Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi
Xujjatlar va uni yuritishni tashkil qilish
Download 2.21 Mb.
|
13.Ўқув материаллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujjatlashtirish deganda
- Birinchidan
- Ikkinchidan
Xujjatlar va uni yuritishni tashkil qilish
Hujjat - bu boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan voqealar, hodisalar, jarayonlar, faktlar to`¨risidagi axborotlarni maxsus materiallarda turli usullar bilan mustahkamlash vositasidir. Boshqacha qilib aytganda hujjat - bu narsaning nimaligini, miqdori, sifati va shu kabilarni ko`rsatuvchi rasmiylashtirilgan ish qo¨ozi, yoki kimsaning kimligini, mash¨ulotini, biror tashkilotga a’zoligini tasdiqlovchi ish qo¨ozi (pasport, guvohnoma, reyting daftarchasi va h.k.). Hujjatlashtirish deganda biror kimsa yoki narsa haqidagi fikrni yozib, hujjat holiga keltirish, rasmiylashtirish tushuniladi. Ish yuritish - bu korxonalarning o`z funktsiya va vazifalarini bajarish davomida hujjatlar ustida olib boradigan ish usullari va jarayonlari majmuasidir. Bu jarayon xujjatlashtirish, ular ustida ishlash usullarini o`z ichiga oladi. Ishlab chiqarishni boshqarishda foydalaniladigan axborotlarning eng muhim shakli- bu yozma axborot , ya’ni xujjatdir. Xujjatli axborot ishlab chiqarishni boshqarishning barcha jarayonlariga singib ketadi. Xujjatlarsiz boshqarishning bironta ham funktsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshmaydi. Barcha boshqarish xodimlari u yoki bu tarzda xujjatli axborotni qayta ishlashda band bo`ladilar. Mutaxassislarning anchagina qismi (biznes rejani tuzuvchilar, iqtisodchilar, buxgalterlar, statistlar, konstruktor-injenerlar, kotibalar va hokazolar) uchun esa bu ish ular mehnatining asosiy mazmunini tashkil etadi. Xujjatlashtirish va ish yuritishning ahamiyati ikkita omil bilan belgilanadi. Birinchidan, boshqaruv mehnatining umumiy xajmida ish yuritish operatsiyalarining salmo¨i katta bo`lib, 30-60 foizgacha etadi. Yirik va o`rta korxonalarni boshqarish jarayonida minglab xilma-?il xujjatlardan foydalaniladi. Ishlab chiqarishga oid operatsiyalarning aksariyati xujjatlashtirish yordamida boshlanadi, amalga oshiriladi, nazorat qilinadi, tartibga solinadi va nihoyasiga etkaziladi. Ikkinchidan, ish yuritishning ahamiyati korxonaning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlariga, tezkorlikka, boshqaruv xodimining mehnatiga, madaniyatiga, tejamkorligiga va hokazolarga uning bevosita ta’sir o`tkazishi bilan belgilanadi. Ish yuritish ijroni ta’sirchan nazorat qilishda muhim rol o`ynaydi. Xujjatlar yuridik ahamiyatga ham ega. Xujjatlashtirish va ish yuritishni yaxshi yo`lga qo`ymay turib, korxonani rejali boshqarib bo`lmaydi. Korxonalarda xilma-xil va turli-tuman xujjatladan foydalaniladi. Ularni quyidagicha turkumlash mumkin. Hujjatlar turlari
Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling