Тошкент-2021 3 Май 2021 3-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Tarix darslarida muammoli vaziyat yaratish usullari


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/37
Sana09.06.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1467778
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
3.Tarix saxifalaridagi izlanishlar 3 qism

Tarix darslarida muammoli vaziyat yaratish usullari: oʻqituvchi oʻquvchilarga dars 
mavzusi bilan bogʻliq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yoʻlini topishni taklif qiladi; 
bir masalaga doir turli nuqtayi-nazarlarni bayon qiladi; hal etish yetarli boʻlmagan yoki ortiqcha 
maʼlumotlar boʻlgan yoki savolning qoʻyilishi notoʻgʻri boʻlgan masalalarni yechishni taklif etadi 
va boshqalar.
Tarix darslarida muammoli vaziyatni hal etish darajalari: oʻqituvchi muammoni qoʻyadi 
va oʻzi yechadi; oʻqituvchi muammoni qoʻyadi va uning yechimini oʻquvchilar bilan birgalikda 
topadi; oʻquvchilarning oʻzlari muammoni qoʻyadilar va uning yechimini o’zlari topadilar.
Tarix fani darslarida muammoli vaziyatni yechishda qoʻllaniladigan usullar: muammoni 
turli nuqtai nazardan oʻrganish, tahlil qilish; solishtirish, umumlashtirish; vaziyatga bogʻliq 
xulosalar chiqarish; oʻquvchilarning oʻzlari aniq savollar qoʻyishi va boshqalar.
Tarix fani darslarida muammoli taʼlim mashgʻulotlarini tashkil etish va boshqarish. 
Muammoli taʼlim mashgʻulotlarini tashkil etish va boshqarish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga 
oladi:
- oʻquv fani va darslar mavzusini oʻrgatishda ular bilan bogʻliq muammoli masalalarni belgilash;
- ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan rejalashtirib 
borish;
- oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish;
- zarur oʻquv vositalarini tayyorlash;
- topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish;
- oʻquvchilarning notoʻgʻri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini muhokama etib, 
toʻgʻri yoʻlni topishlariga koʻmaklashish va boshqalar.
Tarix fanini oʻqitishda muammoli taʼlim jarayonini quyidagi uchta asosiy bosqichga ajratish 


14
Май 2021 3-қисм
Тошкент
mumkin:
1. Muammoli vaziyat hosil qilish.
2. Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish.
3. Yechimning toʻgʻriligini tekshirish.
Tarix fanidan muammoli vaziyat hosil qilishda quyidagilar hisobga olinishi lozim: 
1.Muammolar nazariy yoki amaliy yoʻnalishda boʻladi.
2.Tarix fani boʻyicha muammoli taʼlim mashgʻulotlari ishlanmalarini tayyorlash va amalda 
qoʻllash mashqlarini bajarish.
Oʻqituvchilar tarix fani boʻyicha oʻzlari tanlagan mavzudagi darsni eng maqsadga muvofiq 
muammoli oʻqitish turlaridan foydalanib oʻtkazish yuzasidan dars ishlanmasi tayyorlaydilar va 
uning asosida metod birlashma aʼzolari ishtirokida shu mashgʻulotni bayon qilib beradilar va 
tegishli muhokama oʻtkaziladi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling