Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


Download 2.21 Mb.
bet119/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

H u j j a t l a r n i

qabul qilish



qayd
qilish

Ijro
etish



Jo`natish

Saqlash


13.3-sxema. Hujjatlar bilan ishlash jarayoni.
Korxonaga kelgan hujjatlar kirish korrespondentsiyasi deb ataladi. ¡abul qilingan korrespondentsiyaning adres bo`yicha kelganligi tekshirilishi va konvertlar hujjatlarga zarar etkazilmagan holda ochilishi kerak. Biror shaxsga atalgan konvertlarni ochish tavsiya etilmaydi.
Korrespondentsiyani qayd qilishda jurnal va kartochka tizimi qo`llaniladi. Jurnalda hujjatlar kelishi tartibi bo`yicha kitobchada qayd qilinadi. Bunday usulni hujjat oboroti uncha katta bo`lmagan (bir kunda 10-15 ta xat olinadigan) korxonalarda qo`llanish tavsiya etiladi.
Kartochka usuli eng zamonaviy bo`lib, eng kam mehnat sarflagan holda uchyotga olish, nazorat qilish va axborot-ma’lumotnoma qidiruv ishlarining puxta tizimini tashkil qilish, hujjatlar oboroti vaqtini qisqartirish imkonini beradi.
Ish korrespondentsiyasi ijro etilish xususiyatiga ko`ra ikki qismga bo`linadi. Birinchi qismi korxona rahbariga beriladi. U har bir hujjat bo`yicha ijro etish tartibi, muddatlari va ijrochilar haqida ko`rsatma beradi. ¡olgan korrespondentsiyasi tarkibiy bo`linmalar rahbarlariga yuboriladi. Bu erda ijrochilar haqidagi masala hal etiladi. Hujjatlarning ijro etilishini nazorat qilishni yaxshi uyushtirish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda maxsus nazorat kartotekalarini qo`llash ¨oyat qulaydir.
Korxonada jo`natiladigan hujjatlar chiqish korresponden-tsiyasi deyiladi. Har bir hujjatda indeks bo`lishi shart. Bu narsa boshqa muassasalar bilan yozishmalarda ularni ko`rsatish hamda delolarda va arxivda ularni qidirib topish imkonini beradi.
Ijro etilgan hujjatlar ma’lum bir tizimda saqlanadi. Delolarni guruhlarga ajratishning eng tarqalgan belgilari qo`yidagilar hisoblanadi:
¡ayd qilingan guruhlash belgilari bir-biriga muvofiq bo`lishi, ya’ni bir hil hujjatlar xronologik belgiga, boshqalari esa nominal belgiga ko`ra delolarda joylashtirilishi lozim. Bundan tashqari, har bir bo`linmada arxivga topshirilmasdan doimiy saqlanishi talab qilinadigan hujjatlar uchun delolar ajratish kerak.
Hujjatlar muayyan oqimda harakat qiladi. Hujjatlar oqimi deyilganda hujjatlarning belgilangan izchillikda tayyorlangan paytdan boshlab korxonadan jo`natilgunga qadar yoki arxivga topshirilgunga qadar harakati tushuniladi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling