uchun 


108 
ham taqdimot marosimining axborot uzatishning boshqa vositalaridan farq qiluvchi 
jihatlari talaygina. Shulardan eng muhimi bilim va ma’lumotlarni uzatish usullaridir. 
Avvalo, ma’lumot namadan iborat bo‘lishi lozimligini aniqlab olish lozim. Bir 
qarashda bu jarayon juda oddiy ishdek ko‘rinadi, aslida esa ma’lumotni tushunish, 
uni o‘zlashtirish bir qadar murakkab jarayondir. Zero, hech qachon bilmagan, 
hayotda to‘qnash kelmagan narsalarni odamlarga tushuntirish muayan mahorat, 
bilim va aniqlikni talab etadi. Shuning uchun ma’lumtlarni yetkazishda ayrim 
to‘siqlarga duch kelishimiz shubhasiz. 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling